1. Dаrvinning yirik аsаrlаri. Sun’iy tаnlаsh vа uning shаkllаri. Оngsiz tаnlаsh



Download 21,39 Kb.
bet2/3
Sana03.06.2022
Hajmi21,39 Kb.
#632829
1   2   3
Bog'liq
DАRVIN TА’LIMОTINING MОHIYATI.

Sun’iy tanlash
Dunyo bo`ylab safardan Darvin tashqi muhit ta’sirida turlar o`zgarishi mumkin ekanligiga ishonch bilan qaytdi. Geologiya, poleontologiya, solishtirma anatomiya, embriologiya fan dalillari turlar turg`un emas, balki o`zgaruvchan ekanligidan dalolat beradi. Shunga qaramay o`sha davrdagi hukmron dunyo qarash ta’sirida bo`lgan ko`p tabiatshunos olimlar bir turning boshqa turga aylanganligini ko`rmaganliklarini rukach qlib, organik olam evolutsiyasini tan olmas edilar. Shu bois yosh Darvin o`z faoliyatini evalutsion jarayon mexnizmlarini aniqlashdan bo`shladi. Avvalo honaki hayvon, madaniy o`simlik navlarining kelib chiqish sabablarini o`rgandi.
Ongsiz tanlash. Arxeologiya ma’lumotlarining ko`rsatishicha, odam paydo bo`lmasdan ilgari Yer yuzida madaniy o`simliklar, xonaki hayvonlar bo`lmagan. Ibtidoiy odamlar yovvoyi hayvonlarni ovlash, tabiatda yovvoyi holda o`suvchi o`simliklarning urug`larini., mevalarini va boshqa qismlarini iste’mol qilish bilan hayot kechirganlar. Bundan 9-10 ming yil oldin yovvoyi hayvon bolalarini qo`lga o`rgatish, yovvoyi o`simliklar orasidan ozuqabob hillarini o`z kulbalari atrofiga ekish rasm-rusm tusini olgan va tajriba avloddan avlodga berila borgan.
Insonlar har gal o`z qo`lostidagi hayvonlar, o`simliklar orasidan ko`p mahsulot beradigan hillarini saralab boshqalarini o`z ehtiyojlari uchun sarflaganlar. Bunday saralash ko`p ming yillar mobaynida davom ettirilgan. Oqibatda odan xohishidan tashqari yovvoyi osimlik, hayvonlardan foydali belgi hossalari blan bir muncha farq qilgan mahalliy hayvon zotlari, o`simlik navlari paydo bo`lgan. Insonlarning bunday faoliyatida yangi zot, nav chiqarish asosiy maqsad qilib olinmaganligini e’tiborga olib, Darvin bunday iptidoiy tanlashni ongsiz tanlash deb nomladi. Sun’iy tanlashning ongsiz shakli hozirgi vaqtda ham rivojlanishi qoloq bo`lgan qabilalarda, dehqon xojaliklarida qo`llanib kelinmoqda. Masalan Ch.Darvin “Bigl” kemasidagi safarida Janubiy Amerikaning Olovli Yerida yashovchi qabilalar ocharchilik paytida vidra ovlashda unchalik ko`mak bermaydigan it hamda mushuklarni yeb, ko`mak beruvchi itlarni saqlab qolgallarini ko`rgan. Markaziy Osiyoda ongsiz tanlash tbug`doyning to`kilmaydigan, poliz ekinlarining, mevali daraxtlarning dastlabki mahalliy navlari chiqarilgan. Ongsiz tanlash yo`li bilan nav, zot chiqarish ishlari uzoq muddatni talab etgan.
Ongli tanlash. Keyinchalik odam ongining o`sishi, fan va texnikaning rivojlanishi tufayli odamlarning oziq-ovqati, kiyim-kechagi, dori-darmonga bo`lgan talabining ortishi bilan ongli tanlash nav, zot chiqarish ishida asosiy o`rinni egallagan. Bunda yaratilmoqchi bo`lgan o`simlik navi, hayvon zoti qanday ijobiy belgi xossalarga ega bo`lishi oldindan rejalashtirilgan. So`ngra ana shu reja asosida sun’iy tanlash olib borilgan. Bu esa yangi zot, navlar chiqarish muddatining qisqarishiga va tanlash natijasining ko`p jihatdan samarali bo`lishiga imkon bergan (7-9-jadvallar).
Insonlar sun’iy tanlash o’tkazar ekan, birinchi navbatda o`z ehtiyojlarini qondirishni asosiy maqsad qilib qo`yadilar. Inson ehtiyojlari esa turlicha: iqtisodiy, xo`jalik, estetik talablarni qondirish ko`rinishida namoyon bo`ladi. Chunonchi biro dam tovuqning ko`p go`sht berdigan, ikkinchisi ko`p tuxum beradigan, uchinchisi urushqoq, to`rtinchisi esa dum patlari uzun chiroyli zotini chiqarishni maqsad qilib qo`ygan va o`z maqsadiga erishgan. Sun’iy tanlasni turlicha yo`nalishda olib borish barcha organizmlarga taalluqlidir. Qovunlarning erta pishar (handalaklar) yozgi yupqa va qalin po`choqli hamda kuzgi, qishgi navlarini, qo`ylarning qorako`l, hisor, otlarning axaltaqa qorabayir zotlari yaratilganligi bunga yorqin misoldir (9-rasm).
Markaziy Osiyoda faqat qovunlarning emas,balki kalta poyali bug`doy, noxot, sabzi, o`rik, xandon pista, shaftoli, anor, anjir, uzum, yong`oq, olma va boshqa o`simliklarning turli-tuman navlari yaratilgan.
Sun’iy tanlash jarayonida inson o`zi uchun foydali belgi xossalarini mumkin qadar keskin o`zgartirishga harakat qilgan.

Download 21,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish