Kurs ishining maqsadi: Innovatsion pedagogika asoslarini va innovatsion ta‘lim jarayonini , maktabda matematikani o‘qitishning innovatsion vositalarini o‘rganishdan iborat. Kurs ishining obyekti: O‘zbekistondagi barcha ta‘lim muassasalarida matematikani o‘qitish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Innovatsion ta‘lim muhiti mazmuni, metodlari va innovatsion muhitni shakllantiruvchi vositalar.
Kurs ishining vazifalari: Mavzuga doir manba topish, axborotlarni tartiblash, rejani shakllantirish; Innovatsion pedagogik faoliyatni o‘rganish; Innovatsion ta‘lim jarayoni, shakl, metod, vositalarini o‘rganish; Innovatsion ta‘lim muhitini o‘rganish; Matematikani o‘qitishning innovatsion muhitini o‘rganish; O‘rganilgan ma‘lumotlar asosida xulosalar chiqarish; Kurs ishini jihozlash, himoyaga tayyorlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |