Fe’l nisbatlari
@uzbek_tilim
§ Fe’l nisbatlari - Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari nisbat shakllari sanaladi.
- Ish-harakat bilan uning bajaruvchisi o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydigan fe’l shakllari nisbat shakllari hisoblanadi.
- Masalan, supurdi fe’lida supurish harakatini bajaruvchi shaxs aniq, supurildi fe’lida noaniq, supurishdi fe’lida birdan ortiq, supurtirdi fe’lida esa harakat boshqa shaxs vositasida bajarilganligi ifodalangan.
@uzbek_tilim
Nisbat shakllari fe’lning asos qismidan keyin qo‘shiladi. Fe’l nisbatini aniqlash uchun oxirgi qo‘shilgan qo‘shimchaga qarash kerak: yuvintirdi – orttirma nisbat; yuvintirildi – majhul nisbat, yuvintirishdi – birgalik nisbat. Nisbat shakllari fe’lning asos qismidan keyin qo‘shiladi. Fe’l nisbatini aniqlash uchun oxirgi qo‘shilgan qo‘shimchaga qarash kerak: yuvintirdi – orttirma nisbat; yuvintirildi – majhul nisbat, yuvintirishdi – birgalik nisbat.
@uzbek_tilim
Fe’l 5 ta nisbat shakliga ega:
Aniq nisbat
O‘zlik nisbat
Orttirma nisbat
Majhul nisbat
Birgalik nisbat
@uzbek_tilim
1-topshiriq
@uzbek_tilim
O‘qidi — o‘qitdi, keldi — keltirdi fe’llari o‘rtasidagi ma’no farqlarini aniqlang.
2-topshiriq
@uzbek_tilim
Bajardi — bajarildi, bajarishadi — bajartirdi fe’llari o‘rtasidagi ma’no farqlarini izohlang.
108-mashq. Matnni yozing. Fe’llarni aniqlab, ularning nisbat shakllarini ayting.
@uzbek_tilim
Yer yuzida qancha millat, xalq, elat bo‘lsa, shuncha til bor. Tilsiz xalq yo‘q. Xalqsiz til ham bo‘lmaydi. Bular egizak tushunchalardir. Birini biridan ayirib bo‘lmas. Ular ayirib qo‘yilsa, ikkisi ham o‘zligini yo‘qotadi. Xalq boshqa bir xalqqa qo‘shilib ketadi. («Vatan tuyg‘usi») 109-mashq
@uzbek_tilim
Yurmoq, o‘qimoq, o‘ynamoq, quvonmoq, rivojlanmoq, gapirmoq fe’llariga nisbat shakllarini qo‘shib o‘zgartiring va ular ishtirokida gaplar tuzing. Savol va topshiriqlar
@uzbek_tilim
1. Fe’lning qanday shakllari nisbat shakllari deyiladi?
2. Fe’l necha nisbat shakliga ega?
3. Xohlagan ikkita fe’lni nisbat shakllari bilan o‘zgartiring va ma’nosini tushuntiring.
110-mashq. Uyga vazifa
@uzbek_tilim
Matnni yozing. Fe’llarni ajrating. Ularning nisbatini aniqlab, ma’nosini tushuntiring. Foydalanilgan adabiyot:
@uzbek_tilim
Ona tili: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun/N. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sobirov, D. Nabiyeva.— T.: «Tasvir» nashriyot uyi. 2017. — 208 b. I. Mahmudov N. va boshq.
Do'stlaringiz bilan baham: |