IV. Mustahkamlash.
O`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida suhbat o`tkaziladi.So`ng o`quvchilarga mavzu yuzasidan mustahkamlovchi savol-javoblar o`tkaziladi.
V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 30- sahidfasida berilgan rasmlarni kuzatib, oz fikrlarini izohlab berishga, o`quvchilarning o`rganilgan mavzu yuzasidan fikrlarini bayon qilishga tayyorlanib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi.
18-dars
Fan: Atrofimizdagi olam.
Sana:
Mavzu: Oshxona jihozlari
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga uyda, oshxonada foydalanadigan jihozlar haqida tushuncha berish, uy jihozlaridan foydalanish, ularni asrab-avaylash haqida tushuncha bersih.
2)O`quvchilarni uy yumushlarida ota-onalariga ko`maklashishga o`rgatish, oshxonani toza saqlashga odatlantirish, o`quvchilarni oshpazlik kasbiga yo`naltirish.
3) O‘quvchilarning jihozlar haqidagi tushunchalarini kengaytirish.
Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi,tarmoqlash.
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.elektron darslik
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa “Uy jihozlari” mavzusi yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.
Uy johozlariga nimalar kiradi?
Uy jihozlaridan qanday foydalaniladi?
Sizning uyda qanday jihozlar bor?
O`quvchilarning javoblari umumlashtiriladi va klasster yordamida doskada uy jihozlari yoziladi.
III.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi tomonidan yangi mavzu e`lon qilinadi. Har bir o`quvchidan uylarini ta`riflab berish so`raladi. Barcha xohlovchi o`quvchilar uylarida nimalar borligini aytishadi. O`qituvchi bu javoblarning barchasini umumlashtiradi va mana shu uyda foydalanadigan jihozlar – uy jihozlari deyilishi aytib o`tiladi.
Kirish qismi savol-javoblar orqali amalga oshiriladi.
Sizning oshxonangizda nimalar bor?
Oshxonada foydalaniladigan jihozlar va idish –tovoqlar haqida ma`lumot bering.
O`quvchilarning javoblari tinglanadi va o`qituvchi tomonidan to`ldiriladi. Oshxonada qanday xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi aytib o`tiladi.
Pichoq, sanchqi ishlatish usullari ko`rsatiladi. Gazdan to`g`ri foydalanish, gugurtni ishlatish qoidalari aytib o`tiladi.
So`ng oshxona jihozlarihaqida videolavha ko`rsatiladi.
Har biz hihozning o`z vazifasi bor. Biz bu jihozlardan to`gri foydalanishimiz va bu jihozlarni asrab-avaylashimiz lozim. Uy jihozlarini har doim ehtiyot qilishimiz lozim.
O`quvchilar bilan jismoniy daqiqa o`tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |