3. Yangi mavzu bayoni:
Induksion tokni hosil qilish bo'yicha o'tkazilgan tajribalar induksion tokning yo'nalishi magnit kuch chiziqlarining vaqt bo'yicha o'zgarish yo'nalishiga va o'tkazgich harakatining yo'nalishiga bog'liq ekanini ko'rsatadi.
Galvanometrga ulangan o'tkazgich taqasimon magnit orasida pastga harakat qilsa, hosil bo'lgan induksion tok bir tomonga, o'tkazgich yuqoriga harakat qilganda esa induksion tok qarama-qarshi tomonga yo'naladi (182- rasm). Xuddi shuningdek, g'altak ichida magnitni pastga va yuqoriga harakatlantirilganda, g'altak chulg'amlarida hosil bo'ladigan induksion tok qarama-qarshi tomonga yo'nalgan bo'ladi (183- rasm).
Galvanometrga ulangan o'tkazgichda hosil bo'ladigan induksion tokning yo'nalishini o'ng qo'l qoidasi orqali aniqlash mumkin (186- rasm).
Agar o'ng qo'lning kaftini unga magnit kuch chiziqlari kiradigan qilib ochib, 90° ga kerilgan bosh barmoqni o'tkazgich harakati yo'nalishida tutilsa, yoyilgan to'rt barmoqning yo'nalishi o'tkazgichda, hosil bo'lgan induksion tokning yo'nalishini ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |