Dars rejasi.
1.Tashkiliy qism - 3 minut.
Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.
Yangi mavzuning bayoni - 15 minut.
Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut.
O’quvchilarni baholash- 4 minut
Uyga vazifa berish - 1 minut.
Darsning borishi
Tashkiliy qism. O'qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so'rash maqsadida foydalanadigan «Bahs-munozara» interfaol metodi uchun kartochkalarga oldindan yozilgan savollarni tayyorlab qo'yadi.
O’tilgan mavzuni eslash: O'qituvchi va o'quvchi orasida erkin bahs- munozara uchun quyidagi savollar yozilgan kartochkalar tarqatiladi:
O'tkazgichda zaryadlar qanday joylashadi?
Faraday qafasi ichida elektroskop nima uchun elektr maydonni sezmagan?
O'tkazgich sirtida zaryadlar qanday taqsimlangan bo'ladi?
Elektr «shamol» nima va u qanday vujudga keladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |