Yangi mavzuni mustahkamlash.
O'quvchilarga quyidagi savol va topshiriqlar bilan murojaat qilinadi:
Energiyaning saqlanish qonuniga ta'rif bering.
Termodinamikaning birinchi qonuniga ta'rif bering.
Termodinamikaning birinchi qonunini turli jarayonlarga tatbiq eting.
Adiabatik jarayon deb nimaga aytiladi?
O'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida quyidagi masala o'quvchilar bilan birgalikda yechiladi:
Masala. Massasi 4 kg bo'lgan geliyni izoxorik ravishda 200 К ga qizdirish uchun qancha issiqlik miqdori kerak bo'ladi?
Berilgan.m = 4 kg; µ = 4·10-3 kg/mol; ∆T= 200 K; V= const.
Topish kerak: Q - ?
Formulasi: V= const da Q = ∆U= (3/2) (m/µ)R∆T.
Hisoblash: Q = (3/2)·(4/4·10-3)·8,31·200 J = 25 kJ.
Javob Q = 25 kJ.
9-mashqning 2-masalasi ham o'quvchilar bilan birgalikda yechiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |