1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi



Download 2,52 Mb.
bet158/230
Sana28.09.2021
Hajmi2,52 Mb.
#187789
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   230
Bog'liq
6 sinf fizika fanidan konspekt

3. Yangi mavzuning bayoni.

Moddaning ichki energiyasidan ish bajarish uchun foydalansa bo'lmasmikan? Quyidagi tajribani ko'raylik. Probirkaga ozgina suv quyib, og'zini mahkam tiqin bilan yopaylik. So'ngra probirkani suv qaynaguncha qizdiraylik. Shunda hosil bo'lgan bug' bosimi ortib, tiqinni otib yuborganini ko'rish mumkin. Bu jarayonda yoqilg'ining energiyasi bug'ning ichki energiyasiga aylandi, so'ngra bug' kengayib, tiqinni ko'tarib ish bajardi.

Agar probirka o'rnida silindr, tiqin o'rnida porshen olinsa, oddiy issiqlik dvigateliga ega bo'lamiz.

Issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradigan qurilmaga issiqlik dvigateli deyiladi.

Issiqlik dvigatelining ko'pgina turlari mavjud: bug' mashinasi, ichki yonuv dvigateli, bug' yoki gaz turbinasi, reaktiv dvigatel. Bug'ning kengayishida ish bajara olishi Arximed zamonasidanoq ma'lum bo'lsa-da, ishlaydigan dastlabki issiqlik dvigatellari XVIII asr oxirida qurilib, bug' mashinasi deb atalgan. Unda alohida bug' qozoni bo'lib, yuqori temperaturali bug' silindr ichiga kiritilib, porshenni harakatga keltirgan. Birinchi bug' mashinasi ingliz ixtirochisi Jeyms Uatt tomonidan 1768-yilda quriladi. So'ngra uning boshchiligida 10 yil davomida 119 mashinani ishga tushirishgan. Dastlabki bug' avtomobilini 1770-yilda fransuz muhandisi J. Kyuno qurgan edi. Birinchi parovoz esa 1803-yilda ingliz ixtirochisi Richard Trevitik tomonidan quriladi. 1823-yildan boshlab Jorj Stefenson parovozlar ishlab chiqaradigan zavodni ishga tushiradi. Yuz yillar davomida bug' mashinasi temir yo'l transportining asosiy vositasi bo'lib xizmat qildi. Hozirgi davrda ular teplovoz va elektrovozlar bilan almashtirilmoqda.

Ichki yonuv dvigateli 1860-yilda fransuz mexanigi E.Lenuar tomonidan ixtiro qilingan. Bug' mashinasida bug' tashqarida hosil qilinib, so'ngra silindr ichiga yuborilsa, ichki yonuv dvigatelida yoqilg'i bevosita yoqilib, yuqori temperaturali gaz hosil qilinadi. Benzin bilan ishlaydigan dvigatelni 1885-yilda nemis ixtirochisi G. Daymler yaratadi.

Hozirgi zamon ichki yonuv dvigatellari ikki silindrli, to'rt silindrli, olti silindrli va h.k. bo'ladi. 87-rasmda to'rt silindrli dvigatel keltirilgan. Silindrlar ichiga joylashgan porshenlar 1 tirsakli valga o'rnatilgan. Shu valga ayla- nish davrida hosil bo'ladigan silkinishlarni kamaytiradigan katta massali 2 maxovik mahkamlangan. Har bir silindrning yuqori qismida ikkitadan klapani bor. Ulardan biridan yonuvchi aralashma (benzinning havo bilan aralashmasi) kiritilsa, ikkinchisidan yonib bo'lgan gaz qoldiqlari chiqib ketadi.


Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish