1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi


Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Darsning usuli



Download 2,52 Mb.
bet154/230
Sana28.09.2021
Hajmi2,52 Mb.
#187789
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   230
Bog'liq
6 sinf fizika fanidan konspekt

Dars turi: Yangi bilim beruvchi.

Darsning usuli: Suhbat. Munozara.

Dars materiallari:1 .Fizika darsligi va multimediya darslik. Kompyuter. CD disk.

2. Iliq va sovuq suvlar. 3.Tajriba-namoyish uchun jihozlar



Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.

O’quvchilarga Aristotel, Ahmad Donish, Beruniy, Ibn-Sino, energiya, kinetik energiya, potensial energiya yozilgan kartochkalar tarqatiladi va shu yozuvni topib birlashish taklif etiladi. O’quvchilar o’z taqdimotlarida yangi mavzu bo’yicha o’z fikrlarini bildiradilar.



2.O’tilgan mavzuni so’rash

1. Forobiy haqida yana nimalarni bilasiz? 2. Beruniy yana qanday sohalarda ijod qilgan? 3. Ibn Sinoning fizik hodisalarga doir qanday ishlarini eslaysiz?



3.Yangi mavzu bo’yicha o’quvchilar fikrini olish va yangi mavzuni o’rganish

Mexanik hodisalar bo'limida Siz jismlarning ikki xil energiyaga ega bo'lishi bilan tanishgan edingiz. Jismlarning o'zaro ta'siri tufayli ega bo'lgan energiyasini potensial va harakati sababli olgan energiyasini kinetik deb atalgan edi. Modda tuzilishi bo'limida esa, barcha moddalar mayda-mayda zarrachalar - atom yoki molekulalardan tashkil topganligi, ularning to'xtovsiz harakatda ekanligi ham sizga ma'lum. Mana shunday harakatlari tufayli zarrachalar ham kinetik energiyaga ega bo'ladilar. Suyuqlik va qattiq jismlarda zarrachalar ma'lum tartibda o'zaro ta'sirlashib joylashganlaridan potensial energiyaga ega bo'ladilar. Bu energiyalar moddaning ichki tuzilishini tashkil etgan zarrachalarga taalluqli bo'lganligidan moddaning ichki energiyasi deb ataladi. Uni chuqurroq tushunish uchun quyidagi misolni qaraylik. 30°C li suvdagi molekulalar 80°C li suv molekulalaridan nimasi bilan farqlanadi? Ular faqat molekulasining tezligi bilan farq qiladi. 80°C li suv molekulasining tezligi, 30°C li suv molekulasining tezligidan kattaroq bo'lar ekan. Demak, kinetik energiyasi ham katta. Bundan 80°C li suvning ichki energiyasi 30°C li suvning ichki energiyasidan katta bo'lishi kelib chiqadi. Bu mulohazalardan temperaturaga ham ta'rif berish imkoniyati tug'iladi. Temperatura - moddani tashkil etgan zarrachalarning o'rtacha kinetik energiyasi o'lchovidir.

Oldingi mavzulardan ma'lumki, moddaning temperaturasini uni isitish yo'li bilan ko'tarishdan tashqari, ish bajarib ham oshirish mumkin. Masalan, tangani olib, uni mo'ynaga ishqalasangiz qiziydi. Ishqalanish tufayli jismlarning qizishidan qadimgi odamlar yog'ochni ishqalab olov hosil qilganlar. Yog'ochning yonishi uchun uning temperaturasini 250°C ga ko'tarish kerak. Yog'ochni ishqalab bunga erishish osonmi? Urinib ko'ring.

Hozirgi kunda ham olovni ishqalanishdan foydalanib hosil qilinadi. Buning uchun gugurt cho'pini qutisiga ishqalash kifoya! Faqat, bunda gugurt cho'pi kallagiga o'rnatilgan moddaning yonish temperaturasi ancha kichik bo'lganligidan tez yonadi. Gugurtni XIX asrning 30-yillarida ixtiro qilishgan. Unda yonish temperaturasi 60°C bo'lgan fosfordan foydalanilgan. Gugurtni ixtiyoriy bir yuzaga, hatto etik tagiga ishqalansa ham yonadigan bo'lgan. Tez yonish xususiyatiga ega bo'lganligidan yong'inlar chiqishiga sabab bo'lgan hamda zaharli ekanligidan xavfli fosfor o'rniga boshqa yonadigan qorishmani 1855-yilda Shvetsiyada o'ylab topishgan. Ichki energiyani ish bajarib oshirish mumkinligini «havo chaqmog'i» deb ataluvchi qurilmada ko'rish mumkin (86-rasm). Qalin organik shishadan yasalgan silindr ichiga benzin bilan ho'llangan paxta qo'yiladi. So'ngra porshenni pastga tez bosilsa, paxta yonib ketadi. Bunda havoni siqishda ichki energiyasi ortadi va temperaturasi ham ortib paxta yonadi. Gaz tashqi kuch bilan siqilsa, temperaturasi ortishi ma'lum bo'ldi. O'z-o'zidan kengaysa nima bo'ladi? Bunday kengayishda bajarilgan ish gazning ichki energiyasi hisobiga bo'ladi. Shu sababli uning temperaturasi pasayadi.




Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish