1-dars. “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari



Download 1,21 Mb.
bet4/9
Sana03.04.2022
Hajmi1,21 Mb.
#526198
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
soha 1-mavzu

Til va taffakkur. Fikr almashish quroli bо‘lmish til tafakkur bilan uzviy bog‘langan. Til milliy madaniyat shakli sifa­tida tafakkurning harakati, uning faoliyati natijasida yaratilgan ma’naviy boylikni zamonda va makonda abadiylashtiradi. Bizning asrimizda barcha fanlarning katta odimlar bilan rivojlanib borishi ba’zi masalalarga yangicha yondashishni taqozo kilmoqda. Keyingi yillardagi mantiq, psixologiya, odamning bosh miyasi faoliyatini о‘rganishdagi izlanishlar shuni kо‘rsatadiki, tafakkurning bir-biridan farq qiluvchi ikki kо‘rinishi mavjud bо‘lib, ularning biri — predmet tafakkuri, ikkinchisi esa — mavhum tafakkurdir. Predmet tafakkuri odam va hayvon uchun umumiy bо‘lib, ularning kundalik amaliy hayotini belgilovchi, avloddan-avlodga instikt oraali о‘tib ochlikni, xavf-hatarni, issiq-sovuqni ajratishni ta’minlaydigan ta­fakkurdir. Mavhum tafakkur faqat odamlarga xos bо‘lib, u til bilan birga paydo bо‘lgan va u bilan birga rivojlanadi. Til bilan tafakkur orasidagi munosabat tо‘g‘risida gap borganda, ana shu tafakkur nazarda tutiladi. Bu ikki ijtimoiy xodisa doimo bir-birini taqozo qiladi, bir-birining yashashiga va rivojlanishiga yordam kiladi. Ma’lumki, fikr yuritishning asosiy maqsadi narsa, hodisalarning bizni о‘rab turgan muhit, borliqdagi о‘rnini aniqlash, ular orasidagi munosabatni о‘rganish, mavjud ilmiy farazlar yuzasidan fikr yuritish va ularni mukammallashtirishdir. Hozirgacha fan va texnika erishgan yutuqlar asosida tafakkurning ana shunday faoliyati yotadi. Lekin tafakkur erishgan ajoyib muvaffaqiyatlarni ilm olamiga yetkazish, abadiylashtirish tilsiz amalga oshmasligi tabiiy bir holdir. Til vositasi yordamida erishilgan amaliy, nazariy yutuqlar e’tirof etiladi, targ‘ib qilinadi, son-sanoqsiz о‘quvchi, eshituvchilarga yetkaziladi. Bu yangilikni о‘qigan va eshitganlar ular yuzasidan yana fikr yuritib, ularning kamchiliklarini topishadi, e’tirof etishadi va mazkur g‘oyani yanada rivojlantirishga о‘z hissalarini qо‘shishadi. Shuning uchun til va tafakkur orasidagi munosabat tо‘g‘risida gap borganda, ularni о‘zaro bir-biriga har tomonlama bog‘langan hodisalar deb yuritishadi. Bu ikki hodisa umuman mavjud bо‘li­shi uchun ular orasida doimo ana shunday hamjihatlik bо‘lishi zarur; shu yо‘l bilan ular bir-biriga doimo ta’sir о‘tkazadi va bir-birini boyitib boradi. Shuni ham qayd etish kerakki, bu ikki juftlikdan birin­chisi, ya’ni tafakkur doimo oldinda boradi, tilga nisbatan tezroq rivojlanadi. Ba’zi olimlar obraz tafakkuri, texnik hamda mantiq tafakkurlarini farqlashni tavsiya etishadi. Obraz tafakkuri о‘z aksini adabiy asarlar nazm, navo va tasvirlarda, texnika tafakkuri texnikaga oid adabiyotlarda, mantiq tafakkuri esa tushuncha va muhokamalarning tо‘g‘ri qо‘llanilishida topadi. Til tafakkurning hamma turlarini aks ettirishda yagona qurol va vositadir. Tilshunoslik fanining markaziy muammosi bо‘lmish til va tafakkur masalasida sо‘z yuritilganda ular bir-biriga tengmi yoki ular boshqa-boshqa narsalarmi, degan savolga javob berish kerak bо‘ladi. Bu masalaning о‘rganilish tari­xida mazkur savolga bir-biriga zid bо‘lgan fikrlar izhor qilinadi. Ba’zi olimlar ularni bir-biriga teng deyishsa, boshqalar ularni bir-biridan umuman ajratib qо‘yishadi. Shu mulohazalar ustida biroz tо‘xtalib о‘tamiz. Til bilan tafakkurni bir-biriga teng deyish tо‘g‘ri bо‘lmaydi. Chunki: 1) kishi uylab yurgan fikrini til orqali ifodalaydi deyish haqiqatga tо‘g‘ri kelmaydi. Kishi fikrining boshqalarga aytish mumkin bо‘lgan qisminigina til yordamida suhbatdoshiga yetkazadi; 2) til moddiy, tafakkur esa g‘oyaviy hodisadir; 3) ikki narsani teng deyish uchun ularning tarkibini ham bir-biri bilan kiyoslash va ular bir-biriga mos kelsa, ularni teng deyishga asos tug‘iladi. Ma’lumki, tafakkurni mantiq; fani, tilni esa tilshu­noslik urganadi. Mantiq fani tafakkurni tarkibiy qismlarga ajratganda, u uch birlikdan: tushuncha, muhokama va xulosadan tarkib topganini qayd etadi.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish