1-dars. “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari


Tilning jamiyatda tutgan о‘rni. Til va tafakkur, til va madaniyat munosabati



Download 1,21 Mb.
bet3/9
Sana03.04.2022
Hajmi1,21 Mb.
#526198
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
soha 1-mavzu

Tilning jamiyatda tutgan о‘rni. Til va tafakkur, til va madaniyat munosabati

Til insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratgan barcha madaniy va ilmiy boyliklarini ifodalaydigan va avloddan avlodga meros qoladigan asosiy vositadir.


Til kishilik jamiyatida yaratilgan bо‘lib, aloqa vositasi sifatida xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir. Uning ijtimoiy tabiati ayrim shaxsga emas, balki jamiyat uchun xizmat qilishda namoyon bо‘ladi.
Til va jamiyatning о‘zaro uzviy munosabatini sotsiolingvistika fani о‘rganadi. Tilning paydo bо‘lishi va rivojlanishi insoniyat jamiyati bilan mustahkam bog‘liq. Til insoniyat tarixi qadar qadimiydir.
Zamonaviy tilshunoslikda sotsiolingvistika atamasi ikki ma’noda ishlatiladi:
1. Til va jamiyat о‘rtasidagi о‘zaro munosabat, ya’ni jamiyat hayoti va rivojlanishida tilning roli va, aksincha, tilning rivojlanishida jamiyatning ahamiyati.
2. Tilda millatning ijtimoiy guruhlanishi munosabati bilan bо‘ladigan farqlar.
Bu masalalar tilshunoslik tarixida bir qadar о‘z aksini topgan. Lekin asrimizning oltmishinchi va yetmishinchi yillariga kelib tilshunoslik fanining bu yо‘nalishi jadal rivojlana boshladi. Tilshunoslik fanidagi bu yо‘nalishga qizikishning oshishi qо‘yidagi sabablarga bog‘liq:
1. Jamiyatning ilmiy asoslangan til siyosati prinsiplariga bо‘lgan ehtiyoj.
2. Struktural tilshunoslikning faqat tilning ichki tuzilishini о‘rganishga bо‘lgan qiziqish.
Yuqorida ta’kidlanganidek, til jamiyat taraqqiyoti bilan birga rivojlanadi, tilning grammatik qurilishi takomillasha boradi. Demak, til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘langan. Kishilik tarixidan shu narsa ma’lumki, avval urug‘ tili, keyin qabila tili, elat, xalq va millat tili shakllangan.
Dialektlar urug‘chilik davridan boshlab, jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichiga qadar son jihatdan kо‘payib boradi. Bu qabilalarning yashash tarzi bilan bog‘liq. Avval bir qabila ittifoqiga kirgan tillar markazdan uzoqlashgan sari ulardagi dialektal farq orta boradi va bu dialektal farqlar oxir-oqibatda yangi til paydo bо‘lishi uchun asos bо‘ladi. Dialektlar sonining kо‘payishi va ular asosida yangi-yangi tillarning vujudga kelishi til taraqqiyotining differensiatsiya jarayonini tashkil qiladi. Differensiatsiya tillarning dialektlarga parchalanishi sanaladi.
Dunyo tillarining, ma’lum ma’noda, о‘ziga xosligini yorituvchi, muayyan tilning boshqa tillardan farqli jihatlarini kо‘rsatuvchi tadqiqotlar yaratilgan. Mazkur tadqiqotlarning bosh masalasi til va jamiyat munosabati talqinidir. Tilning jamiyat bilan bog‘liq tomonlarini о‘rganish tilning о‘ziga xos ichki qurilishi, imkoniyatlarini yoritishda ahamiyatlidir.
Har bir millat о‘z adabiy tilining mustahkamlanishi uchun harakat qiladi. Jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida dialektlar kamayib, adabiy tilga yaqinlasha borishi kuzatiladi. Buni adabiy til ta’sirining kengayishi bilan izohlash mumkin. Til taraqqiyotidagi bu jarayon integratsiya deb yuritiladi. Integratsiya bir tilga mansub shevalarning adabiy til me’yorlariga yaqinlashuvidir. Bunday jarayonlar tasodifan yuz bermaydi, balki jamiyat taraqqiyotiga, ijtimoiy hayotning taraqqiyot jarayonlariga bog‘liq tarzda sodir bо‘ladi. Jamiyat taraqqiy eta borgan sari tilning ijtimoiy vazifalari ham takomillashib boradi, sababi, jamiyat va til о‘zaro bog‘liq, mutanosib tarixiy jarayon, hodisadir.
Yuqorida sanab о‘tilganlar va yashash muhiti yaqin, turmush tarzi о‘xshash hamda о‘zaro iqtisodiy munosabatlari shakllangan xalqlarning tillari bir-biriga ta’sir kо‘satishi natijasida tillarning nafaqat leksik, balki grammatik jihatlariga kо‘ra ham ta’sir natijasidagi о‘zgarishlari kabi qator masalalar ijtimoiy tilshunoslik – sotsiolingvistikaning о‘rganish vazifalaridan biri sanaladi.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish