Savol va topshiriqlar
1. Grammatika deganda nimani tushunasiz va u qanday qismlarni o'z ichiga oladi?
2. Morfologiya nimalar haqida bahs yuritadi?
3. Morfologiyaning leksikologiya bilan aloqasi haqida gapiring.
4. Morfologiyaning sintaksis bilan aloqasini ayting.
Hikoyatni o'qing. Ajratib ko'rsatilgan so'zlarga diqqat qiling. Mazkur so'zlarning leksik va grammatik ma'nolar haqida fikr yuriting.
Ishini yaxshi bajargan odam ipak qurti kabidir. Bir kuni o'rgimchak ipak qurtiga bunday dedi:
- Birodarim ipak qurt, ozgina pilla o'rash uchun necha kun tinmaysan. Men bo'lsam, bir devorni bir necha soatda o'rab tashlayman.
Ipak qurti unga:
- To'g'ri, o'rgimchak qardosh, sen qisqa vaqtda ishni bitira olasan, ammo qilgan ishingning birovga foydasi tegmaydi. Vaqting zoye ketadi, vaqt qadrini bilasanmi o'zi? Men sekin, shoshilmay ishlayman, ammo tolamdan ajib, go'zal, betimsol matolar to'qiladi. Buni sen tasavvur qila olmaysan. Ipagim ajoyib ishlarga qodir, insonlar mening mahsulimdan ko'p foyda ko'radilar. Oz ish qilaman, ammo ishimni puxta, toza qilaman. O'z san'atimni yaxshi ishlata bilaman. Ishimni shunday puxta qilganimdan baxtiyorman. Ishini yaxshi bajargan, san'atini yaxshi qo'llaganlarni Olloh sevadi. Payg'ambarimiz sevadi. Insonlar ham juda sevadilar, duo qiladilar. Mana shuning uchun men juda baxtiyorman va saodatmandman. Ishimni, vazifamni yaxshi bajaraveraman. Vaqtni bekor o'tkazmayman, — deb javob berdi.
Matnni o'qing. Onani ulug'lovchi maqol, metal, hikmatlarni eslang. Eng ma'qullarini daftaringizga ko'chiring. Ulardagi so'zlaming bir-biriga bog'lanish holatlariga e'tibor bering. Bu so'zlarning yana qanday grammatik shakllarga ega bo'la olishi mumkinligini o'ylab ko'ring.
Dunyoning zahiriy va botiniy ko'rkiga ko'rk qo'shib turgan eng oliy tuyg'u bor. Bu o'sha har kuni har bir qalb yangilab turuvchi muhabbatdir.
Bu tuyg'u, avvalo, ota-onaga bo'lgan mehrdan boshlanadi.
Azal-azaldan otalarimiz o'tirgan uyning tomiga chiqish gunoh hisoblangan. «Agar sen kaftingda cho'g'ni changallab 20 yillik yo'lni bosib o'tsang ham, onangning bir kechalik uyqusini buzib, alla aytgan va bergan oq sutini oqlay olmaysan», — deyishadi ota-bobolarimiz. Onalar bu dunyoni tark etganda ham onaligicha qolishlari bor gap. Sababi, bir yigit go'zal bir qizga oshiq bo'libdi. U qiz esa yigitga: «Muhabbating chin bo'lsa, onangning yuragini olib kel», debdi. Yigit ishq uchun o'zi oq sut berib o'stirgan onasining yuragini olib ketayotib yiqilib tushibdi. Shunda ona yuragi tilga kiribdi:
«Jonim, bolam, yomon yiqilmadingni, u yer, bu yering lat yemadimi?»
Ha, do'stlar, ona mehrining sehri shu qadar yuksakki, hatto, u olamdan ko'z yumsa ham o'z farzandiga yomonlikni ravo ko'rmaydi, unga baxt tilaydi.
Biz ham doimo onani qadrlaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |