Kelgusi rejalar:
|
O'qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirish va darsda tatbiq etish, takomillashtirish, o'z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish.
O'quvchi: Mustaqil ishlashni o'rganadi. O'z fikrini ravon bayon qila oladi. O'rganilgan mavzu asosida qo'shimcha materiallar izlaydi, ularni o'rganadi. Do'stona muhitda, hamkorlikda ishlash ko'nikmasi shakllanadi.
|
Darsning borishi:
Dars tashkil etilgach, yozuv taxtasiga son turkumiga oid ko'rgazmalar ilinadi va o'qituvchi son turkumi yuzasidan o'rganilganlar bo'yicha "Sonso'z turkumini kim yaxshi biladi?" o'yini tarzida takrorlash suhbatini o'tkazadi. Unda quyidagicha savollardan foydalanish mumkin:
1.Son deb qanday so'zlarga aytiladi?
2.Sonlar qanday ma'no guruhlariga bo'linadi?
3.Miqdor son qanday turlarga bo'linadi?
4. Sanoq sonlar deb qanday sonlarga aytiladi?
5.Sonlar gapda qanday vazifalarni bajaradi?
Dars topshiriqlar bajarish asosida davom ettiriladi. 1-topshiriqda o'quvchilar sonlarni topib, ularning ma'no turini va gapdagi vazifasini aniqlaydilar.
Namuna: Bobur qo 'shini Dehlidan ellik chaqirimcha shimoldagi Panipat shahriga kelib to 'xtadi. (P. Qodirov) Ellik chaqirimcha — chama son, ellik soni chaqirim o'lchov so'zi bilan qo'llanib, masofani chamalash tarzida ifodalangan, gapda aniqlovchi vazifasida qoilangan.
2-topshiriq o'quvchilarga "Kim zukko va topqir?" o'yini tarzida mustaqil bajartiriladi. O'quvchilar mashq shartiga ko'ra tagiga chizilgan so'zlarni tegishli sonlar bilan almashtirish va ularning gapdagi vazifasini aniqlash topshirig'ini tez va to'g'ri bajarish bo'yicha musobaqalashadilar.
Namuna: Musayev soatiga qaradi: o'n biryarim. (H.G'ulom) — Musayev soatiga qaradi: o 'n biru o 'ttiz.3-topshiriq "Topqirlar va zukkolar bahsi" tarzida bajartiriladi. Bunda mashq shartiga ko'ra birinchi guruh aytgan son ishtirokida ikkinchi guruh gap tuzadi, songa izoh
beradi.Namuna: "Topqirlar" guruhi: yetti. "Zukkolar" guruhi: Ertaga biz yettinchi sinf o'quvchilari bilan futbol o'ynaymiz. Mazkur gapda qo'llangan yettinchi soni tartib son, gapda aniqlovchi vazifasida qo'llangan.
4-topshiriq topshirig'iga ko'ra 147-darsda berilgan sonlar ishtirokida gaplar tuzish va ularni izohlash uyga vazifa qilib beriladi.
148-dars topshiriqlar bajarish bilan davom ettiriladi 5-topshiriqqa ko'ra qavs ichida berilgan qo'shimchalar asosida son shakllarini hosil qilish va ma'no turini aniqlash guruhlararo musobaqa tarzida bajariladi.
Namuna: Qumri ikkinchi chopiqdan so 'ng ishga chiqmay qo 'ydi. (G'.G'jdlom) Ikkinchi- tartib son, -nchi qo'shimchasi vositasida hosil qilingan.
6-topshiriqqa ko'ra berilgan sonlarni ma'no guruhlariga ko'ra jadvalga joylashtirish va ular ishtirokida gaplar tuzish mashqi ham xuddi shu tarzda bajarilishi mumkin. Namuna:
Sanoq son
|
Dona son
|
Chama son
|
Jamlovchi son
|
Taqshn son
|
Kasr son
|
ellik
|
yettita
|
Mingta -cha
|
ikkovi
|
to 'q -qiztadan
|
o'ndan ikki
|
Kecha futbol musobaqasida uchinchi o 'rinni oldik.
151-152-darslar. 17- NAZORAT ISHI.DIKTANTI VA UNING TAHLILI
Do'stlaringiz bilan baham: |