O'qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirish va darsda tatbiq etish, takomillashtirish, o'z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish.
O'quvchi: Mustaqil ishlashni o'rganadi. O'z fikrini ravon bayon qila oladi. O'rganilgan mavzu asosida qo'shimcha materiallar izlaydi, ularni o'rganadi. Do'stona muhitda, hamkorlikda ishlash ko'nikmasi shakllanadi.
Darsning borishi:
Dars nazariy qoidaning tahlil qilishdan boshlanadi:
BILIB OLING. Matn turli maqsadlar bilan tuziladi. Masalan: muayyan predmet yoki voqea-hodisalar haqida xabar berish, hikoya qilish, ularning ta’rif-tavsifini berish,
ya’ni tasvirlash, ularni muhokama qilish, ya’ni mulohaza yuritish. Ana shunga ko‘ra, matnlarning quyidagi turlari farqlanadi: 1. Hikoya matni. 2. Tasviriy matn.