O'qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirish va darsda tatbiq etish, takomillashtirish, o'z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish.
O'quvchi: Mustaqil ishlashni o'rganadi. O'z fikrini ravon bayon qila oladi. O'rganilgan mavzu asosida qo'shimcha materiallar izlaydi, ularni o'rganadi. Do'stona muhitda, hamkorlikda ishlash ko'nikmasi shakllanadi.
Darsning borishi: O'qituvchi darsni o'quvchilarga sinf xonasidagi narsa-buyumlar nomini ayttirish bilan boshlab, ularni qanday so'roqlarga javob bo'lishini so'raydi. Masalan: stol, stul, parta, kitob, daftar, shkaf, gul kabi.
O'quvchilar yuqoridagi so'zlar ot so'z turkumiga mansubligi va ular nima? so'rog'iga javob bo'lishini aytgach, xuddi shu tartibda darslikda berilgan 1-topshiriqqa ko'ra quyidagi jadval toidiriladi: