Kelgusi rejalar:
|
O'qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirish va darsda tatbiq etish, takomillashtirish, o'z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish.
O'quvchi: Mustaqil ishlashni o'rganadi. O'z fikrini ravon bayon qila oladi. O'rganilgan mavzu asosida qo'shimcha materiallar izlaydi, ularni o'rganadi. Do'stona muhitda, hamkorlikda ishlash ko'nikmasi shakllanadi.
|
Darsning borishi:
Dars O'zbekiston Davlat madhiyasini aytish bilan boshlanadi. O'qituvchi kichik stolga o'rnatish uchun mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'ini ko'rsatadi.
Bayroq haqida quyidagi savollar asosida suhbat uyushtiradi:
1. O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i qachon (asdiqlangan?
2. O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i niiiiani anglatadi?
3.Bayroqdagi moviy va oq ranglar nimaning nnn/i?
4.Bayrog'imizdagi yashil rang va qizil chiziqlar nimaning ramzi va timsoli?
5.Undagi yarim oy va 12 yulduz tasviri liaqidii niniiilarni bilasiz? Bugungi dars o'yin tarzida o'tishini, g'olib guruhga O'zbekistonRespublikasi Davlat bayrog'i sovg'a qilinishini aytadi. Shu asosida ularda o'z yurti, vatanini sevish va uning davlat ramzlaridan faxrlanish hissi uyg'otiladi. Albatta, bayroqcha g'olib gunih o'lirgan qatordagi partalarning birinchisiga qo'yib qo'yiladi va keyingi o'yin darslga qadar saqlanadi. O'yin darsini boshlashdan oldin sinf o'quvchilaii avvalgi an'analarga muvofiq "Topqirlar", "Zukkolar" va "Donolar" kabi guruhlarga bo'linadilar va butun dars davomida musobaqalashadilar.
O'yin darsi quyidagi shartlar asosida o'lkaziladi:
I. O'qituvchi O'zbekiston Respublikasining Davlai bayrog'ini tasvirlashda qo'llangan so'zlardan ayrimlarini tanlab olacli va ma'noli qismlarga ajratishni topshiradi.
"Topqirlar" guruhiga
|
"Zukkolar" guruhiga
|
"Donolar" guruhiga
|
0 'zbekiston, o 'n ikki yulduz, sarhadida
|
tinchlik, yaxshilik, habllik
|
yilnoma, aloqador,
to'g'riso'zlik
|
Darslikdagi topshiriqqa asoslangan holda ma'lum asos va qo'shimchalar asosida yangi so'zlar hosil qilish va ma'nosini izohlash bahsi o'tkaziladi.
N a m u n a : "Donolar" guruhiga: -//, iroda kabi. O'quvchilar berilganlar asosida yangi so'zlar yasaydilar, yozuv taxtasiga yozadilar.
III O'tiganlarni takrorlash yuzasidanbahs.
Bahs jarayonida guruhlarga quyidagi savollar berilishi mumkin:
1.Asos deb nimaga aytiladi? Qo'shimcha niraa?
2.So'z yasovchi qo'shimcha deb qanday qo'shimchaga aytiladi?
3.Shakl yasovchi qo'shimcha deganda qanday qo'shimchalar Uishuniladi'.'
4. So'z tarkibl nimalardan iborat? So'z qanday ma'nolarni anglatadi?
IV."Kim birinchi va to`g`ri hal qiladi?" o'yini tarzida yangi mavzu yuzasidan muammoli savollani hal qilish bahsi.
O'qituvchi yangi mavzu yuzasidan quyidagicha muammolar qo'yadi:
1.Tashvish, tashvishsiz, sertashvish, tashvishlanmoq so'zlari qanday umumiy xususiyatgi ega
2. Bir umumiy asosga ega bo'lgan so'zlar qanday so'zlar hisoblanadi?
3. Bir asosli so'zlarga qanday misollar keltira olasiz?
Shu muammoli savollarni hal qilish asosida yangi mavzu tushuntiriladi: Tashvish, tashvishsiz, sertashvish, tashvishlanmoq so'zlari bir umumiy asos-tashvish asosida yasalgan.
Bir umumiy asosga ega bo'lgan yasama so'zlar bir asosli (asosdosh) so'zlar deyiladi. Demak, yuqoridagi so'zlar bir asosli so'zlardir.
V. Yangi mavzuga oid mashqlar bajarish.
Darslikdagi 65-, 66-, 67-68-mashqlar musobaqa tarzida bajartiriladi.
Yuqorida ta'kidlanganidek, rag'bat kartochkalari miqdoriga ko'ra g'olib guruh aniqlanadi, baholanadi va bayroqcha bilan taqdirlanadi.
69-mashqda "Aqlli bola elga manzur" mavzusida matn tuzish, undagi yasama so'zlarni topish uyga vazifa qilib beriladi.
“Tasdiqlayman” O’TIBDO’: __________________
Do'stlaringiz bilan baham: |