Kelgusi rejalar:
|
O'qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirish va darsda tatbiq etish, takomillashtirish, o'z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish.
O'quvchi: Mustaqil ishlashni o'rganadi. O'z fikrini ravon bayon qila oladi. O'rganilgan mavzu asosida qo'shimcha materiallar izlaydi, ularni o'rganadi. Do'stona muhitda, hamkorlikda ishlash ko'nikmasi shakllanadi.
|
Darsning borishi: Tashkiliy qism.
Yangi mavzu yuzasidan o'quvchilarda tushuncha hosil qilish. O'tilgan dars bilan yangi darsni bog'lab mustahkamlash. Darslik bilan ishlash.
Dars yakuni.
Tashkiliy qism amalga oshirilgach, o'qituvchi 1- va 2-top-shiriqlarni suhbat asosida o'quvchilarga bajartirgani holda mavzuga oid tushunchalarni singdirib boradi:
1-topshiriq. Yangilanmoq va yangi bo'lmoq fe'llarini qiyoslab, ular o'rtasidagi farqlarni aytishadi.
2- topshiriq. Onam bilan miriqib suhbatlashdim gapi tarkibidagi fe'lni suhbat qurdim shakliga o'zgartinng. Buning gap ma'nosiga ta'sir qilishi yoki qilmasligi to'g'risida o'ylab ko'ring.
O'quvchilar o'z fikrlarini bahs-munozaraga kirishgan holda ifodalashlari uchun o'qituvchi o'ziga xos savollar berib borishga tayyor turishi kerak.
Quyidagi ko'rsatmali qo'llanma ( yoki slayd) vositasida qo'shma fe'llar haqida o'quvchilarga ma'lumot beriladi.
Mustahkamlash: «Panarama» mashg'uloti asosida amalga oshiriladi. Har bir partaga gazeta yoki jurnal qo'yib chiqiladi. Oquvchilar o'qituvchi tomonidan berilgan tarqatmaga matbuot sahifasidan topgan qo'shma fe'llarni yozib chiqadilar. So'ng to kataklar to'lmaguncha tarqatma qog'ozlar partama-parta almashtiriladi. Almash gandan so'ng qolgan topshiriqlarni bajaradilar. Qog'oz oxiri o'z egasiga yetib kelishi kerak. Ular yaxshilab o'qib chiqib umumiy xulosaga keladilar va taqdimotga chiqadilar. Bu mashg'ulot orqali sinfdagi barcha o'quvchining o'zlashtirganlik darajasini bilib olish mumkin.
Gazetadan tanlangan so'zlar
|
Otdan
|
Sifatdan
|
Taqlid so'zdan
|
Undov so'zdan
|
Fe'ldan
|
Olib chiqdi
|
|
|
|
|
(nima qilmoq+nima qilmoq)
|
Javob berishdi
|
(nima + nima qilmoq)
|
|
|
|
|
Taq etdi
|
|
|
(nima + nima qilmoq)
|
|
|
yangila-moq
|
|
Sodda fe'l. (sifat -la)
|
|
|
|
Darslikdagi mashqlarni bajartirish orqali mavzu mustahkamlanadi:
201-mashq. Og'zaki bajariladi, ya'ni o'quvchilar berilgan gaplardan qo‘shma fe'llarni topib, ularning yasalishini tushuntiradilar. 202-mashq yozma bajariladi. Matn ko'chiriladi. Qo'shma fe'llarni va ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmalarini topib tagiga chizadilar, ularning
yasalishini izohlaydilar. So'ngra yozuv taxtasidagi quyidagi chizma chizilgan qog ozga (yoki yozuv taxtasining o'ziga oldindan chizib qo'yilgan) qo'shma fe'l va fe'l qo'shilmasini to'g'ri aniqlaganligini sinash maqsadida bittadan chiqib matnda ostiga chizgan so'zlarini yozadilar:
Qadam tashlamoq
Olib keldi
Oshib qolgan
Yig`ishtirib oldi
Dars yakunida o'quvchilarning qo'shimcha ball to'plashlari uchun quyidagi savollar va topshiriqlar beriladi.
Fe'llar tuzilishiga ko'ra necha xil bo'ladi?
Sodda yasama fellarga misollar keltiring.
Qo'shma fe'l deb nimaga aytiladi?
Qo'shma fe'llar qanday yasaladi?
Qo'shma fe'llarning imlosi haqida nimalar o'rgandingiz?
Dars yakunida o'quvchilar to'plagan ball e'lon qilinadi 203-mashq asosida «O'zbekona urf-odatlar» mavzusida matn yaratish, unda qo'shma fe'llardan foydalanish uyga vazifa qilib beriladi.
“Tasdiqlayman” O’TIBDO’: __________________
Do'stlaringiz bilan baham: |