59-dars MAVZU: FE'LLARNING YASALISHI
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
Mavzu:
|
FE'LLARNING YASALISHI
|
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
|
Asosiy tushuncha va atamalar: -la, -a qo'shimchalari ot, sifat, undov so'zlardan, -(a) y, -i, -sira, -sa qo'shimchalari ot va sifatlardan, -(a) r qo'shimchasi sifatlardan, -illa, -ira qo'shimchalari taqlid so'zlardan fe'l yasaydi, -sira qo'shimchasi sen, siz olmoshlaridan ham fe'l yasaydi.
|
Maqsad va vazifalar:
|
Maqsadlar:
Ta`limiy: O'quvchilarga fe'l yasovchi qo'shimchalar haqida ma'lumot berish, fe'llaming yasalishi yuzasidan tushuncha hosil qilish;
Tarbiyaviy:O'quvchilarda ona-Vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash, faxrlanish hissini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi : O'quvchilarda hissiy va mantiqiy bilim olish ko'nikmalarini tarbiyalash.
Vazifalar:
- o'quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg'otish;
-ularda mavzu asosida bilim va ko'nikmalarni shakllantirish,kengaytirishga erishish;
- mavzuga oid berilgan savollarni o'quvchilar tomonidan guruh holatida o'zlashtirib olishlari hamda berilgan topshiriqlarni qay darajada o'zlashtirganliklarini nazorat qilish;
- ularning bilimini baholash.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |