Kelgusi rejalar:
|
O'qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirish va darsda tatbiq etish, takomillashtirish, o'z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish.
O'quvchi: Mustaqil ishlashni o'rganadi. O'z fikrini ravon bayon qila oladi. O'rganilgan mavzu asosida qo'shimcha materiallar izlaydi, ularni o'rganadi. Do'stona muhitda, hamkorlikda ishlash ko'nikmasi shakllanadi.
|
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. O'quvchilarning diqqatini bir joyga to'plash uchun «Teskari ma'nosini top» o'yini o'tkaziladi. O'quvchilar diqqatiga kelmoq, yurmoq, uyg'onmoq so'zlari havola etiladi. Ular shu berilgan so'zlarning qarama-qarshi ma'nolarini topadilar.
N a m u n a: kelmoq-ketmoq, yurmoq-o'tirmoq, uyg'onmoq-uxlamoq.
Uyga vazifani so'rash: Har bir o'quvchiga «Tushunchalar tahlili» jadvali tarqatiladi.
Topshiriq: «Fe'l nisbatlari» mavzusi yuzasidan berilgan asosiy tushunchalar bo'yicha mavzu mazmunini yoritish.
Do'stlaringiz bilan baham: |