1-dars. Mavzu: Matn muharriri


Uslub: Ma'ruza va amaliyotning uyg'unligi. Shakl



Download 0,66 Mb.
bet15/39
Sana27.04.2022
Hajmi0,66 Mb.
#584879
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
Bog'liq
6-Sinf

Uslub: Ma'ruza va amaliyotning uyg'unligi.
Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash.
Vosita:Elektron resurslar, darslik, plakatlar; tarqatma materiallar.
Usul: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida.
Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi aso­sida.

Kutiladigan natijalar

O'quvchilar MS Word dasturida hujjat hosil qilish jarayonida matnga yangi belgi qo`shish, matn qismini belgilash, hujjatda o`chirish, hujjatda nusxa ko`chirish haqida ma`lumotlar oladilar va o`rganadilar.

Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)

O'qituvchi o'z faoliyatining tahlili yoki hamkasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o'zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.

Darsning borishi va vaqt taqsimoti






Dars bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O'tilganlarni takrorlash

7 daqiqa

3

Yangi mavzu ustida ishlash

14 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

13 daqiqa

5

Uyga vazifa

3 daqiqa



I.Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, fan yangiliklari bilan tanishish, kompyuterlarni ishchi holatida ekanligini aniqlash.
II. O`tilgan mavzuni so`rab baholash..
III. Yangi mavzu bayoni.
Reja:

  1. Matnga yangi belgi qo`shish.

  1. Matn qismini belgilash

  2. Hujjatda o`chirish

  3. Hujjatda nusxa ko`chirish

Matnga yangi belgilarni kiritish quyidagicha bajariladi:

  1. Yurgich matnning kerakli belgilar kiritilishi lozim bo`lgan joyiga o`rnatiladi.

  2. Kerakli belgilar klaviaturada teriladi.

Matnda belgilangan biror qism blok deyiladi. Odatda, blok qora fonda oq belgi ko'rinishda (masalan, bo`yalib) tasvirlanadi. Blok ustida turli amallar (o'chirish, nusxalash, ko'chirib o'tkazish, formatlash va boshqalar) bajarish mumkin.
Matnda blok ajratish klaviatura yoki sichqoncha yordamida amalga oshirilishi mumkin. Klaviatura yordamida blok ajratish uchun yurgich kerakli qismning (belgi, so'z, satr yoki abzas, sahifa) birinchi belgisi oldiga joylashtiriladi.
So'ng | Shift| klavishini bosib turgan holda yoki yo'nalish klavishi
kerakli matn qismi belgilanguncha bosib turiladi. Hujjatni to'liq belgilash uchun
Ctrl klavishini bosib turgan holda lotin harfi A bosiladi.
Matn yozish jarayonida xato yozilgan belgini o'chirish zarur bo'ladi. Agar
y urgich o'chirilishi kerak bo'lgan belgidan oldin turgan bo'lsa - Enter
klavishidan yuqorida joylashgan va ikkinchi nomi Backspace bo'lgan) klavishni,
keyin turgan bo'lsa — Delete klavishini bosish yetarli.
Matnning belgilangan qismini o'chirish. Agar hujjathing so'z, gap, satr yoki
abzas kabi qismini o'chirish lozira bo'lsa, bu qismni blokka olib Delete klavishini bosish kifoya. Ba'zan, o'chirilgan qismni boshqa joyga joylashtirish lozim bo'ladi. Bunday holda kerakli qismni blokka olib, Tahrir (Правка) menyusidan Qirqib olish ( Вырезать]) bo'limi yoki Standart uskunalar panelidan — qirqib olish tugmasi bosiladi tanlanadi. Natijada qirqib olingan qism bufer deb ataluvchi yordamchi hotirada vaqtinchalik saqlanib qoladi.


Matnning belgilangan qismidan nusxa ko'chirish. Matnning nusxa ko'chiriladigan qismi blokka olinadi va Tahrir menyusidagi Nusxalash ( Копировать) buyrug'i beriladi. Blokdagi matn buferga joylashadi. Buferdagi axborotni matnning biror yeriga qo'yish uchun yurgich matnning tanlangan yeriga qo'yiladi va Tahrir menyusidagi Joylashtirish (Вставить ) buyrug'i beriladi. Yuqoridagi amallarni, mos ravishda, STANDART uskunalar
panelidagi — nusxalash va — joylashtirish tugmalarini bosish
orqali ham bajarish mumkin.


Matnning belgilangan qismini matnning ixtiyoriy joyiga ko'chirib o'tkazish.
Matnning ko'chirib o'tkaziladigan qismi blokka olinadi. STANDART uskunalar panelidagi Qirqib olish tugmasi bosiladi. Natijada matnning belgilangan qismi ekrandan o'chadi va buferga joylashadi. Yurgich matnning kerakli joyiga qo'yilib, STANDART uskunalar panelidagi Joylashtirish tugmasi bosiladi
Matnning belgilangan qismini matnning ixtiyoriy joyiga ko'chirib o'tkazishning yana bir usuli: sichqoncha yurgichini belgilangan blokning ixtiyoriy nuqtasiga olib kelinadi. Sichqonchaning chap tugmasini bosib turilgan holda sichqoncha ka'rsatkichini matnning kerakli joyiga olib kelinadi va sichqoncha tugmasi qo'yib yuboriladi.


Mustahkamlash:
1. Matnni tahrir qilish deganda nimani tushunasiz?
2. Matnni tahrir qilishda ishlatiladigan amallarni ayting.
3. Matndagi ortiqcha belgi qanday o'chiriladi?
4. Matnga „tushib qolgan" belgilar qanday kiritiladi?
5. Blok deganda nimani tushunasiz?
6. Matnning biror qismi qanday qilib blokka olinadi?
7. Matnning belgilangan qismi ustida qanday amallar bajarish mumkin?
8. Matnning belgilangan qismidan nusxa ko'chirish nima va u qanday amalga oshiriladi?



Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish