-Yangi abzasga o'tish uchun Enter klavishini bosish zarur.
-Har qanday tinish belgisidan keyin probel (bo'sh joy) klavishi bosilishi shart, tinish belgisidan oldin probel bosilmaydi.
-„Qat'iy probel"ni joylashtirish uchun |Ctrl,[ [Shift] (probel [klavishlari birgalikda bosiladi. Qat'iy tire satr ohirida yozilgan probel qatnashgan jumla (masalan, N. Solixova) ajralib qolmasligi uchun, ya'ni bir satrda joylashishi shart bo'lganda ishlatiladi.
-„Defis" (tire, -) belgisi probellarsiz yoziladi, masalan: qovun-tarvuz.
–„Uzun tire" (—) ikki tomondan probellar bilan ajra'tiladi. Uni yozish uchun [Ctr | Alt 1 va yordamchi klavishlar majmuidan „uzun tire" klavishlari birgalikda bosiladi.
-„Qat'iy tire"ni yozish uchun Ctrl, Shift va|_—| klavishlari birgalikda bosiladi. Qat'iy tire satr ohirida yozilgan defis qatnashgan so'z (masalan, 5-sinf) ajralib qolmasligi uchun, ya'ni bir satrda joylashishi shart bo'lganda ishlatiladi.
-Qavs, tirnoq yoki qo'shtirnoq ichiga olingan so'zlar ulardan probellar bilan ajratilmaydi, masalan: „Windows XP".
-Rim raqamlarini yozish uchun I, V, X, L, С, М kabi bosh harflardan foydalaniladi.
Hujjatda harakatlanish
Hujjatda yurgich klavishlar yordamida quyidagicha harakatlantiriladi:
–– bir satrdan ikkinchisiga yoki bir belgidan ikkinchisiga yo'nalish klavishlari;
– – bir so'zdan ikkinchisiga Ctrl klavishini bosib turgan holda yoki
k lavishlarini bosish yordamida;
---bir abzasdan ikkinchisiga Ctrl klavishini bosib turgan holda yoki klavishlarini bosish yordamida;
--bir sahifadan ikkinchisiga |PageUp] va|PageDn]klavishlari yordamida;
satr boshiga [Home] satr ohiriga End klavishlari yordamida;
– Home, matn ohiriga | Ctrl | + |End | klavishlari
–– matn boshiga Ctrl yordamida.
Mustahkamlash:1. Word dasturida hujjat ko'rinishlarining qanday holatlari bor?
2.Word dasturi ishga tushurilganda hujjat ko'rinishining qanday holati namoyon bo'ldi?
3.Wordda matn yozganda yangi abzasga qanday o'tiladi?
4.Wordda uzun tire yozilishini amalda bajaring.
5.Qat'iy tire yozilishini amalda ko'rsating.
6.Rim raqamlari qanday yoziladi?
7.Matn bo'ylab yurgichni qanday harakatlantirish mumkin? Amalda ko'rsatib bering.
8.Matnni varaqlash uchun qanday usullar bor?
Uyga vazifa: Mavzuni o`rhanib, “Tarjimai hol” nomli hujjat hosil qilish.
Sana: ____________ Sinf: _____________
Do'stlaringiz bilan baham: |