V.Tashkily qism;
a)Salomlashish
b)Yo’qlama
c)Siyosiy daqiqa
VI.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish.
VII.Dars bayoni:
Pushti-siyohrangli kaliy permanganatni suvli eritmasini oksidlovchilik xossasiga eritmani muhitining ta’sirini o‘rganish uchun uchta probirka olib, ularni hammasiga bir xil miqdorda oksidlovchilik xossasiga ega bo‘lgan kaliy permanganat eritmasi va qayratuvchilik xossasiga ega bo‘lgan natriy nitrit eritmasini solamiz. Birinchi probirkaga 1-2 tomchi sulfat kislota eritmasidan, ikkinchisiga 1-2 tomchi distillangan suv va uchinchi probirkaga 1-2 tomchi kaliy gidroksid eritmasidan qo‘shamiz. Birinchi probirkada eritma rangsiz holatga keladi. Ikkinchi probirkada qoramtir-qo‘ng‘ir cho‘kma hosil bo‘ladi. Uchinchi probirkada yashil rangli eritma hosil bo‘ladi. Demak, bundan ko‘rishimiz mumkinki, eritma muhitiga qarab oksidlanish qaytarilish reaksiyalarida har xil moddalar hosil bo‘lishi mumkin ekan va bu moddalar eritmaga turli rang beradi.
Endi har bir probirkada nima jarayon yuz berganini ko‘rib chiqaylik. Dastlab uchta probirkada ham kaliy permanganat eritmasi bor edi. Permanganat ioni (MnO4 ) eritmaga pushti-siyohrang beradi. Shuning uchun uchta probirka ham pushti-siyohrangda edi. Har bir probirkada qanday jarayon yuz berganini bilish uchun reaksiya tenglamalarini yozib olamiz.
Birinchi probirkada:
KMnO4 + NaNO2 + H2SO4 ► MnSO4 + NaNO3 + K2SO4 + H2O
Reaksiyani yarim reaksiya usuli bo‘yicha tenglashtiramiz.
KMn°4 + NaN02 + H2S04 ► MnS04 + NaN03 + K2S04 + H20
_ _ _ ___a+5 e _ _ 0_
Mn°4- + 8H+ ► Mn2+ + 4H20 5 2
-2 e +
N02- + H20 ► N03 + 2H+
2Mn°4- + 16H++ 5N02- + 5H20 ► 2Mn2+ + 8H20 + 5N°3 + 10H+
2Мп°4- + 6H++ 5N02- ► 2Mn2+ + 8H20 + 5N03-
2KMn°4 + 5NaN02 + 3H2S04 ► 2MnS04 + 5NaN03 + K2S04 + 3H20
Reaksiyadan ko‘rishimiz mumkinki, probirkadagi eritmaga pushti- siyohrang berib turgan permanganat ioni (Mn°4-) reaksiya tugagandan keyin Mn2+ ioniga aylandi. Mn2+ ioni rangsiz bo‘lgani uchun, reaksiya amalga oshganda birinchi probirkada rangsiz eritma hosil bo‘ladi. Bu jarayon permanganat (Mn°4-) ionini Mn2+ ioniga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lib, bunga eritma muhiti ta’sir ko‘rsatadi. Demak, kislotali muhitda permanganat ioni (Mn°4-) Mn2+ ioniga aylanadi.
Ikkinchi probirkada:
KMn°4 + NaN02 + H20 ► Mn°2 + NaN03 + KOH
Kaliy permanganat va natriy nitrit eritmalari orasidagi reaksiya neytral muhitda olib borilganda permanganat ioni (Mn°4-) 3 ta elektron qabul qilib olib, marganes (IV) oksid (Mn°2) holigacha qaytariladi. Qaytaruvchi nitrit ioni esa, avvalgi reaksiya kabi nitrat ionigacha oksidlanadi.
KMn°4 + NaN02 + H20 ► Mn°2 + NaN03 + KOH
+3 e
2Mn04- + 4H20 + 3N°2 + 60H- ► 2Mn°2 + 80H- + 3N°3 + 3H20
2Мп°4- + H20 + 3N°2 ► 2Mn°2 + 20H- + 3№3-
2KMn°4 + 3NaN02 + H20 ► 2Mn°2 + 3NaN03 + 2K0H
Reaksiyadan ko‘rishimiz mumkinki, probirkadagi eritmaga pushti-siyohrang berib turgan permanganat ioni (Mn°4-) reaksiya tugagandan keyin marganes (IV) oksid (Mn°2)ga aylandi. Marganes (IV) oksid qoramtir-qo‘ng‘ir rangli cho‘kma bo‘lgani uchun ikkinchi probirkada qoramtir-qo‘ng‘ir cho‘kma hosil bo‘ldi. Bu jarayonga eritma muhiti ta’sir ko‘rsatadi. Demak, neytral muhitda permanganat (Mn°4-) ioni marganes (IV) oksid (Mn°2)ga aylanadi.
K
KMnO4 + NaNO2 + KOH
2MnO4 + NaNO3 + H2O
Kaliy permanganat va natriy nitrit eritmalari orasidagi reaksiya ishqoriy muhitda olib borilganda permanganat ioni (MnO4) 1 ta elektron qabul qilib olib, manganat ionigacha (MnO42-) qaytariladi. Qaytaruvchi nitrit ioni esa, avvalgi reaksiya kabi nitrat ionigacha oksidlanadi.
Reaksiyadan ko‘rishimiz mumkinki, probirkadagi eritmaga pushti- siyohrang berib turgan permanganat (MnO4) ioni reaksiya tugagandan keyin manganat (MnO42-) ioniga aylandi. Manganat (MnO42-) ioni eritmaga yashil rang bergani uchun uchinchi probirkadagi eritma yashil rangga kirdi. Bu jarayon permanganat (MnO4) ionini manganat (MnO42-) ioniga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lib, bunga eritma muhiti ta’sir ko‘rsatadi. Demak, ishqoriy muhitda permanganat (MnO4) ioni manganat (MnO42-) ioniga aylanadi.
Permanganat (MnO4) ionini oksidlovchilik xossasi eritmani muhitiga bog‘liq bo‘lib, kislotalik muhitda oksidlovchilik xossasi kuchliroq namoyon bo‘ladi va 5 ta elektron olib, +2 ionigacha qaytariladi. Neytral muhitda o‘rtacha oksidlovchilik xossasi namoyon bo‘ladi va 3 ta elektron olib, MnO2 gacha qaytariladi. Ishqoriy muhitda esa oksidlovchilik xossasi kuchsizroq namoyon bo‘ladi va 1 ta elektron olib, MnO42- ionigacha qaytariladi.VIII.Yangi mavzuni mustahkamlash: Klaster, aqliy hujum usulidan foydalanish.
IX.Uyga vazifa:
Savol va topshiriqlar:
Kaliy permanganatning sulfat kislota ishtirokidagi natriy peroksid bilan reaksiyasida 5,6 l (n.sh.) gaz ajraldi. Reaksiyada qatnashgan kaliy permanganat massasini (g) hisoblang. A) 24,2; B) 15,8; C) 62,4; D) 50,6.
Xrom (III) sulfat kaliy gidroksid ishtirokida vodorod peroksid bilan ta’sirlashganda 19,4 g kaliy xromat hosil bo‘ldi. Reaksiyada qatnashgan oksidlovchining massasini (g) hisoblang. A) 5,1; B) 13,6; С) 10,2; D) 6,8.
5% li 204 g vodorod peroksid eritmasining ishqoriy sharoitda oltin(III) xlorid bilan reaksiyasida hosil bo‘lgan oltinning massasini (g) hisoblang. A) 35,6; B) 32; С) 39,4; D) 21.
Quyidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasida 1 mol oksidlovchi bilan necha mol qaytaruvchi reaksiyaga kirishadi? К2СГ207 + FeS04 + H2S04 ►
A) 2; B) 6; С) 3; D) 12.
200 g 36,5% li xlorid kislota eritmasi kaliy permanganat bilan oksidlandi. Reaksiyada qatnashgan oksidlovchi va hosil bo‘lgan gazning miqdorini (mol) hisoblang. A) 0,2; 0,5; B) 2, 5; С) 0, 25; 0, 625; D) 39, 5; 44, 38.
P4S7 + HN03 ►H3P04 + H2S04 + N02 + H20 ushbu oksidlanish
qaytarilish reakiyasida barcha moddalar koeffitsiyentlari yig‘indisini aniqlang.
A) 153; B) 91; С) 63; D) 154.
62--DARS §. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida moddalarning ekvivalent og‘irliklarini aniqlash
Do'stlaringiz bilan baham: |