1-dars Fan : Yozuv Sana: Mavzu


O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi



Download 145,27 Kb.
bet3/10
Sana26.02.2020
Hajmi145,27 Kb.
#40930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 sinfona tili


O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

  • Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.

    Uyga vazifa 28-mashq topshiriladi. Mashqning sharti tushuntiriladi. Dars yakunlandi.
    12-dars

    Fan : Ona tili

    Sana:

    Mavzu:X va H harflari.

    1)O`quvchilarga tovushlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra 2 turga bo`linishi, undosh tovushlar va undosh harflar haqidagi bilimlarini aniqlash va mustahkamlash, undoshlarni so`z tarkibida aniqlashga o`rgatish.

    2) O`quvchilarga tabiat ne`matlarining foydasi haqida elementar tushuncha berish, ularni asrashga va parvarish qilishga odatlantirish.

    3) O‘quvchilarning yozuv ko`nikmalarini rivojlantirish, so`z boyligini o`stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o`rgatish.



    Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish

    Dars turi:Aralash.

    Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, ta`limiy o`yin

    Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

    Darsning borishi:

    1. Tashkiliy qism:

    Salomlashish.

    Navbatchi axborotini tinglash.

    O`quvchilarni darsga hozirlash.

    O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

    So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


    1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

    1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifasini tekshirish.

    Uy vazifasi parta oralab tekshiriladi. Husnixat bilan yozgan o`quvchilar baholanadi.

    O`quvchilarga “Rasmli diktant’ yozdiriladi. Barcha o`quvhilarninh imloviy xatolari to`g`irlanadi va to`gri yozish ko`nikmalari shakllantiriladi.

    Multimedia ilova asosida bosh va kichik Ll harf va harf unsurlarining yozilishi ko`rsatiladi. Gap yozishda harflarning bog`lanishi tushuntiriladi

    Ll

    Lobar lola terdi.


    1. Yangi mavzu bayoni.

    O`quvchilar bilan undosh tovushlarning talaffuzi yozilishi va o`qilishi haqida tushunchalar beriladi. So`ng X va H undoshlari o`quvchilarga talaffuz qildiriladi. Nutqimizda talaffuz qilinayotgan har bir so`zni to`gri yozish uhchun biz harflarni to`g`ri taklaffuz qilishimiz lozim. X tovushu undosh tovush bo`lib, talaffuz qilinayotganda tomoqning orqa qismidan qirilib hosil bo`ladi. X tovushi- xo`roz, xurmo, xursand, Xakim, Xolida kabi so`zlarda ishlatiladi.

    H tovushini talaffuz qilganimizda og`iz uchida yumshoq holda talaffuz qilinadi. H tovushi- hassa, hurmat, Hakim, Husan kabi so`zlarda qo`llaniladi.



    1. Mustahkamlash.

    Darslikdagi 29-mashq orqali undosh tovushlarning harf bilan ifodalanishi mustahkamlanadi. S`zlarni to`g`ri talaffuz qilib o`qing. Ko`chiring. X va h harflarining tagiga chizing.

    Xiva, Buxoro, Xorazm, mehmon, hovli, Jizzax, hammom, mehribon.

    Dam olish daqidasi o`tkaziladi.

    O`quvchilar bilan 30-mashq doskada va daftarlarida yozdiriladi.O`quvchilarga yaqinlariga xat yozish haqida tushuncha beriladi, xat yozish qoidalari o`rgatiladi.

    Assalomu alaykum, Xolida xola! Tuzalib qoldingizmi? Xat orqali sog`lig`ingizni ma`lum qiling.

    Onam sizga salom yo`llayaptilar.

    Xayr. Jiyaningiz Hakima.

    2016-yilning 28-yanvari.



    1. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

    2. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.

    Uyga vazifa 31-mashq topshiriladi. Mashqning sharti tushuntiriladi. Dars yakunlandi.

    13-dars

    Fan : Ona tili

    Sana:

    Mavzu: J harfi

    1)O`quvchilarga tovushlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra 2 turga bo`linishi, undosh tovushlar va undosh harflar haqidagi bilimlarini aniqlash va mustahkamlash, undoshlarni so`z tarkibida aniqlashga o`rgatish, j harfining ikki xil tovush anglatishini tushuntirish.

    2) O`quvchilarni Vatanga , ona yurtga mehr- muhabbat ruhida tarbiyalash.

    3) O‘quvchilarning yozuv ko`nikmalarini rivojlantirish, so`z boyligini o`stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o`rgatish.



    Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish

    Dars turi:Yangi bilim beruvchi

    Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, ta`limiy o`yin

    Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

    Darsning borishi:

    1. Tashkiliy qism:

    Salomlashish.

    Navbatchi axborotini tinglash.

    O`quvchilarni darsga hozirlash.

    O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

    So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


    1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

    1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifasini tekshirish.

    Uy vazifasi parta oralab tekshiriladi. Husnixat bilan yozgan o`quvchilar baholanadi.

    O`quvchilarga so`zlar yozilgan konvertlar ko`rsatiladi. Konvertdagi so`zlardan 1 tadan harf tushib qolgan, shu joyga x yoki h undoshini to`gri qo`yib , so`zlarni o`qiymiz.

    Konvertdagi so`zlar: Ya-malak, _ona, _ola, ta_ta, _irmon, mi_, _olva, ba_o, ja_on, _avo.

    O`quvchilardan Assalomu alaykum so`zining ma`nosi, kimlarga oldin salom berish so`raladi.

    Multimedia ilova asosida bosh va kichik Mm harf va harf unsurlarining yozilishi ko`rsatiladi. Gap yozishda harflarning bog`lanishi tushuntiriladi

    MmMehnat- mehnatning tagi rohat.


    1. Yangi mavzu bayoni.

    Doskada j harfi mavzusi va j harfi ishtirok etgan so`zlar ikki ustun shaklida yozib qo`yiladi.

    O`quvchilarga o`qitiladi.

    Jo`ja jurnal

    Jahon jirafa

    Jizza jemfer


    1. 1-ustundagi so`zlarda birinchi qaysi undosh ishtirok etgan? (j tovush)

    2. 2-ustundagi so`zlarda birinchi qaysi tovush ishtirok etgan? (j tovushi0

    3. Qaysi harf ikki tovushni ifodalaydi (j tovushi)

    4. O`quvchilar berilgan so`zlarni daftarlariga husnixat tarzida yozadilar, j harfining tagiga chizadilar.

    32-mashq. Bu mashq multimedia orqali yoki bo`lmasa kattalashtirilgan rasm asosida o`tiladi.

    “Ona tabiat” mavzusida hikoya tuzish. O`quvchilarga rasmni kuzatish, rasmdagi predmetlar nomini aytish topshirig`i beriladi.

    Ular jilg`a, jiyda, jayron, jar, jala kabi so`zlarni aytadilar. O`qituvchi savollar yordamida o`quvchilarga hikoya tuzishga yordam beradi, rasmdgi barcha detallarga etibor qaratiladi.


    • Rasmda qayer tasvirlangan?(rasmda o`rmondagi jar yoqasi tasvirlangan)

    • Tabiatning ko`rinishi sizga yoqdimi? Nima uchun?( Tabiatning ko`rinishi yoqdi. Hammayoq yam-yashil.

    • Tabiat bizga nima beradi? ( tabiat bizga hamma narsa beradi: suv, ovqat, kiyim-kechak)

    • Siz ham shunday joylrda bo`lganmisiiz?.....

    • Kim shu rasmga qarab hikoya tuza oladi?

    Shundan so`ng darslikdagi savollarga javob olinadi. O`quvchilarning tuzgan gaplari doskaga yozib boriladi va hikoya shakliga keltiriladi.

    Rasmda ona tabiat tasvirlangan. Havo ochiq. Yoqimli shabada esmoqda. Jilg`a yoqasida jiyda daraxti o`sib turibdi. Jar yon bag`rida jayron o`tlamoqda.

    1. Mustahkamlash.

    “Ortiqchasini top” o`yini. Bunda o`quvchi j harfi ishtirok etmagan so`zlarni aniqlab, ortiqcha so`z ekanligini topadi va so`z ustiga bir chiziq chizib qo`yadi.

    Jilg`a

    Maysa

    Jar

    Tosh

    Ortiqchasini top!

    Jirafa

    jayra

    Jayron

    osmon

    33-mashq sharti bilan tanishtiriladi. So`zlarni o`qib j harfining o`qilishiga e`tibor qaratiladi, so`ng ko`chirilib, j harfining tagiga chizib qo`yiladi.

    Jamol, Jir`at, jiyda, ajdar, ijro, ijozat, jiblajibon.



    1. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

    2. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.

    Uyga vazifa 34-mashq topshiriladi. Mashqning sharti tushuntiriladi. Dars yakunlandi.


    4-dars

    Fan : Ona tili

    Sana:

    Mavzu: Harf Birikmalari

    1)O`quvchilarga harf birikmalari tanishtirish, harf birikmasini hosil qilgan shakllar ajratilmasligini , bir tovush sifatida talaffuz qilinishi o`rgatish, so`zlarni grafik va imloviy to`g`ri yozish malakalarini shakllantirish.

    2) O`quvchilarni o`rtoqlik, do`stlik, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.

    3) O‘quvchilarning yozuv ko`nikmalarini rivojlantirish, so`z boyligini o`stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o`rgatish.



    Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish

    Dars turi:Yangi bilim beruvchi

    Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, ta`limiy o`yin

    Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

    Darsning borishi:

    1. Tashkiliy qism:

    Salomlashish.

    Navbatchi axborotini tinglash.

    O`quvchilarni darsga hozirlash.

    O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

    So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


    1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

    1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifasini tekshirish.

    Uy vazifasi parta oralab tekshiriladi. Husnixat bilan yozgan o`quvchilar baholanadi.

    Lug`at diktant yozdiriladi.

    O`quvchilar quyidagi so`zlarni eshitish orqali J tovushli ( jo`ja) bir ustunga, J tovushi ( jurnal) 2-ustunga yozish topshirig`i beriladi.

    I ustun: joy, jiyda, javon, jayron

    II ustun: jurnal, jirafa, ajdod, ajdar.

    Multimedia ilova asosida bosh va kichik Sh, Ch, ng harf va harf unsurlarining yozilishi ko`rsatiladi. Gap yozishda harflarning bog`lanishi tushuntiriladi



    Sh sh, Ch ch, ng

    Shirin so`yla, do`sting ko`p bo`ladi.

    1. Yangi mavzu bayoni.

    Buyuk bobomiz A.Navoiyning tug`ilgan kuni munosabati bilan unig portreti, kitoblari ko`rsatiladi. “So`zni top” ta`limiy o`yini orqaliu A. Navoiyning hikmatli so`zlari yodga olinadi. Buning uchun hikmnatli so`zlardagi bir so`z tushirib qoldiriladi va o`quvchi tushib qolgan so`zni topadi. Dars multimedia asosida yoki ko`rgazmalar asosida tashkil etiladi.

    • Oz-oz o`rganib ______ bo`lur,

    Qatra- qatra yig`ilib _____bo`lur.

    • Bilmaganin so`rab o`rgangan ____,

    Orlanib so`ramagan o`ziga ____.

    • Tilga e`tiborsiz- ______ e`tiborsiz.

    Foydalanish uchun so`zlar: dono, daryo, olim, zolim, elga.

    1. Mustahkamlash.

    Mavzuni mustahkamlash uchun darsklikdagi mashqlar bajartiriladi.

    35-mashqdagi she`r ifodali o`qitiladi. She`r nima haqida ekanligi so`ralib, harf birikmalarini topib, tagiga chizish aytiladi. She`r yoddan husnicxat asosida yoziladi.

    O`qituvchi quyidagi savol orqali harf birikmasi ishtirok etgan so`zlarni aniqlaydi:


    • Qaysi so`zda harf birikmasi bor ekan? ( shamol, chopyapsan, ishim)

    • Shamol so`zi ustida tovush-harf tahlili o`tkaziladi.

    Shamol to`rtta harf, bitta harf birikma, ikkita unli, uchta undsh bor.

    36-mashq multimedia ilova asosida tashkil etiladi.

    Mashq shartiga ko`ra o`quvchilar uchrashdilar, isming, seniki-chi, topishdi, chopishdi so`zlarini daftarlariga bo`g`inga bo`lish bilan ko`chirib yozadiladr.

    Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

    “Raqamli joylashuv” o`yini o`tkaziladi.


    1. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

    2. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.

    Uyga vazifa 37-mashq topshiriladi. Mashqning sharti tushuntiriladi. Dars yakunlandi.

    15-dars

    Fan : Ona tili

    Sana:

    Mavzu: Q va G` harflari.

    1)O`quvchilarga tovushlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra 2 turga bo`linishi, undosh tovushlar va undosh harflar haqidagi bilimlarini aniqlash va mustahkamlash, undoshlarni so`z tarkibida aniqlashga o`rgatish.

    2) O`quvchilarga tabiat ne`matlarining foydasi haqida elementar tushuncha berish, ularni asrashga va parvarish qilishga odatlantirish.

    3) O‘quvchilarning yozuv ko`nikmalarini rivojlantirish, so`z boyligini o`stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o`rgatish.



    Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish

    Dars turi:Aralash.

    Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, ta`limiy o`yin

    Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

    Darsning borishi:

    1. Tashkiliy qism:

    Salomlashish.

    Navbatchi axborotini tinglash.

    O`quvchilarni darsga hozirlash.

    O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

    So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


    1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

    1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifasini tekshirish.

    Uy vazifasi parta oralab tekshiriladi. Husnixat bilan yozgan o`quvchilar baholanadi.

    O`quvchilarga “Rasmli diktant’ yozdiriladi. Barcha o`quvhilarninh imloviy xatolari to`g`irlanadi va to`gri yozish ko`nikmalari shakllantiriladi.

    Multimedia ilova asosida bosh va kichik Nn harf va harf unsurlarining yozilishi ko`rsatiladi. Gap yozishda harflarning bog`lanishi tushuntiriladi

    Nn

    Non ham non, ushog`i ham non..


    1. Yangi mavzu bayoni.

    O`quvchilar bilan undosh tovushlarning talaffuzi yozilishi va o`qilishi haqida tushunchalar beriladi. So`ng Q va G` undoshlari o`quvchilarga talaffuz qildiriladi. Nutqimizda talaffuz qilinayotgan har bir so`zni to`gri yozish uhchun biz harflarni to`g`ri taklaffuz qilishimiz lozim. Q tovushu undosh tovush bo`lib, talaffuz qilinayotganda tomoqning orqa qismidan qirilib hosil bo`ladi. Q tovushi- qang, qandil , qurbaqa kabi so`zlarda ishlatiladi.

    G` tovushini talaffuz qilganimizda og`iz old qismida talaffuz qilinadi. G` tovushi- g`alla, G`ayrat, g`oza kabi so`zlarda qo`llaniladi.

    Ayrim holatlarda so`z oxiridagi g` tovushi q tarzida eshitiladi. ( tog`ga- toqqa, bog`ga- boqqa)


    1. Mustahkamlash.

    Darslikdagi 38-mashq orqali undosh tovushlarning harf bilan ifodalanishi mustahkamlanadi. Ko`chiring, Aytilishi va yozilishida farq qilgan undoshlarning tagiga chizing.

    Ona qarg`a

    ...Ona qarg`a nobud bo`lgan bolasi oldiga asta qo`ndi. Boshini egganicha uzoq turdi. Keyin o`zi ham yiqildi. U qaytib turmadi.

    Dam olish daqidasi o`tkaziladi.

    O`quvchilar bilan 39-mashq doskada va daftarlarida yozdiriladi.O`quvchilar bo`sh kataklarga q yoki g` harflaridan mosini qo`yib o`qiydilar va yozadilar.

    Qaymoq, qishloq, tog`, pishloq, quloq, dog`.

    Har bir so`zning ma`nosi ustida ishlanadi.


    1. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

    2. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.

    Uyga vazifa 40-mashq topshiriladi. Mashqning sharti tushuntiriladi. Dars yakunlandi.

    16-dars

    Fan : Ona tili

    Sana:

    Mavzu: Harf Birikmalari (mustahkamlash)

    1)O`quvchilarga harf birikmalari tanishtirish, harf birikmasini hosil qilgan shakllar ajratilmasligini , bir tovush sifatida talaffuz qilinishi o`rgatish, so`zlarni grafik va imloviy to`g`ri yozish malakalarini shakllantirish.

    2) O`quvchilarni o`rtoqlik, do`stlik, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.

    3) O‘quvchilarning yozuv ko`nikmalarini rivojlantirish, so`z boyligini o`stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o`rgatish.



    Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish

    Dars turi:Aralash

    Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, ta`limiy o`yin

    Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

    Darsning borishi:

    1. Tashkiliy qism:

    Salomlashish.

    Navbatchi axborotini tinglash.

    O`quvchilarni darsga hozirlash.

    O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

    So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


    1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

    1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifasini tekshirish.

    Uy vazifasi parta oralab tekshiriladi. Husnixat bilan yozgan o`quvchilar baholanadi.

    Lug`at diktant yozdiriladi.

    Shamol, chaqmoq, bodring, shaftoli, chana, tong, sharshara, achchiq, bong..

    Multimedia ilova asosida bosh va kichik Oo harf va harf unsurlarining yozilishi ko`rsatiladi. Gap yozishda harflarning bog`lanishi tushuntiriladi



    Oo

    Oltin olma, duo ol.

    1. Mustahkamlash.

    Mavzuni mustahkamlash uchun darsklikdagi mashqlar bajartiriladi.

    Harf birikmalari bo`g`in ko`chirganda bir-biridan ajratilmasligi yana bir bor eslatib o`tiladi. So`ng darslikdagi 41-mashq shartiga ko`ra bajariladi.

    Qo`lsiz, oyoqsiz eshik ochar. (shamol)

    42-mashq. Ifodali o`qing. Ajratib ko`rsatilgan so`zlarni ko`chiring. Undoshlarning tagiga chizing.

    Top, o`rtoq!

    Shu tik turgan joyingda



    Shimol-u sharq, g`arb qayoq? Top, o`rtoq!

    Oymi, quyosh yo yulduz

    Qaysi biri yaltiroq?

    Top, o`rtoq!

    Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

    “Raqamli joylashuv” o`yini o`tkaziladi.

    O`quvchilar bilan savol-javob o`tkaziladi.



    1. O`zbek tilida nechta undosh tovush bor?

    2. O`zbek alifbosida undosh tovushlarni ifodalagan nechta harf bor?

    Har bir o`quvchining javobi tinglanadi, o`qituvchi tomonidan to`ldiriladi.

    1. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

    2. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.

    Uyga vazifa 43-mashq topshiriladi. Mashqning sharti tushuntiriladi. Dars yakunlandi.
    17-dars

    Fan : Ona tili

    Sana:

    Mavzu: So`zdagi tovush va harflarni aniqlash

    1)O`quvchilarga so`zlardagi tovush va harflarni aniqlashni o`rgatish, so`zlarni grafik va imloviy to`g`ri yozish malakalarini shakllantirish.

    2) O`quvchilarni o`rtoqlik, do`stlik, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.

    3) O‘quvchilarning yozuv ko`nikmalarini rivojlantirish, so`z boyligini o`stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o`rgatish.



    Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish

    Dars turi:Aralash

    Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, ta`limiy o`yin

    Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

    Darsning borishi:

    1. Tashkiliy qism:

    Salomlashish.

    Navbatchi axborotini tinglash.

    O`quvchilarni darsga hozirlash.

    O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

    So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


    1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

    1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifasini tekshirish.

    Uy vazifasi parta oralab tekshiriladi. Husnixat bilan yozgan o`quvchilar baholanadi.

    Rasmli diktant yozdiriladi.

    Multimedia ilova asosida bosh va kichik Oo harf va harf unsurlarining yozilishi ko`rsatiladi. Gap yozishda harflarning bog`lanishi tushuntiriladi

    Pp

    Po`lat pilla terdi.


    1. Mustahkamlash.

    Mavzuni mustahkamlash uchun darsklikdagi mashqlar bajartiriladi.

    Har bir so`zdagi harf va tivushlarni aniqlash uchun avval harflarning va tovushlarning hususiyatlari haqida eslatib o`tiladi.

    Harflarni ko`ramiz, yozamiz, o`qiymiz. Tovushlarni talaffuz qilamiz va eshitamiz.

    Buning uchun “O`zingni sina” o`yini o`ynatiladi.

    O`quvchilar xohlagan rasmlaridan birini tanlab oladi. Bu rasmdagi so`zni talaffuz qiladi va to`g`ri yozishga harakat qiladi. So`zni yozgandan song, unda nechta harf va nechta tovush bo`rligi tovush-harf tahlili o`tkaziladi. Masalan: Quyosh- 5 ta tovush, 4 ta harf , 1 ta harf birikma, 2 ta unli harf.

    So`ng darslikdagi 44-mashq shartiga ko`ra bajariladi.

    Tug-tuk, yod-yot, qarz-qars, tub-tup.

    Har bir so`zning ma`nosi va harf o`zgarishi bilan ma`no o`zgarishi o`quvchilarga tushuntiriladi. So`ng aytilishi va yozilishida o`zgarib turadigan harflarni ko`rsatib tushuntiriladi.

    B -D, D - T, G -K, Z - S.

    45-mashq bajariladi.Harflarni to`gri yozish uchun so`z oxiriga uli harf qo`yib o`qish kifoya.

    Choyshab- choyshabi, hizob- hisobi, rubob-rubobi, Umid-Umida, Ozod- Ozoda, Xurshid-Xurshida.

    “Raqamli joylashuv” o`yini o`tkaziladi.



    1. Download 145,27 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish