Yo’qotishli (lossy) - JPG tasvirni har safar grafik muharrirda qayta saqlaganingizda tasvir asliga qaraganda ozgina o’zgaradi. Ya’ni, JPG siqish algoritmida tasvirni har safar qayta saqlaganingizda tasvirdagi ma’lumot ozgina yo’qotiladi. Grafik formatlarda bu narsa “yo’qotishli” (lossy) nomi bilan ma’lum. Tasvir uchun o’ta yuqori aniqlik talab etilmagan, uni ko’p martta tahrir qilish ko’zda tutilmagan hollarda bemalol tasvirni JPG formatida saqlasangiz bo’ladi. Aks hollarda tasvirni yo’qotishli bo’lmagan boshqa formatda master nusxasi olib qo’yish tavsiya etiladi.
JPG formati uchun muharrirlarda progressiv opsiyasi mavjud bo’lib, bu opsiya bilan saqlangan tasvir brauzerda bosqichma-bosqich aniqlikda yo’qlanadi. Ya’ni, tasvir avval noaniq ko’rinishda yo’qlanib, keyin tasvir aniqlashib asl ko’rinishga ega bo’lib boradi. Bunday opsiya tezligi past internetlarda tasvir hali to’liq yo’qlanib bo’lmasidanoq foydalanuvchiga tasvir haqida tushuncha beradi. JPG tasvir uchun bu opsiya tanlanganda fayl hajmi bir o’zi ortadi.
3
Do'stlaringiz bilan baham: |