Frans Kafka hayoti va ijodi
XX asr adabiyoti taraqqiyotini yangi yo‘nalishga solib yuborgan, inson va unung umriga o‘zgacha munosabatni qaror toptirgan Frans Kafka dunyodagi eng g‘aroyib va tushunarsiz taqdir egasi bo‘lgan ijodkordir. Millatiga ko‘ra juhud, tug‘ilgan yiliga ko‘ra nemis, tayangan madaniy an’analariga ko‘ra avstriyalik bo‘lgan yozuvchi o‘zida mutlaqo kelishtirib bo‘lmaydigan qarama-qarshilik, chigalliklarni jamlagan odam edi. Kafkaning asarlari inson tafakkurini o‘zgartirib yubordi, uning adabiyot haqidagi tasavvurini yangiladi, odamga o‘zgacha estetik nuqtai nazardan qarash mumkin ekanligini isbotladi. Uning asarlari kishilarga Botishdan oftob chiqqanini ko‘rishday ta’sir qiladi. F.Kafkaning ijodiy taqdiri ham shaxsiy hayotiga o‘xshash chigal edi. Undan uch roman qolgan bo‘lib, uchalasi ham tugallanmagan edi, uchovi ham adibning o‘limidan keyin chop etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |