DEPUTATLIK MUROJAATI
Ushbu orqali sizga shuni ma’lum qilamizki, menga Quyi Karnon MFYda yashovchi saylovchim, fuqaro Akbarova Zahro (91-179-73-78) murojaat qilib, o’zining oilaviy sharoitidan kelib chiqib, xalq deputatlari Chust tuman Kengashi qarori asosida “Temir daftar”ga kiritilganligi, ushbu fuqaroning bandligini taa’minlash va daromadini yo’lga qo’yish maqsadida yashash uyiga issiqxona qurib berilganligini, fuqaroning o’ziga ushbu issiqxona mutlaqo bepulligi va davlat tomonidan subsidiya asosida qurib berilgani aytilgan bo’lsada hozirda Agrobank Chust tuman fillialidan fuqaroga kredit rasmiylashtirilgani hamda kreditni to’lash borasida talab qo’yilayotganini aytmoqda. Fuqaro bilan suhbat jarayonida fuqaro tomonidan Agrobank Chust fillialiga kredit olish maqsadida hech qanday murojaat qilmaganligini, uning nomidan kimdir soxta hujjatlar tayyorlab fuqaroning nomiga bank krediti rasmiylashtirganini bildirmoqda. Hozirda fuqaro issiqxona qurib berilganligi va daromadini yo’lga qo’yganligi vaji bilan “Temir daftar”dan chiqarilgan.
Sizdan hujjatlarni soxtalashtirish va fuqaroning nomiga o’zidan ruhsatsiz kredit olish bilan bog’liq ushbu holat yuzasidan surishtiruv o’tkazishingizni va ushbu fuqaroning buzilgan huquqlarini tiklab, javobgarlarga qonuniy chora ko’rilishini ta’minlashingizni so’rayman.
Sizga chuqur hurmat bilan,
Xalq deputatlari Chust tuman Kengashi deputati S. Axatjonov
18. 11.2021.
Ijrochi: Sh.Aliyev. Tel: 93- 266-03-00. Manzil: Charog’on ko’cha 1-uy
XALQ DEPUTATLARI CHUST TUMAN KENGASHI Chust shahri Charog’on k’cha 1-uy, tel: 99899-788-24-44
___________________________________________________________№ 3 Chust tuman FHDYO 16. 05. 2022 mudirasi D.Inomjonovaga
DEPUTATLIK MUROJAATI
14.05.2022-yil sanasida 16-Karnon saylov okrugida o’tkazilgan saylovchilar bilan uchrashuvda Chust tuman Yuqori Karnon MFY fuqarosi R.Ilyasov tomonidan jiyani, O’zbekiston Respublikasi fuqarosi Chindirova Dilnoza Jumanovnaning Qirg’iziston Respublikasi Bishkek shahrida 3 nafar farzandi bilan hech qanday shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz qolib ketgani va vataniga qaytishda juda katta qiyinchilikka uchrayotganligi, uning vataniga qaytishi uchun tug’ilganlik guvohnomasi nusxasi yoki uning ko’chirmasi kerakligi, ammo ushbu nusxa yoki ko’chirmadan nusxa ololmayotganligi hamda ushbu tug’ilganlik guvohnomasi yoki ko’chirmasini olishda amaliy yordam so’ralgan murojaat kelib tushdi.
Bugun mamlakatimiz siyosati har tomonlama o’z fuqarolarini qo’llab-quvvatlash, himoya va g’amxo’rlik qilish, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarni har tomonlama muhofa qilishdek fuqaroparvar yo’nalishda ketayotgan bir vaqtda 3 nafar voyaga yetmagan farzandi bilan yolg’iz ayolning o’zga yurtda qolib ketishi mutlaqo maqsadga muvofiq emas deb o’ylayman.
Zero, bosh qomusimiz hisoblanmish mamlakat konstitutsiyasida ham davlat, uning tashkilotlari va mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolarning oldida mas’ulligi belgilab qo’yilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ushbu fuqaroning tug’ilganlik haqidagi guvohnomasidan nusxa yoki ko’chirma berishingizni so’rayman.
Ushbu so’rovga jiddiy e’tibor qaratib, javobini deputat so’rovini olgan kuningizdan boshlab 10 kun muddatda taqdim etishingizni so’raymiz! Aks holda sizning beparvoligingiz O’zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to’g’risida”gi Kodeksining 193 va 283-moddalari tartibida javobgarlikka tortilishingizga asos bo’ladi.
Xalq deputatlari Chust tuman Kengashi deputati S. Axatjonov
16. 05. 2022
Ijrochi: SH.Aliyev Tel: 69-428-10-02
Do'stlaringiz bilan baham: |