#include,
#include #include #include #include va boshqalar
Makrolar (#define) – dastur bajarilishi davomida o’zgaruvchi ko’rsatilgan qiymatni qabul qilishi uchun (const). Unda makroning nomi va qiymati ko’rsatiladi.
3.C++ tilida shartsiz o’tish operatori. Dasturda shunday holatlar bo’ladiki, operatorlarning bajarilishiga qarab dasturning u yoki bu qismiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bajarishni uzatish ehtiyoji tug‘iladi. Bunday holatlarda shartsiz o‘tish operatoridan foydalanish mumkin.
C++ tilida shartsiz o‘tish operatorining sintsksisi quyidagicha:
Goto <nishon>;
Bu yerda - belgi(metka) bo‘lib identifikator bo‘lishi mumkin. Goto - o‘tish ma’nosini bildiradi.
C++ tillarida e’lon qilingan nishonlar qayerda e’lon qilinishiga qarab faqat e’lon qilingan (funksiya, qism dastur) sohada ko‘rinadi.
Goto operatorida qo‘llaniladigan identifikatorlar C++ tilida Delphidagi kabi e’lon qilinmaydi.
Shuni ta’kidlash lozimki C++ tilida dastur tuzish jarayonidagi ayrim hollarda goto operatoridan foydalanib «sakrab o‘tishi» hisobiga xatoliklar yuzaga kelishi mumkin.
4.C++ tilida malumotlarni standart oqimlarda chiqarish va o’qish. C++da oddiy matnni ekranga chiqaruvchi dasturni ko'rib chiqamiz Misol: Matnni ekranga chiqaruvchi dastur
#include int main () {cout<<"ekranga ma'lumot chiqarish uchun"; system ("Pause"); return 0; } Har bir satrni o'rganib chiqamiz: // - satrlar izoh hisoblanadi. Malakali dasturchilar har qanday dastur muallif, dasturning tuzilish sanasi va maqsadini ifodalovchi izoh bilan boshlanishini maslahat berishadi #include - satrlar bo'sh satrlar hisoblanadi. Bosh satrlar dastur qismlarini bir - biridan ajratib qo'yish uchun ishlatiladi. Dastur qismlarining bir - biridan ajralib turishi, dastur o'qilishini osonlashtiradi. inputoutput - satrda, klaviaturadan ma'lumotlarni kiritish va ekranga chiqarish uchun sarlavha fayli dasturga qo'shilyapti. Bu satr klaviatura orqali ma'lumot kirituvchi va ekranga nimadir chiqaruvchi har qanday dasturda bo'lishi shart. Aks xolda xato sodir bo'ladi. Agar sizning kompilyatoringiz eski bo'lsa, unda yozishingiz lozim bo'ladi. "// ekranga ma'lumot chiqarish uchun" yozuvi bir satrli izoh hisoblanadi. int main() - satrda butun toifadagi qiymat qaytaruvchi main funksiyasi berilgan. int xizmatchi so'zi butun toifadagi ma'lumotlarni e'lon qilishi uchun ishlatiladi. { - satrdagi ochuvchi figurali
{ funksiya tanasining boshlanganini bildiradi.
} - satrdagi yopuvchi figurali
} funksiya tanasining tugaganini bildiradi.
cout - satrda cout << orqali ma'lumotlar ekranga chiqariladi.
Qo'shtirnoq ( "_" ) orasida yozilgan ma'lumotlar satr deyiladi. Qo'shtirnoq orasida nima yozilsa, hech qanday o'zgarishsiz ekranga chiqariladi. ;
- satr oxiridagi nuqtali vergul ( ; ) cout operatori tugallanganligini bildiradi. ;
operatorlarni bir - biridan ajratish uchun xizmat qiladi. Ya'ni operator tugallanganligini bildiradi. ; - satrdagi kabi preprotsessor amalidan keyin ; qo'yilmaydi. satrdagi return xizmatchi so'zi orqali funksiya 0 qiymat qaytaradi va dastur muvoffaqiyatli yakunlanadi. O'zgaruvchilarni e'lon qilish. Dasturda ishlatilgan barcha o'zgaruvchilarni qaysi toifaga tegishli ekanligini e'lon qilish kerak. Ma'lulotlarni e'lon qilishning umumiy ko'rinishi quyidagicha: toifa_nomi o'zgaruvchi; Agar bir nechta o'zgaruvchi bir toifaga mansub bo'lsa, ularni vergul bilan ajratib berish mumkin.