1. Byudjet tashkilotlari haqida tushuncha, ular xo„jalik-moliyaviy faoliyatining o`ziga xos xususiyatlari


Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag`lari, manbalari va ishlatish yo`nalishlari



Download 0,59 Mb.
bet5/5
Sana12.07.2022
Hajmi0,59 Mb.
#780551
1   2   3   4   5
Bog'liq
BYUDJET TASHKILOTLARI XARAJATLARINI

4. Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag`lari, manbalari va ishlatish yo`nalishlari
Byudjet tashkilotlari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999- yil 3-sentyabrdagi
―Byudjet tashkilotlarini mablag` bilan ta‘minlash tartibini takomillashtirish to`g`risidagi 414-sonli Qaror72 bilan belgilab berilgan byudjetdan tashqari mablag`larga ham ega bo`lishi mumkin. Ushbu qarorga asosan, yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan byudjet tashkilotlari quyidagi byudjetdan tashqari mablag`larni jalb qilish va o`zining daromadlarini kengaytirish huquqiga ega:
faoliyat turi bo‗yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va
sotishdan olingan daromadlar;
byudjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolar va
davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishdan tushumlar;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan byudjet tashkilotlariga homiylik
(beg`araz) yordami berilishidan olinadigan qo`shimcha daromadlar.
Ushbu manbalardan qo`shimcha daromad olayotgan byudjet tashkilotlari 2000- yil 1-yanvardan boshlab 2023-yil 1-yanvargacha73 davlat byudjetiga undiriladigan soliqlar, Respublika yo`l jamg‗armasiga yig`imlar va davlat maqsadli jamg`armalariga majburiy ajratmalardan ozod qilingan (bu davr ichida ko‗rsatilgan muddat hukumatning tegishli qarorlari bilan bir necha marotaba uzaytirilgan), bo`shab qolgan mablag`lar byudjet tashkilotining moddiy-texnika va ijtimoiy bazasini mustahkamlash, shuningdek, xodimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy rag‗batlantirishga maqsadli yo`naltiriladi.
Byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari mablag`lar hisobidan Byudjet
tashkilotini rivojlantirish jamg‗armasini shakllantiradilar. Ushbu jamg‗arma quyidagi daromadlar va tushumlardan shakllantiriladi:
hisobot choragining so‗nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo‗yicha
tejalgan mablag`lar(kapital qo‗yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan
mablag`lar bundan mustasno);
faoliyat ixtisosligi bo‗yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya
qilishdan olingan daromadlar;
byudjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan
mablag`larning bir qismi;
belgilangan tartibda byudjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan
mablag`lar;
homiylikdan olingan mablag`lar.
O‗z navbatida, Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‗armasi mablag`lari
quyidagi yo‗nalishlarda ishlatilishi mumkin:
avvalovaqtinchamehnatgalayoqatsizlikbo‗yichanafaqalarnivamavjudkreditor
likqarzlarnito‗lashga;
byudjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlariga;
ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‗batlantirish tadbirlariga.
Byudjet tashkilotida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‗yicha to‗lanmagan
nafaqalar bo‗yicha muddati o‗tkazib yuborilgan kreditor qarzdorlik mavjud bo‗lsa,
Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‗armasi mablag`lari hisobidan tejab qolingan
byudjet mablag`lari doirasida ushbu qarzlarni to‗lashga (ishlar, xizmatlar, tovarlar
ishlab chiqarish va sotish bo‗yicha jami xarajatlar o‗rni qoplangandan so‗ng)
sarflanadi. Agar kreditor qarzdorlik byudjet tashkilotining xarajatlari vaqtincha
yetarli miqdorda mablag` bilan ta‘minlanmaganligi munosabati bilan paydo bo‗lgan
taqdirda, kreditor qarzdorlikning Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‗armasi
hisobiga to‗langan miqdori joriy moliya yiliga belgilangan xarajatlar limiti doirasida
byudjetdan qoplanadi.
Byudjet tashkilotida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‗yicha to‗lanmagan
nafaqalar va kreditorlik qarz mavjud bo‗lmasa yoxud ushbu qarzlar to‗langan
taqdirda, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish bo‗yicha jami
xarajatlarning o‗rni to‗ldirilgandan keyin Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‗armasining qolgan mablag`lari (homiylik yordami, beg‗araz yordam miqdori bundan
mustasno):
tushgan barcha mablag`larning kamida 75 foizi moddiy-texnika bazani
mustahkamlashga;
ko‗pi bilan 25 foizi byudjet tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish
va moddiy rag‗batlantirish tadbirlarig
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan byudjet tashkilotiga ko‗rsatilgan
homiylik mablag`larining barcha summasi, agar homiy bilan maxsus holda
kelishilmagan bo‗lsa, byudjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga sarflanadi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1275-
sonli Qarorining 25-bandiga muvofiq, 2010-yildan boshlab vazirlik va idoralarning,
byudjet tashkilotlarining barcha byudjetdan tashqari jamg‗armalari mablag`larini
davlat byudjetining g‗azna ijrosi mexanizmi bilan qamrab olish amalga oshiriladi.
Bunda, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag`lari bo‗yicha bank
hisobvaraqlari yopilib, G‗aznachilikda tegishli shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi.
Byudjet tashkilotlarining davlat byudjetining g‗azna ijrosi bilan qamrab olingan byudjetdan tashqari mablag`lari quyidagilardan iborat:
Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‗armasi;
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari
Pensiya jamg‗armasining ijtimoiy nafaqalarni to‗lash uchun mablag`lari;
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‗batlantirish va rivojlantirish jamg‗armasi;
o‗tgan yillar debitorlik qarzlarining tushgan summasi;
maktabgacha ta‘lim muassasalarida bolalar ta‘minoti uchun ota-onalardan
tushumlar;
maktabdan tashqari muassasalarda(musiqa va san‘at maktablari)bolalar
ta‘minoti uchun ota-onalardan tushumlar;
xodimlardan, ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi bo‗yicha hisob-kitoblardan tushadigan tushumlar;
maktab-internatlar va litseylarda bolalarning ta‘minoti uchun ota-onalardan
tushumlar;
ta‘lim muassasalarida o‗qishdan tushadigan mablag`lar;
vazirlik va idoralarning ajratmalar hisobiga shakllanadigan byudjetdan
tashqari jamg‗armalari;
umumta‘lim muassasalarida darsliklar ijarasi to‗lovidan tushgan byudjetdan
tashqari mablag`lar;
kapital qo‗yilma mablag`lari bo‗yicha depozitlar;
turg‗un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlardan
o vqatlanish uchun undiriladigan to‗lovlar.





Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish