I guruh – Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‗lovlar (stipendiyalar va
boshqalar);
IIguruh – Ish beruvchilarning ajratmalari (Ish haqiga ustamalar);
III guruh – Kapital qo‗yilmalar;
IV guruh – Boshqa xarajatlar.
Xarajatlarni moliyalashtirish (to‗lash) byudjet ijrosi jarayonida xarajatlar
ro‗yxati va smetasiga kiritiladigan o‗zgartirishlarni hisobga olgan holda tegishli yil uchun tasdiqlangan byudjet parametrlari hamda byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga muvofiq tuzilgan byudjet xarajatlarining choraklar bo‗yicha taqsimlangan yillik ro‗yxatiga binoan amalga oshiriladi.
I guruh – Ish haqi va unga tenglashtirilgan to„lovlarga quyidagi xarajat turlari kiradi:
Umuman olganda, byudjet tashkilotlari xodimlari ish xaqini hisoblashda ular
mehnatiga haq to‗lashning Yagona Tarif Setkasi (YaTS) qo‗llaniladi.
YaTSO‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o‗rnatiladi. U 22
tarazryaddanvaharbirrazraduchuno‗rnatilgantegishlitarifkoeffitsientlaridaniborat.
YagonaTarifSetkasiqonunano‗rnatilganengkamishhaqimiqdorigaasoslanadivabyudjettashkilotlarixodimlarilavozimokladlarinianiqlashuchunqo‗llaniladi.
Ayrim tarmoqlar uchun esa mehnatga haq to‗lashning tarmoq setkasi qo‗llaniladi.
Masalan, oliy ta‘lim, xalq ta‘limi muassasalari, sog‗liqni saqlash davlat tashkilotlari uchun ular xodimlari mehnatining xususiyatidan kelib chiqqan holda haq to‗lashning tarmoq setkalari ishlab chiqilgan.
II guruh – “Ish haqiga ustamalar” (Ish beruvchilarning ajratmalari):
Bu guruhda mehnat haqi fondiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan yagona
ijtimoiy to‗lov summasi aks ettiriladi. Xarajatlar hisoblab chiqilgan mehnat haqi
fondi summasiga nisbatan o‗rnatilgan foizlarda hisoblanadi.
III guruh –Kapital qo„yilmalar” guruhi bo‗yicha xarajatlar Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro‗yxatlarga muvofiq alohida tarzda rejalashtiriladi. Bu xarajatlar alohida byudjet tashkilotining smetasida rejalashtirilmaydi.
IV guruh – “Boshqa xarajatlar” tarkibiga quyidagi xarajat turlari va ularga
mos xarajat kodlari kiradi:
– ―Xizmat safar xarajatlari‖;
―Kommunal xizmatlarni to‗lash xarajatlari‖;
–Telefon, telekommunikatsion va axborot xizmatlari xarajatlari‖;
–Joriy ta‘mirlash xarajatlari‖;
– ―Saqlash, ekspluatatsion xarajatlar va boshqa xizmatlarni to‗lash xarajatlari‖;
―Texnika, uskunalar, joriy maqsadlardagi boshqa buyumlar va oziq-ovqat
mahsulotlarini sotib olish xarajatlari‖;
―Boshqa joriy xarajatlar‖.
IV guruh moddalari bo‗yicha xarajatlarni rejalashtirish va hisob-kitob
qilishning eng umumiy bo‗lgan o„ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
– amaldagi narxlar va tariflar asosida hisoblab chiqariladi;
– natural shaklda ajratilgan limitlar asosida aniqlanadi;
– hisoblagichlarning ko‗rsatkichlari bo‗yicha o‗tgan yildagi haqiqiy xarajatlar
inobatga olinadi;
– har bir birlik uchun o‗rnatilgan xarajat me‘yorlariga rioya etiladi;
– energo-yoqilg‗i va boshqa resurslarni iqtisod qilish rejimiga rioya etiladi.
Xulosa qilib aytganda, keyingi yillarda byudjet amaliyotidagi o‗zgarishlar,
―Davlat byudjetining g‗azna ijrosi to‗g‗risida‖gi Qonunning qabul qilinishi va
byudjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish mexanizmining o`zgarishi
munosabati bilan amaldagi 414-son Qarorga 2007 yil 19 iyul 148-son Vazirlar
Mahkamasining Qarori bilan qator o`zgartirishlar kiritilishi, 2007-son
―Davlat byudjetining g`azna ijrosi Qoidalari‖ning qabul qilinishi, 2157-son
―O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko`rib chiqish, tasdiqlash va ro`yxatdan o`tkazish tartibi to`g`risida
Nizom‖ning kuchga kirishi, 2013 yilda O`zbekiston Respublikasi Byudjet
Kodeksining qabul qilinishi bilan byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va
to`lovlarini amalga oshirish tartiblari tubdan o`zgardi. Ushbu hujjatlarga muvofiq,
g`azna ijrosiga o`tgan byudjet tashkilotlari xarajatlari Moliya vazirligi G`aznachiligi va uning hududiy bo`linmalari tomonidan yagona g‗azna hisob raqamidan, shuningdek, smetada ko`rsatilgan xarajatlar guruhlarining har bir moddasi bo`yicha g`aznachilik hisob raqamidan amalga oshiriladi. Bu tadbirlar byudjet tashkilotlari xarajatlarini to`g`ri va oqilona rejalashtirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish, mablag`larni iqtisod qilish, byudjetdan tashqari mablag`larni jalb qilishga yangicha talablarni qo`ymoqdaki, ushbu talablar byudjetdan moliyalashtirish, byudjet tashkilotlarida moliyaviy rejalashtirish va xarajatlar smetasini tuzish va ijro etish jarayonlarini chuqurroq o`rganishni talab etadi.