7-variant
1. Buyuk ipak yoʻliga bagʻishlangan ilmiy tadqiqotlar.
2. Buyuk ipak yoʻlining ilmiy oʻrganilishining boshlanishi.
3. Buyuk ipak yoʻlida gʻarbiy Yevropa olimlarining ishlari
Javoblar.
1. Buyuk ipak yo'lining ayrim tarmoqlari, tarixiy davrlardagi o'rni va roli to'g'risida Sovet davrida ham tadqiqotlar to’xtamadi. Bu sohada A.R. Muhammadjonov (Karavanniye puti mejdu Rossii i Buxaroy. T.Fan-1963 g.).T.Nigmatov Iz istorii russko-xivinskix vzaimootnosheniy (20-50 -x gg. XIX 6; T.Uzbekistan-1959 g.). V.A. Shishkin (O’rta Osiyo xaiqlarining Xitoy xalqi bilan qadimgi madaniy aloqalari, T-1959 yil); A.Yu. Yakubovskiy (Feodalnoye obshestvo Sredney Azii i yego torgovlya s Vostochnoy Yevropoy v X-XV vv. M-1932 g.) N.B.Bankova (Rol v Sredney Azii russko-indiyskix torgovix svyazey (pervaya polovina XVI v. - polov. XVIII v. T. Fan-1964 g; Rossiya bilan Sharq o'rtasida iqtisodiy aloqalar tarixidan, T.Fan-1964 yil). I. Nizamutdinov (Hindiston va O'rta Osiyo aloqalariga oid o'nlab tadqiqotlari); E.Shefer (Zolotiye persiki Samarkanda, M. Nauka 1987). Ye.l.Lubo, Lesnichenko (Velikiy shelkoviy put //"Voprosi istorii" , M; 1985 g; №9) kabi o'nlab mualliflarni sanab o'tish mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Milliy mustaqilligi arafasida va istiqlol yillarida o'zbekistonlik olimlar Buyuk ipak yo'li masalasiga bag'ishlab, ko'pgina maqola va kitoblar e'lon qildilar. Jumladan, akademik olimlardan A.Asqarov va F. Buryakov ("O rabote uzbekskogo otryada ekspeditsii YUNESKO v shelkovomu puti. // «Obshestvenniye nauki v Uzbekistane», 1991 g: №6; str 46-64). Iqtisodchi professor N. To'xliyev ("Osiyo va bozor" T.Fan-1992 yil); akademik E.Rtveladze (Velikiy shelkovoy put: ensiklopedicheskiy spravochnik: drevnosti i ranneye srednevekove; T-1999 god.)
Professor I.M. Jabborov ("Buyuk ipak yo'li", Guliston" -1993 yil, №3, 3-7 bcllar); Abdulhamid Abdurasul o'g'li (Buyuk ipak yo'li, "Muloqot": 1994 yil, №7, 54-57 betlar) kabilarning kitob va maqolalarini sanab o'tish mumkin.
Yuqoridagi mualliflaming asarlarida Turon ipak yo'lining paydo bo'lishi tarmoqlari, alohida olingan mamlakatlarning savdo-sotig'i mavqei, buyuk ipak yo'lidagi qad ko'targan shaharlar, o'zaro diniy va madaniyatlararo la'sir kabi masalalarga to'xtab, o'tiladi.
Ta'kidlash joizki, 1987 yilda BMTning fan, adabiyot. san'at bo'limi YUNESKO doirasida "Ipak yo'li - muloqol yo'li" nomli xalqaro dastur ishlab chiqildi. Ushbu dastur doirasida 1987-1998 yillarda 11 ta ekspeditsiya uyushlirildi. Jumladan, "Marko Polo izidan" (1987 yil. iyun- avgust, Istanbul-Pckin), "Dengiz ekspeditsiyasi" (1990 yil 23 oktyabr. 1991 yil 23 fevral) "Markaziy Osiyo respublikalari bo’ylab" (1991 yil, yozi). "Ko'chmanchi madaniyat izlari bo'ylab ekspeditsiya" (1992 yil iyun-avgust. Mo'g'uliston), "Yevropaning ipak yo'li" (1995 yil. Istanbul- Lion) kabi ekspeditsiyalarning materiallari chop etildi.
1990 yillarda Buyuk ipak yo'lini o'rganishga qaratilgan xalqaro ilmiy anjumanlar o'tkazildi. Ushbu anjumanlarda Buyuk ipak yo'lining tarixi, buguni, kclajagi haqida ilmiy xulosalar berildi, o'nlab taklif va mulohazalar ishlab chiqildi.
"Qadimgi va O'rta asrlarda Markaziy Osiyoda buyuk ipak yo'li tarmoqlarining shakllanishi va rivojlanishi" (1990 yil. oktyabr. Samarqand) "Ipak yo'lida joylashgan davlatlarning eposi" (1993 yil, 3-7 iyun, Finlyandiya) "Buyuk ipak yo'lida til va yozuvlar" (1994 yil, 30 sentyabr-1 oktyabr. kipr). «Ipak yo'lining uyg'onishi: madaniy sayohat va O'zbekistonda an'analarning uyg'onishi» (1996 yil, 21-22-fevral. Buxoro) kabi ilmiy anjumanlarning materiallari to'plam sifatida chop etildi. Salmoqli maqola va tadqiqotlar respublika davriy matbuoti orqali jamoatchilikka yetkazildi.
Bir qator mamlakatlarda Buyuk ipak yo'lini o'rganadigan maxsus ilmiy markaz va institutlar ochildi. (Ularda xizmat qilayotgan ilmiy xodimlar ko'p tomlik Buyuk ipak yo'li tarixini yaratish yo'lida ter to'kmoqdalar. Birinchi maxsus institut 1970-yillardayoq Yaponiyada tashkil etilgandi. Hozir, Hindiston, Xitoy, Shri - Lanka, O'zbekiston (Samarqandda) kabi davlatlarda ham shunday nomdagi institutlar faoliyat olib bormoqda. Yaponiyaning Kamakura shahridagi maxsus oliygoh «Buyuk ipak yo'lining arxeologiyasi va san'ati» nomli jurnal chop etadi. Ushbu jurnal yer yuzining turli mamlakatlari olimlari tomnnidan yuborilgan sara maqolalarni o'z sahifalarida e’lon qiladi va u bir yilda 4 marta chop etiladi.
2. Insoniyat tarixida va yuzlab xalqlar hayotida muhim o'rin tutgan Buyuk ipak yo'lini o'rganish. bu xalqaro savdo-sotiq yo'li haqida tadqiqotlar olib borish xorijda ham, ona yurtimiz O'zbekistonda ham qiziqish uyg'otib kelgan.
Zamonamiz olimlarining fikriga ko'ra, Buyuk ipak yo'li ushbu tarmoqlar bo'ylab yurigan savdogar, elchi, ayg'oqchi, olim, quvg'in va sayyohlami ham birdek qiziqtirgan.
Ulug' vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy X asrdayoq O'rta Osiyo, Hindiston va Xitoyni bog'lovchi savdo yo'llari ularda qad ko'targan tarixiy shaharlar tavsifi haqida. «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston» nomli asarlarida ma'lumot bcrib o'tgandi.
Venetsiyalik savdogar Marko Polo (XIV asr. Italiya) Sharq mamlakatlari bo'ylab Xitoyga savdo yo'llari orqali yetib borgan. Xitoy imperatorining saroyida tabib bo'lgan M.Polo o'zining «Marko Polo kitobi»da, «Paxtayo'li», «Ipak yo'li», «Oyna yo'li» kabi atamalarni qo'llagan.
XVI-XVIII asrlarda bu yo'llardan lurli maqsadlarda otgan kishilar o'z xotiralari va esdaliklarida savdo-sotiq ahamiyati to'g'risida ko p bor to'xtalib o'tadilar. Biroq Buyuk ipak yo'lini jiddiy tadqiq qilish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlanib. birinchi tadqiqotchi sifatida asli venger, lekin ingliz arxeologi va sharqshunosi sifatida tanilgan Aurel Steyn (1862-1943) nomi bilan bog'liqdir. U Taklamakon, Tarain vohasi, Xo'tan, Turfan, Dunxuanni bir-biri bilan bog'lovchi savdo yo'llarining tarmoqlarini 1906-1909 yillarda kashf etdi. Ushbu tadqiqoti bilan jahonga mashhur bo'lgan A.Steyn Dunxuandan «Ming budda» g'orlarini o'rganib, IV-XI asrlarda Xitoy, Hindiston, O'rta Osiyo madaniy ta'sirini aks ettiruvchi osori-atiqalarni 1907 yilda Buyuk Britaniya muzeyiga topshirdi. Uning tadqiqotlarida VII-X asrlarda ipak to p holatida tashilgani, Xan davrida ipak matolar eni -0.5 metr, uzunligi 9 metr bo'lganligi, Dunxuanda ipak tayyorlanadigan joy, uning o'lchami, og'irligi, bir to p ipak narxi, ipak parchalarining sifati bilan bog'liq qiziqarli ma lumotlar uchraydi.
3. Ingliz, nemis, fransuzlar o'zlarining mustamlakachilik siyosati bilan bogliq maqsadlarini amalga oshirish yo'lida sayyoh va savdogarlardan foydalandilar. Bu yollardan yurishlar maqsadi o'zgacha bo'lsada, lekin ular olim va ziyoli kishilar edi. Jumladan, 1860-yilda inglizlar topshirig'i bilan Qoraqum orqali asli hindistonlik Muhammad ibn Hamid yo'lga chiqqan. U Taklamakon vohasini tekshirih, qum ostida qolgan bir qator shaharlar qatnov yo'li haqida ma'lumot to'playdi.
Yoki mojar olimi va sayyohi Herman Vamberi ham savdo karvonlariga qo'shilib Buxoro amirligi xududiga kirib kelgandi. U Mashhadda (Eron) ingliz vakolatxonasi a'zolari Alison va Tomsonlardan ko'rsalma olgan. Amir Muzaffar o'z qabulida bo'lgan H. Vamberiga choloq oyoq bilan qanday Buxoroga yetib keldingiz? qabilidagi kesatiq savolni beradi. Aql-idrokli H. Vamberi ushbu savolga javob bera turib: Sizning yurtdoshingiz, «Xorazni faxri», «arablar va g'ayriarablar ustozi» deb nom olgan Zamaxshariy cho'loq oyoq bilan butun musulmon davlatlarini kezib chiqib, mashhurlik rutbasiga erishgan. Sohibqiron Amir Tenuir cho'loq oyog i bilan yer yuzining yarmini zabt etgan», degan dalillarni keltiradi. Amir Muzaffar uni ikki marta aql-idrokiga qoyil qolib, ton va sarupolar bilan siylashdan nariga o'tolmaydi. Ipak yo'li boylab savdo-sotiq magistrallaridan o'tgan H. Vamberi «Angliya qirolligi geografiya jamiyati»ning a'zosi edi. Unga ushbu jamiyat 1913-yilga qadar, ya'ni H. Vamberi o'limigacha katta miqdorda nafaqa 10' lab turgan.
Nemis geomorfologiya maktabining asoschisi Berlin geografiya jamiyati a'zosi, geograf va geolog Paul Fon Vilgelm Rixtgofen (1833-1905) 1877-uilda Berlindagi Rayner nashriyotida «Xitoy: shaxsiy sayohat va keyingi chuqur tadqiqotlar natijasi» nomli ko'p lomlik monografiyasini chop etlirdi. Mazkur kitobida «Buyuk ipak yo'li» ataniasini qo'llab. ushbu nomning ommaviylashuviga sababchi bo'ldi.
1906 yilda fransuz xitoyshunosi Pol Nellio (1878-1945) Kucha (Sharqiy Turkiston) shahrida qazish ishini olib borib. Xitoydagi dinlar tarixi, Chin-mochinning g arb dunyosi bilan birinchi dengiz aloqalariga oid asar yozdi. U Sinzyandan topilgan ipak yo'li tarixiga oid yirik qo lyozmalar arxivini Parij milliy kutubxonasiga topshirdi.
1895-yildayoq shved geografi Sven Xedin O'rta Osiyo cho'llari xaritasini yaratdi.
Nemis olimlaridan Fon Le Kon va Gryunvedellar Turfonga XIX asr boshlarida 4 marta ekspeditsiya uyushtirdilar. Yaponiyalik graf Otani, amerikalik Uorlerlar Sharqiy Turkiston va Xitoyni bog'lovchi yo'llar tarixini o'rgandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |