1. buyuk geografik kashfiyotlarning boshlanish davri buyuk geografik kashfiyotlar davrida olimlar tomonidan bajarilgan ishlar



Download 17,78 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi17,78 Kb.
#217428
Bog'liq
MAVZU BUYUK GE-WPS Office




MAVZU: BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR

Reja:


1. BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLARNING BOSHLANISH DAVRI

2. BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR DAVRIDA OLIMLAR TOMONIDAN BAJARILGAN IShLAR
3. MAKTAB GEOGRAFIYASI VA BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR

1. Buyuk geografik kashfiyotlar davri deb - XV asrning o’rtasi yoki oxiridan XVII-asr o’rtalarigacha bo’lgan davrlar aytiladi. Buyuk deb atalishga loyiq geografik kashfiyotlar har doim ham bo’lgan, lekin hech qaysi davr Buyuk geografik kashfiyotlar davridagidek dunyo taqdiriga kuchli ta’sir ko’rsatadigan kashfiyotlarga boy bo’lmagan.

Ushbu davrga qadar yevropaliklarga Yevropa, Osiyo va Afrikaning bir qismigina ma’lum edi. Sharqdan kelayotgan turli savdogarlarning ma’lumotlariga suyanib Xitoy, Hindiston va Yaponiya haqida dunyodagi eng boy hududlar sifatida tasavvur hosil bo’lgan edi. Bu mamlakatlardan olib kelinayotgan mollar, ayniqsa ziravorlar Yevropada juda qimmat turar, yevropaliklarning oltin va kumushlarikamlik qilib qolgan edi. Shuning uchun ham o’rta asrlarda har qanday metallnioltinga aylantirishni va’da qiluvchi alximiya fani rivojlanib ketdi. Yevropaliklar Sharqning boy o’lkalariga yetib borishga urinardi, ammoXV- asrda Usmoniylar imperiyasi quruqlik yo’lini to’sib qo’ygan edi.

Buyuk geografik kashfiyotlar jahon taraqqiyotiga benihoya katta ijobiy ta’sir ko’rsatgan. Kashfiyotlar jahon savdo yo’llarini butunlay o’zgartirib yubordi. Endisavdo yo’llari O’rta Yer dengizi bo’ylab emas, balki okeanlar orqali o’tadiganbo’ldi.Yangi ochilgan yerlar bilan savdo aloqalari –jahon savdosini vujudga keltirdi. Geografik sayohatlar kashf etilgan “Yangi dunyo” bilan “Eski dunyo”madaniy o’choqlari orasida bevosita iqtisodiy va madaniy aloqalar o’rnatilishigaimkoniyatyaratildi.

XVII asr o’rtalariga kelib Pireney davlatlari ochilgan yerlardagi boyliklar dan qoniqib, yangi yerlarni izlashdan voz kechdilar. O’sha davr hujjatlariga ko’ra Osiyoga boriladigan yo’llar shu ikki davlatga Rim papasining qarori – bullasi bilan tasdiqlangan edi, Chunonchi, 1481 yilda papa Sikst VII portugallarga Boxador burnidan janubga to hindlarga qadar bo’lgan hududni “Aeterni Regis” bullasi bilan taqdim etgan. Kolumbning Hindistonga yetib borganligi haqidagi xabardan keyin portugallar Rim papasi huzurida da’vo ishini qo’zg’adilar. Natijada endi 1493 yilda papa Aleksandr VI yangi “Inter cetera” bullasini e’lon qildi. Bulladagi so’zlar geografik jihatdan mantiqsiz bo’lsada ispanlar va portugallarning kemalari suzadigan hududlar uchun demarkasion chiziqni belgilab berdi, bu chiziq ta’xminan 380 g’arbiy uzunlikdan o’tadi. Ushbu bulladagi geografik xatoliklarni,masalan “meridiandan janubga tomon” kabi so’zlarni tuzatish asnosida ispan va portugal hukumatlari o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatildi va 1494yilda Tordesil’yas shahridagi sulh bilan yakunlandi. Bu sulh natijalariga ko’ra yangi demarkasion chiziq o’tkazilib, bu 460 30׳g’arbiy uzunlikdan o’tadi. Shundayqilib, Atlantika okeanining sharqiy qismi va Afrika qirg’oqlari, Hind okeani orqali Hindiston va Molukka orollarigacha boriladigan dengiz yo’llari Portugaliyaga, Atlantika okeanining g’arbiy qismi va Yangi dunyo qirg’oqlari orqali Tinch okeani va undan Hindixitoy yarimorollarigacha boriladigan dengiz yo’llari IsIspaniya tegishli bo’ldi. Shu bilan Buyuk geografik kashfiyotlar davrining birinchi bosqichi tugadi.

Avstraliya - janubidagi Yer. Avstraliya materigi 1606 yilda golland sayyohi Vilyam Yansszon tomonidan kashf etilgan. Ammo materik nomi bu quruqlik ochilishidan ko'p yillar avval paydo bo'lgan. Gap shundaki, Yer kurrasining simmetriyalik qonuniga asoslanib, yerning janubiy yarim sharida beshinchi qit'a borligini bashorat qilganlar va bu quruqlikni -janubdagi nomalum Yer - deb atataganlar

Lotin tilida "Zyud" va "Terra" so'zlari birikmasidan tashkil topgan Avstraliya atamasi "Janubdagi Yer " mazmuniga ega bo'lsa-da, aslida Yer 15 kurrasining janubiy qutbi atrofida yani Avstraliyadan yanada ham janubroqda boshqa bir quruqlik Antraktida qat'asi borligini bilmaganlar. Avstraliya kashf etilgan 17-asrda uni yirik orol deb hisoblab, "Yangi Gollandiya" deb atataganlar

Avstraliya kashf etilgandan keyin A.Tasman va boshqalarning sayohatlari natijasida Avstraliya alohida beshinchi - qit'a ekanligini ma'lum bo'ldi. Endigi vazifa janubiy qutb atrofidagi quruqlikni izlash bo'lganligidan uni kashf etishga urinish kuchaydi. Arktikaning qarama-qarshi tomonidagi quruqlik ham kashf etilmasdan oldin Antraktida deb atataldi

Antraktidani birinchi bo'lib kashf etish uchun o'sha davrning eng kuchli dengiz davlati bo'lgan Angliya, Fransiya, Gollandiya kabi mamlakatlarning nomdor dengiz sayohatchilari harakat qildilar. Antraktidani ochishga jur'at etgan dengiz sayyohlari orasida Jeyms Kuk ham bor ededi

Geografik kashfiyotlar tarixida juda katta o'rin tutgan uch bora dunyo aylana sayohat qilgan bu jasur ingliz sayyohi 1772-75 va 1776-79 yillardagi ikkinchi va uchunchi dunyo aylana sayohatlari davomida janubdagi nomalum yerni - Antraktidani astoydil izlagan. Ko'pgina orollar to'plamlarini ochgan, Tinch okeaning Antraktika doirasida uning kemalari aysberglar orasida qisilib qolib, rosa qiynalgan.

Antraktidaga ancha yaqinlashgan bo'lsada uning qirg'og'iga yetib borolmagan. O'z kundaliklarida "janubda qalin muz bilan qoplangan qahraton sovuq sharoitli orolni undan kattaroq quruqlik bo'lishi mumkin, ammo, unga yetish juda xatarli, qo'rqmasdan aytishim mumkinki bundan keyin hyech kim men yetgan janubiy kenglikdan janubga o'tishga jurat qilolmaydi. Men yetishgan kengliklardan janubda bo'lishi mumkin bo'lgan quruqlik hyech qachon tadqiq etilmaydi deb yozgan edi Jeyms KuKu J.Kukning 1775 yildagi ikkinchi dunyo aylana sayohati vaqtida haqiqiqatdan materik atrofida suzish chinakam xavf-xatarga to'la edi. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha u janubiy qutb doirasini uch marta janub tomon kesib o'tgan. J.Kuk hozirgi Amudsen dengizi doirasidagi janubiy qutbning quruqlik qirgqirg'og'ig yaqinlashib, bor-yo'g'i 200 km. uzoqlikdan o'tgan. Bu jasur sayyoh Gavayi orollarida mahalliy aholi bilan to'qnashuvda 1779 yilda halok bo'lgan.

2.Buyuk geografik kashfiyotlar davrining eng buyuk kashfiyoti shubhasiz Amerikaning kashf etilishidir. Bu ishni amalga oshirgan odam Xristofor Kolumb 1451 yilda Genuyada tug'ilgan. Portugaliya qirg'oqlarida kema halokatidan omon qolgan Kolumb Portugaliyada qolib, dengizchilik ilmini o'rganadi. G'arb tomonga suzib Osiyo qirg'oqlariga yetib borish fikri shu yerda tutug'iladi

1485 yilda bu fikrni u qirolga taqdim etadi va rad javobini oladi. Shundan so'ng u Ispaniyaga borib o'z g'oyasini amalga oshirish uchun 7 yil ruxsat kutadi. Nihoyat qirol uni qabul qilib, u bilan shartnoma tuzadi. Shartnomaga ko'ra agar muvaffaqiyat qozonilsa, X. Kolumb yangi ochilgan yerlarning hukmdori, vise-qirol va admiral unvonini olishi, barcha daromadlarning 1/10 ga egalik qilishi, ekspedisiya xarajatlarining 1/8 qismini va savdo xarajatlarining ham 1/8 qismini to'lashi kerak bo'lar eded

1492 yil 3 avgustda 2 ta karavella "Pint'ya" va "Nin'ya" hamda flagman "Santa-Mariya" og'ir kemalari Palos portidan yo'lga chiqdi va 3 kundan so'ng Kanar orollaridan o'tib ochiq okeanga chiqdi. Ta'kidlash lozimki, ekspedisiyaning muvaffaqiyatiga deyarli hyech kim ishonmagan, kemalar ekipajini to'plash ham juda qiyin kechgan. X. Kolumb bu ekspedisiyada Toskanellining dunyo kartasini asos qilib olgan. Uningcha, qisqa muddatda Yapon orollariga yetib borilishi va janubga suzib Xitoy qirg'oqlari bo'ylab, Marko Poloning marshrutini takrorlagan holda Hindistonga yetib borilishi kerak bo'lgan.

Umuman X. Kolumbning birinchi suzishi omadli deb hisoblanadi. Yo'lovchi shamol 2 hafta davomida esib turgan, 16 sentyabrda ko'plab suv o'tlariga duch kelganlar va bu yana umid bag'ishlagan. Lekin bu Sargass dengizining boshlanishi bo'lib quruqlikka hali bor edi. Ekipaj orqaga qaytishni talab qila boshlagan. 7 oktyabrda suv qushlariga duch kelgan Kolumb dengizchilarni yana quruqlik yaqinligiga ishontiradi va qushlarga ergashib kemalarni janubi-g'arbga buradi.

Bu ham omadli fikr edi, chunki avvalgi yo'nalishda ular Gol'fstrim oqimiga. tushib qolgan bo'lar edilar. Nihoyat 1492 yil 12 oktyabrda quruqlik ko'rindi. Bu Bagam orollari edi. Osiyoning sharqiy qirg'oqlariga yetganiga shubha qilmagan Kolumb janub tomonga Yaponiyani izla suzib ketdi. Kuba, Gaiti va yana bir qancha orollarni kashf etdi. Gaiti orolini Espanol deb atab, ispan koloniyasini barpo qildi. 1493 yilda Ispaniyaga qaytib kelgan Kolumbga Dengiz-okeanlar admirali degan unvon berildi va to'xtovsiz ikkinchi ekspedisiyaga

tayyorgarlik ko'rila boshlandi. Bu gal ishchilar, ruhoniylar, dehqonlar ham olib ketilishi kerak edi. 1493 yil 11 oktyabrda 17 ta kema yo'lga chiqdi. Bu safar marshrut janubroqdan olindi va Antil orollariga yetib kelindi. Kolumb katta yerni izlab Karib havzasidagi orollarni kashf qildi va ispan koloniyasiga qo'shib oldi. 1496 yilda Ispaniyaga qaytgan Kolumb oldiga aniq vazifa oltin va ziravorlar topishqo'yildi. U uchinchi ekspedisiyasi davrida Trinidad va Tobago orollari kashf qilindi

Amerigo Vespuchchining X.Kolumb kashf qilgan yerlar yangi qit'a ekanligi haqidagi farazi Fernan Magellanning 1519-1522-yillardagi dunyo aylana birinchi sayohatida to'la tasdiqladi. Yangi ochilgan yerlardan mo'ljallangan boyliklariga erisha olmagan ispan hukmdorlari Fernan (losman-dengizda yo'l ko'rsatuvchi kishi.) Magellanning Hindistonga G'arbiy dengiz yo'lini ochish loyihasini qo'llab quvvatladilar.

Jasur va tajribaii dengizchi, bag'oyat irodali Magellan o'zining 5 ta kemadan iborat flotiliyasini 1519-yilning 20-sentyabrida San-Lukar portidan dengizga chiqardi. Ekspedisiyada qatnashgan: "Trinidad", "San-Antonio", "Konsepsion", "Viktoriya" va "Sant-Yago" kabi 105-154 tonna yuk sig'imli kichik kemalarda ikki yilga yetadigan oziq-ovqatlar g'amlab olingandi. Magellanga berilgan kemalar ta'mirlashdan keyin ham talabga to'liq javob beradigan holda ememasd Portugaliyaning Ispaniyadagi elchisi o'z qiroliga Magellan ekspedisiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchrashi muqarrar deb yozgan edi. Magellan kemalarga portugaliyalik hamyurtlaridan ruxsat berilgan 5 kishi o'rniga 37 kishi olishga muvaffaq bo'ldi. Sayohatning boshidayoq juda og'ir sinovlarni yengib, 60 kunlik tinimsiz yomg'irlardan so'ng kemalar 1519-yil 13-dekabrida Rio de Janeyro ko'rfaziga kirdi. Yana bir oylik sayohatdan keyin hozirgi Urugvayning poytaxti Montevideo joylashgan yerda toto'xtashd Bu joy ikki okeanni bog'lovchi qo'ltiq ekanligi haqidagi faraz tasdiqlanmadi. Qishlovga to'xtagan ekspedisiyada birinchi marta isyon ko'tarildi. Unda uchta kemaning kapitanlari qatnashdi. Kapitanlardan biri isyonchilar bilan to'qnashuvda halok bo'ldi, Ikkinchisi - kapitan Mendosa isyon bostirilishi bilan qatl qilindi, uchinchi kapitan Kartaxena fitnada ishtirok qilgan ruhoniy bilan ko'rfazning qirg'og'iga tashlab ketildi, Isyon boshlanishiga sabab Magellanning oziq-ovqat miqdorini kamaytirishi bo'lgandi.

XV-XVI-asrlarda Portugaliya Yevropaning taraqqiy etgan mamlakatlaridan biri hisoblangan. Mustamlaka yerlarni topish, ularni hisobsiz boyliklari bilan qiroq xazinasini to'ldirish ishtiyoqi Ispaniya va Portugaliya qirolliklarini yangi ekspedisiyalarni tashkil etishga undaydi. Mutaxassislarning yozishicha, 500 yil muqqadam ham Lissabon shahri okean va dengiz tadqiqotlarining markazi bo'lgan. Portugaliya dengizchilari Afrika sohillari bo'ylab janub tomonga yo'l qidirishgan va aynan ular yevropaliklarga, birinchi bo'lib Hinduston va Janubiy-Sharqiy Osiyoga olib boradigan suv yo'llarni ochib berishgan. Shunday ekspedisiyalardan biriga Vasko da Gamma rohbarlik qilgan.

1492 yilda Gvineyadan oltin bilan qaytayotgan Portugaliya kemalarini fransuz qaroqchilari (korsarlari) qo'lga olishadi. Portugaliya qiroli Manuel 1, esa fransuzlardan kemalarni boyliklari bilan birga qaytarib olib kelishni Vasko da Gammaga buyuradi. Mohir dengizchi Fransiya sohillariga borib, ularning bir qancha kemalarini garovga oladi, shu voqyea sabab Fransiya qiroli portugallar kemalarini qaytarib berishga majbur bo'ladi. Vasko da Gamma butun Portugaliyada mashhur shaxsga aylanadi. Xristofor Kolumbni birinchi sayohatidan keyin kashf qilingan yangi yerlarga egalik qilish uchun Ispaniya va Portugaliya o'rtasida nizolar kuchayadi. Shu sababdan afsonaviy boy mamlakat hisoblangan Hindustonga yangi yo'llar ochish maqsadida ekspedisiya safarga tatayyorlanadi

1497 yili tarkibi 4 ta kemadan iborat, 168 ta mohir dengizchi va eng og'ir mehnatlarni bajarish uchun 10 ta mahbusdan iborat ekspedisiya safarga chiqadi. «San-Gabriel» kemasi - Vasko da Gamma boshchiligida, «San-Rafael» - Paula da Gamma, «San-Mixael»- Gonsalu Nunasha va «Berrid» yuk kemasi Nikola Koelyu rahbarligida Lissabon shahri bandargohidan chiqib «Yashil burun» orollari tomon yo'l olishadi. Keyinchalik bir muddat janubi-sharqqa qarab harakatlagan kemalarni Vasko da Gamma janubi-g'arbga, ya'ni hanuzgacha aniqlanmagan dengizlar tomon burishga farmon beradi. Yana bir necha kundan keyin u yo'nalishni sharqqa o'zgartirishga farmon beradi.

Sayohat uch yilga mo'jallanib, shunga yetarli oziq-ovqat zaxirasi, jangovar qurollar va mahalliy xalq bilan almashtirish maqsadida arzon kiyim kechaklar olinadi. Vasko da Gamma boshchiligidagi kemalar Afrika sohillari bo'ylab janub tomon suzishadi. Hozirgi Kanar orollarini orqada qoldirib Yashil burun orollarida to'planishadi. Janubdan esayotgan kuchli qarshi shamollar dengizchilar harakatni ancha qiyinlashtiradi. 1497 yilning noyabrida 93 kunlik tinimsiz okeanda suzish natijasida, oxir-oqibat Afrika qit'asining janubiy sohillariga yetib borishgan. Dengizchilar tubjoy xalq bo'lgan bushmenlar bilan aloqa o'rnatib, kiyim-kechak ivaziga oziq-ovqat jamlashadi, ammo kelishmovchiliklar sababli tezda ketishga majbur bo'lishadi.

3. Geografiya fani o'quvchilarda Yer haqidagi ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi, sosial-iqtisodiy bilimlarni tarkib topdiradi, dunyo davlatlari va turli regionlardagi jamiyat va tabiatning o'zaro bog'liqligi, geografik obyekt jarayon va hodisalar haqidagi bilim va tushunchalar bilan qurollantiradi. Dunyo tabiiy manzarasi bilan bog'liq umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi bo'lgan geografik madaniyatni tarbiyalaydi.

Qayerda qanday geografik obyekt joylashgan, ular bir biriga nisbatan anday o'rinda ekanligini o'rganish orqali har bir obyektning nomi, uning xususiyatini ifodalovchi hodisa va jarayonlarning maxsus geografik terminlardan iborat ekanligi aniqlab, uning mohiyatini o'quvchi bilib oladi. Qayerda qanday geografik obyekt joylashgan uning nomi, ma'no-mazmunini bilish geografik bilim va geografik dunyoqarash hihisoblanad Shuning uchun quyidagilar "Maktab geografiyasini qayta qurishning ilmiy, uslubiy konsepsiyasi" ning ta'lim mazmunining majburiy minimumi hisoblanadi: geografiyaning nazariy asoslari:

geografik tadqiqot metodlari: tabiiy va iqtisodiy obyektlari

hodisa va jarayonlar,

olamni idrok etishning moddiy va ma'naviy madaniyatga ifodalanishi:

hudud geografik tavsifi kabi olti yo'nalish ko'rsatilgan. Ulardan, tabiiy va iqtisodiy obyektlarda toponimikani bilish, hodisa va jarayonlar bo'limida - geografik terminlarni o'rganish talab etiladi. Geografik obyektlar nomi va joylashuvini xaritadan ko'rsata olish, muayyan jarayon va hodisaning mohiyatini ifodalovchi terminning mazmunini ta'riflay olish bu toponimika mazmunidagi ta'limiy ishdir.

Har qanday geografik nomini bilishda birinchi va asosiy vazifa obyektning shu xildagi obyektlardan alohida ajratilishi va nomlanishida namoyon bo'ladi. Obyekt nomidan foydalanib og'zaki va yozma nutqda ushbu toponimning biror bir predmet yoki hodisa bilan bog'lash imkoniyati paydo bo'ladi. Nomlar ayni shu obyektning shu singari boshqa obyektlarga nisbatan hududiy joylashishi boshqalari bilan hududiy bog'liqligi hamda geografik hodisa va jarayonlarni obyekt bilan bog'lashga yordam bberadi Ta'lim mazmuning majburiy minimumi o'quvchilar egallashi shart bo'lgan ko'nikma va malakalar ko'rsatish, aniqlash, tasvirlash, tushintirish, bashorat qilish kabi ko'rsatkichlar vositasida ifodalangan. Ular asosan obyektni xaritadan ko'rsata olish va uning xususiyatini ta'riflay olish toponimikaning bilish bilan bog'liq.

Nomning hududiy o'rnini belgilash natijasida yangi nomlar yasaladi. Chunonchi, Sibir - G'arbiy Sibir pasttekisligi O'rta Sibir yassi tog'ligi, namlik hududiy doirasini aniqlash geologik geografik ifodalar, ilmiy atamalar yasash uchun qulaydir. Baykal burmalanishi - Perm davri, Toshkent geologik asri. Qo'qon shamoli, Tyanshan sirtlari, Sibir antisikloni, Yenisey kryaji. Aldan qalqoni va hokazo.

Buyuk geografik kashfiyotlar deyarli butun insoniyat tarixi davomida amalga oshirilgan quruqlik va dengizdagi eng muhim kashfiyotlar kompleksi deb tan olingan. An'anaviy ravishda buyuk geografik kashfiyotlar faqat yangi era davomidagi buyuk geografik kashfiyotlar bilan belgilanadi. (XV asr o'rtalari -XVII asr o'rtalari). Dactlabki davrga quyidagi kashfiyotlar kiradi: Janubiy Osiyo va Hind okeani (Xarappa sivilizasiyasi dengizchilari va savdogarlari, eramizdan avvalgi XXI-XX asrlar); Yevropaning Janubiy qirg'oqlari. O'rta yer dengizi va Qora dengiz (krit va axey dengizchilari, eramizdan avvalgi XVI-XIV asrlar); Sharqiy Osiyo (In savdogarlari, harbiylari, dengizchilari; eramizga qadar XIV-VIII asrlar); Afrika atrofida suzish va uning kattaligini aniqlashtirish finikiyalik dengizchilari eramizgacha 609-595 yy); Shimoliy Atlantika, Buyuk Britaniya oroli, Shimoliy va Baltika dengizlari (Piteas eramizdan avvalgi 320 yilga qadar); Sharqiy Yevropa (Kiyev Rusi savdogar va kolonislari; 9-10 asrlar); Grenlandiya va Amerika shimoli sharqi (Eyrik Raudi, Leyf Eyrikson, 98981-1004



Markaziy va Janubiy Amerika kashf etilishi (X.Kolumb, A.Vespuchchi, A. Veles de Mendosa (A. Velez de Mendoza) va boshqalar 1492-1502); Yevropadan Hindistonga dengiz yo'llari (Vasko da Gama, 1497-99); 1-yer aylana sayohat (F.Magellan, 1519-22) Dunyo okeanining mavjudligi va Yerning shar shaklini isbotlagan: Shimoliy Osiyo va uni Shimoliy Amerikadan ajratib turuvchi bo'g'oz (Yermak. LYu. Moskvilin, S.I.Dejnev, 1582-1648): Avstraliya (A.Tasman, V. Yanszon, 1606-42). Buyuk geografik kashfiyotlar keyinchalik ham amalga oshirilgan: Alyaskaning ochilishi (M.S.Gvozdev, V.Bering, A.I.Chirikov, 1732-41) va Antarktida (F.F.Bellinsgauzen, M.P. Lazarev, 1820). Ilmiy ahamiyatiga ko'ra buyuk geografik kashfiyotlar qatoriga Dunyo okeani tubi relyefini aniqlash borasidagi tadqiqotlarni (Ch.Tomson, D.Merrey, 1872-76) va yagona planetar tog' tizmalarining okeanlar o'rtasi tizimi kashf etilishini ham kiritish mumkin. (B.Xeyzen, G.Menard, D.L.Bezrukov va boshqarlar, 1955-62).

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. T.; Ma'naviyat, 2008.

2. Alibekov L.A. O'rta Osiyo tabiiy geografiyasi. -Samarqand. 2006. -163 b. 3. Gulyayev V. I. Po sledam konkistadorov. M., 1976.

4. Hasanov H. Yer tili. -T.: 1977. 28. Hasanov H. Geografik nomlar siri. -T.: 1985.

5. Hakimov Q., G'o'dalov M. Jizzax viloyati geografiyasi. -Jizzax, 2004.

Internet saytlar:

1. http://gen. I september.ru 2.wgeo.ru

3. geografiya.ru 4.world.freeglobus.com
Download 17,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish