5-вариант
1. Бухгалтерия ҳисоби ва аҳамияти.
2. Баланснинг пассив томони ва унинг моддалари.
3. Хўжалиги ҳисобида қўлланиладиган ўлчов бирликлари.
5.1)Бухгалтерия ҳисоби ва аҳамияти
Buxgalteriya hisobi — xo‘jalik hisobi turlaridan biri; xo‘jalik faoliyati jarayonida korxona mablaglarining aylanishi va mulk harakatini ifodalovchi ma’lumotlar majmuasi.
5.2)Баланснинг пассив томони ва унинг моддалари
Passivning birinchi moddasi ustav kapitalidir. Uning summasi korХОnaning yaratilish paytida shakllantirilgan mablag'lar miqdoridan iborat. Bunda korХОnaning o'z mablag'larining umumiy summasi ko'rsatiladi va bu manbadan berilgan mablag'larning oʻzi balans aktivining moddalarida aniq gavdalantirilgan bo'ladi.
«Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» moddasida korХОnaning faoliyat ko'rsatishi boshidan boshlab hisobot davrigachа bo'lgan vaqt ichida jamg'arilgan foyda summasini aks ettiradi.
«Uzoq muddatli kreditlar» moddasida korХОnaning bankka bo'lgan uzoq muddatli qarzi aks ettiriladi. Bu moddada ko'rsatilgan summa korХОna tomonidan olingan uzoq muddatli bank kreditini aks ettirib, belgilangan davrda qaytarilishi kerak. Mazkur modda korХОna ixtiyorida hozirchа bo'lgan pul mablag'larining miqdorini ko'rsatadi, deb o'ylash noto'g'ri bo'ladi, chunki bank tomonidan kredit ko'rinishida beriladigan pul mablag'lari odatda korХОnaning hisob-kitob schyotiga yozib qo'yiladi yoki mol yetkazib beruvchilardan bo'lgan qarzni uzish uchun o'tkaziladi. Demak, bu mablag' balansning boshqa moddalarida aks ettiriladi.
«Kreditorlar» moddasining «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar» qatorida keltirilgan summa korХОnaning mol yetkazib beruvchilardan sotib-olingan har xil moddiy boyliklari uchun qarzini ko'rsatadi.
«Mehnatga haq to'lash bo'yichа qarzlar» moddasida korХОnaning ishchilar va xizmatchilariga hisoblangan ish haqiga doir majburiyatlari aks ettiriladi. Boshqachа qilib aytganda, bu modda korХОna tomonidan ishchi va xizmatchilarning bajargan ishlari uchun to'lanishi kerak bo'lgan ish xaqi summasi qanchа ekanligini ko'rsatadi.
«Budjetga to’lovlar bo’yichа qarz» moddasi korХОnaning budjet oldidagi undan undiriladigan har xil soliqpar va ajratmalarni to'lash bo'yichа majburiyatlarining summasini, ya'ni moliya tashkilotlariga bo’lgan qarzning miqdorini aks ettiradi. To'lanishi lozim bo’lgan summa aniqlanganidan keyin, korХОna o'z balansining passivida shu modda bo’yichа uning summasini ko’rsatadi. Buxgalteriya balansi quyidagi belgilariga qarab tasniflanadi:
5.3)Хўжалиги ҳисобида қўлланиладиган ўлчов бирликлари.
Korxona va tashkilotlarda mavjud mablag‘lar faoliyat
ko‘rsatish davomida o‘zining tuzilishinigina emas, balki
miqdoriy holatini ham o‘zgartirib boradi. Hisob turlarini
to‘g‘ri belgilash kuzatilayotgan hodisa va jarayonlarni to‘g‘ri
nazorat qilish imkonini berish bilan birga, ular o‘rtasidagi
o‘zaro bog‘lanishni ta’minlaydi.
Hisobda qo‘llaniladigan o‘lchov birligi kuzatilayotgan
jarayonni tashkil qilish, uning oldiga qo‘ygan maqsadiga
ham bog‘liqdir. Iqtisodiy informatsiyalarni qayta ishlash,
ularni tartibga solishda, xo‘jalik faoliyatini boshqarishda
o‘lchov birliklaridan to‘g‘ri foydalanish talab qilinadi.
Hisob ishlarida turli o‘lchov birliklaridan foydalaniladi,
o‘lchov birliklarini ifodalashda qaysi hisobda qanday
o‘lchov birliklaridan foydalanish bevosita kuzatilayotgan
yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik operatsiyalariga ham
bog‘liqdir. Umuman olganda, hisob ishlari turli o‘lchov
birliklarida, shu jumladan, dona, kilogramm, litr, so‘m
ko‘rsatkichlarida ifoda etiladi. Yuqoridagi o‘lchov birlik-
larini uch asosiy guruhga bo‘lish mumkin. Birinchisi —
natural o‘lchov birliklari, ikkinchisi — mehnat o‘lchov
birliklari, uchinchisi — pul o‘lchov birliklari.
13Korxona xo‘jalik faoliyatini to‘g‘ri baholashda, son va
sifat jihatdan iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘rganish turli
o‘lchov birliklaridan foydalanishni talab qiladi. Agar
iqtisodiy ko‘rsatkichlar tegishli o‘lchov birliklarida ifoda
etilgan bo‘lsa, bunday ko‘rsatkichlarni iqtisodiy axborot
ko‘rsatkichlari deb hisoblab bo‘lmaydi. Demak, har qanday
amalga oshirilgan (mashg‘ulot) hodisa hisob ko‘rsatkich-
larida aks ettirilmaydi. O‘lchov birligi hisobning asosiy
belgilaridan deb hisoblanadi. Hisob ishlarida qo‘llaniladigan
o‘lchov birliklaridan foydalanishda natural ko‘rsatkich-
lardan, mehnat va pul o‘lchov birliklaridan alohida-alohida
foydalanish mumkin.
Shunday xo‘jalik jarayonlari amalga oshiriladiki, ularda bir vaqtda natural va pul o‘lchov birliklaridan foydalaniladi.
O‘lchov birliklarini qo‘llash, birinchidan, hisob turiga
bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, amalga oshirilayotgan xo‘jalik
jarayoniga ham bog‘liqdir. Hisob turlarining o‘ziga xos
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘lchov birliklaridan
foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Ayrim hollarda bajariladigan ish va xizmatlar hajmini
to‘g‘ri aniqlashda murakkab — natural o‘lchov birliklaridan
foydalaniladi. Misol uchun, elektroenergiya sohasida kilo-
vatt-soat, avtomobillarda esa tonna-kilometr kabi
o‘lchovlarda hisoblanadi.
Mehnat o‘lchov birligi mahsulotni ishlab chiqarish yoki
ma’lum bir mahsulotga sarf qilingan mehnat sarfini
o‘lchashda ishlatiladi. Mehnat o‘lchov birligi ko‘p hollarda
bir turli xo‘jalik munosabatlarini o‘rganishda qo‘llanadi.
Pul o‘lchov birligi. Korxona va tashkilotlar bajarilgan
ish va xizmatlar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitobini yuritadilar.
Bunday hisob-kitoblar, asosan, pul o‘lchov birligida
olib borilishi bilan birga, bajariladigan ish va xizmatlar-
ning natura yoki mehnat o‘lchov birliklarida ko‘rsati-
lishini talab qiladi.
14Pul o‘lchov birligi bevosita tovar - pul munosabatlarida
namoyon bo‘ladi.
Тovar ishlab chiqarish va qiymat qonunining amal
qilishi bilan bog‘liq pul o‘lchov birligi hozirgi sharoitda
korxonalar o‘rtasidagi to‘lov vositasi sifatida qo‘llanilib
kelmoqda.
Hisobda pul o‘lchov birligining ko‘proq qo‘llanishi,
boshqa o‘lchov birliklariga nisbatan ko‘proq ishlatilishi
hisob mazmunini pasaytirmoqda. Pul o‘lchov birligi hisob
ishlarida keng qo‘llanishiga asosiy sabablardan biri —
bu har xil o‘lchov birliklarida umumlashtirish imkonini
bersa, ikkinchisi, korxonalar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni
bir me’yorda yuritish imkonini beradi.
Hisob xo‘jaliklarda amalga oshirilgan jarayonlarni hisobga olish bilan birga, korxona va tashkilotlarning bir
me’yorda ishlashini ta’minlashda o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri
ishga solishda, iqtisodiy o‘zgarishlarning xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liqligini ta’minlashda amalga oshirilgan xo‘jalik
operatsiyalarini umumlashtirishda, nazoratni tashkil
qilishda yaqindan yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |