2. Dasht mintaqasi
Okean sathidan 400-500 m.dan 1000-1200 m.gacha bo‘lgan balandliklarda joylashgan. Oddiy bo‘z tuproq tog‘ etaklarida, 500-600 m dan 1000 m gacha bo‘lgan balandliklarda tarqalgan, tarkibida chirindi 1,5-2,5 foizni tashkil etadi. Okean sathidan 1000-1600 m balandliklarda to‘q tusli bo‘z tuproqlar tarqalgan bo‘lib, tarkibidagi chirindi miqdori 3-4 foizga boradi, ko‘pincha bahorikor ekinlar ekiladi. Dasht mintaqasida cho‘lga nisbatan o‘simliklar ko‘proq bo‘lib, bahorda qizil, sariq rangdagi lolalar va chuchmomalar bilan qoplanadi. Shuningdek, qo‘ng‘irbosh, rang, sasir, yantoq, kavrak va gulxayrilar o‘sadi. Dashtlarda zirk, na’matak, do‘lana kabi buta va chinor, terak, qayrag‘och kabi daraxtlar o‘sadi. Dasht mintaqasida cho‘lga xos sudralib yuruvchilardan kaltakesak (agama, gekkon)lar, ilon (kapchabosh ilon, zaharli ko‘k ilon)lar, hatto falanga, chayon kabi hasharotlar ham uchraydi. Dashtda tulki, bo‘ri, toshbaqa, yumronqoziq, jayra, bo‘rsiq va tiрratikanlar uchraydi. Qushlardan pushtirang chug‘urchuq (asalarilar kushandasi), ko‘k qarg‘a, kaklik, zog‘cha, kalxat, qirg‘iy va burgut kabilar yashaydi. Dasht vohalarida musicha, chumchuq, bulbul, mayna, qaldirg‘och va sassiqpopishak va boshqalar mavjud.
Tog` mintaqasi
Okean sathidan 1000-1200 m dan 2700-2800 m gacha bo‘lgan balandlikdagi joylarni o‘z ichiga oladi. Tog‘larda tog‘-qo‘ng‘ir va tog‘-jigarrang tuproqlari tarkib topgan bo‘lib, tarkibida chirindi miqdori 4-6 foizgacha yetadi. Tog‘ mintaqasining daryo vodiylari va qayirlarida o‘tloq, botqoq-o‘tloq tuproqlari uchraydi. Tog‘larda betaga, rovoch, tog‘ yalpizi kabi o‘tlar, na’matak, zirk, dukcho‘p va irg‘ay kabi butalar o‘sadi. Tog‘da bodom, pista, do‘lana, o‘rik, olma, olcha, nok, xandon pista kabi mevali daraxtlar ham uchraydi.
Tog‘ mintaqasining 1400 m dan 2500 m gacha bo‘lgan balandliklarida archa, yong‘oq, Turkiston qayini, teraklardan tashkil topgan o‘rmonlar uchraydi. O‘rmonlar suv oqimlarini tartibga soladi, sellarning oldini oladi, tuproqlarni yuvilib ketishdan saqlaydi, havo haroratini mo‘tadillashtiradi, havodagi zararli moddalarni yutib, kislorod chiqaradi. Tog‘ mintaqasida hayvon turlari dashtga nisbatan ko‘p. Lekin havoning salqinligi tufayli sudralib yuruvchilar kam bo‘lib, Oloy tog‘ iloni, Turkiston agamasi uchraydi. Tog‘ mintaqasida o‘rmon sichqoni, oq sichqon, ko‘rshapalak, oq suvsar, qunduz, o‘rmon olmaxoni, qo‘ng‘ir ayiq, chiрor sirtlon, silovsin, bo‘ri, tulki, bo‘rsiq, quyon, to‘ng‘iz yashaydi. Qushlardan burgut, tasqara, itolg‘a, kaklik, boltatumshuq, bulbul kabilar mavjud.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1. L.I.Kursanov.,N.A.Komarnitskiy, Meyyer K.M. va boshqalar. Botanika II tom.T."O`rta va Oliy maktab"1963 y.
2. V.A.Burigin.F.X.Jongurazov Saidov J.K.va boshqalar.Botanika va o`simliklarfiziologiyasi.T,»O`qituvchi» 1972 yil.
3. V.G.Xrjanovskiy.Kursobshey botaniki.Chast II.M. Iz-vo "Visshaya shkola ", 1982 god.
4. I.Xamdamov., I.Shukrullayev.,YE.Tarasova. va boshqalar. Botanika asoslari.T., «Mehnat», 1990 yil.
5.G.P.Yakovlev,V.A.Chelombitko. Botanika. M.Iz-vo" Visshayashkola", 1990 god.
6. Xolida Mirfayoz qizi Maxkamova. Botanika.T. «O`qituvchi»,1995 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |