1. Rejalashtirish 2. Tashkil qilish 3. Motivatsiya 4. Nazorat
Rejalashtirish - faoliyat maqsadlarini , buning uchun zarur bo`lgan resurslarni aniqlash , maqsadlarga erishish usullarini ishlab chiqish , tashkilotni kelajakdagi rivojlanishini prognoz qilish.
Tashkil qilish - tashkilot tuzilmasini shakllantirish , uni resurslar (moddiy, moliyaviy, mexnat) bilan taminlash.
Motivatsiya - xodimlarni faollashtirish, iqtisodiy va ma’naviy jixatdan rag`batlantirish hamda xodimlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish yordamida tashkilot maqsadlariga erishishni ko`zlab samarali ishlashga ruxlantirish.
Nazorat - ish natijalarini miqdoriy va sifat jixatdan baxolash hamda xisobini olish, rejalarni , meyorlarni , qarorlarni korrektirovka qilish.
Menejment butun boshqaruv tizimining uzluksiz amal qilishi jarayonini ifodalaydi. U mehnat jarayonining barcha xususiyatlariga ega. Umuman menejment jarayonini texnologiya (qanday amalga oshiriladi), tashkil etish (kim va qanday tartibda) nuqtai nazaridan tavsiflash mumkin. Menejment jarayoni mazmunining uch jihatini ajratish mumkin: texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy va ijtimoiy. Texnikaviy jihatdan - bu mahsulot ishlab chiqarish, metall yoki neft ajratib olishni boshqarish; ishlab chiqarishda - bu ishlab chiqarishni tashkil etish jarayoni, ya’ni bo‘linma, sex, korxonalar o‘zaro ta’sirini boshqarish, iqtisodiy jihatdan ishlab chiqarish, ish kuchi va butun iqtisodiy munosabatlar tizimiga rahbarlik qilish, ijtimoiy jihatdan - bu mehnat jamoasi ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, insonni tarbiyalashdir. Menejment jarayoni texnologiyasi menejment xodimlari tomonidan bajariladigan operatsiya va amallardan iboratdir.Shunday qilib, menejment jarayoni rahbar va boshqaruv apparatining qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun kishilarning birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha maqsadli harakat qilishidir. Menejment faoliyatini amalga oshirish tartibiga ko‘ra uni quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin: maqsad, vaziyat, muammo, qaror qabul qilish.
Har bir ta’sir etishni amalga oshirishdan avval uning maqsadi aniqlanishi lozim, chunki boshqaruv m a’lum maqsadga erishish uchun amalga oshiriladi. Menejmentning keyingi bosqichi boshqaruv jarayonidagi vaziyatni tahlil etishdan iborat. U tizim ning holatini baholash, uni yaxshilash yo‘llarini izlash yoki undagi salbiy hislat- larni bartaraf qilish bilan bog'liq ishlarni tavsiflaydi. Muammo bosqichida tizimning hozirgi holatini uning rivojlantirish maqsadiga nisbatan qarama-qarshiliklarini aniqlash ko‘zda tutiladi. Qaror qabul qilish bosqichi rahbarning amalda tashkiliy faoliyatiga o‘tishini ifodalab, qaror qabul qilish bilan boshqariladigan tizimga ta’sir o‘tkazila boshlanadi. Menejment jarayonini, shuningdek, quyidagi davrlarga bo‘lish mumkin: maqsad qo‘yish, axborot faoliyati, tahliliy faoliyat, menejment tizimida tashkiliy-amaliy faoliyat va harakatlar variantlarini tanlash. Menejment operatsiyalari
rahbar va boshqaruv apparatining oddiy harakatlari bo‘lib, ularning tartibi va birikishi natijasida boshqaruv jarayoni tashkil topadi. Masalan, tahliliy faoliyat uchun korxonaning yillik va oylik hisobotlarini olish, ular bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni boshqaruv jarayoniga tatbiq qilish lozim.Boshqaruv jarayonini amalga oshirish vositalariga, eng avvalo, axborotni kiritish lozim. Menejment operatsiyalarining katta qismi axborot bilan ishlashdan iboratdir. Boshqaruv apparati ishida keng qo‘llaniladigan texnika vositalari ham shular jumlasiga kiradi. Bular axborot olish va qayta ishlash vositalari va an’anaviy orgtexnika vositalaridir.Menejment operatsiyasini amalga oshirish usullari - axborot-tahlil va tashkiliy faoliyatdir. Axborot-tahlil faoliyat axborot yig'ish, saqlash, tarqatish va qayta ishlash, tahlil, hisob, qarorlar variantlarini ishlashdan iborat. Tashkiliy faoliyatga - tushuntirish, ishontirish, rag'batlantirish va vazifalarni taqsimlash usullari, faoliyatni nazorat qilish, majburlash va h.k.lar kiradi. Menejment uchun faqat nimani qanday qilishni hal etish emas, balki tashkil etish, qiziqtirish, ishontirish, tushuntirish, nazorat qilish ham zarur. Ayni shu operatsiyalar yig'indisidan rahbarning tashkiliy faoliyati tashkil topadi.Menejment jarayonini tashkil etishda biznes-reja va ta’minot, moliyalashtirish va biznes-reja, narxni belgilash va kredit berish funksiyalarini bog'lashni ta’minlash, menejment tizimi ayrim unsurlarini (maqsad-usul, maqsad va kadrlar, qarorlar va usullar, usuliar va tarkib) muvofiqlashtirish, boshqaruv kadrlarini tayyorlash, fan-texnika yutuqlarini joriy etishni ta’minlash zarur.Korxonalarga erkinlik va mustaqillik berilishi bilan hal qilinishi lozim bo‘lgan menejment jarayonini tashkil etish bilan bog'liq muhim muammo rasman bir-biri bilan bog'liq bo‘lmagan boshqaruv tashkilot-lari o‘rtasidagi gorizontal aloqalarni amalga oshirish bo‘lib qoldi (masalan, korxona va mahsulot iste’molchilari, xom ashyo bilan ta’minlovchilar va korxona o‘rtasida va h.k.). Menejmentning jarayon sifatidagi mohiyati uning vazifalarida ifodalanadi. Menejment vazifalari deganda boshqaruv bo‘yicha ma’lum masalalarni hal etishga qaratilgan harakat yig'indisi tushuniladi. Menejment vazifalari, avvalo, boshqariluvchi obyektning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqadi. Ishlab chiqarish tarkibiga mos ravishda quyidagilarni aks ettiruvchi vazifalar mavjud bo‘ladi:
iqtisodiyotning tarmoq tarkibini;
uning hududiy tarkibini;
ishlab chiqarishning alohida unsurlarini.
Milliy xo‘jalikning tarmoq tarkibi menejment oldiga moddiy ishlab chiqarishni boshqarish va nomoddiy ishlab chiqarishni boshqarish kabi vazifa qo‘yadi. Birinchi soha tarkibida ishlab chiqarish va muomala sohalarini boshqarishni ajratadilar. Ishlab chiqarish sohasini boshqarishga sanoat va uning tarmoqlarini boshqarish, qurilishni, tansport, aloqani boshqarish vazifalari; muomala sohasini boshqarish vazifalariga - savdoni, m oliya, moddiytexnikaviy ta’minot, madaniyat, ta’lim sohalarini boshqarishni qam-rab oladi.Ishlab chiqarishni boshqarish vazifalarining hududiy tarkibiga respublika, viloyat, shahar, tuman miqyosidagi menejment vazifalari kiradi. Ishlab chiqarishning boshlang'ich bo‘g'ini - korxonani boshqarish muhim vazifadir. Menejment vazifalari boshqaruv tashkilotlari, bajaruvchilar va boshqaruv apparati vazifalarini belgilab beradi.
Bjahqaruv jarayonini bajariladigan vazifalar bo‘yicha tahlil etish har bir vazifada ish hajmi, boshqaruvchi xodimlar sonini aniqlash, va nihoyat, boshqaruv apparati tarkibini loyihalash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Boshqaruv tashkilotining asosiy va aniq vazifalari ajratiladi. Asosiy vazifalar har bir korxona va boshqaruvning barcha darajasi uchun xosdir. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
marketing;
biznes-reja;
tartibga solish;
tashkil etish;
g) rag‘batlantirish;
nazorat va hisob;
undash;
rejalashtirish.
G‘arb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funksiyalarini turkumlashda eng avvalo uning quyidagi asosiy (umumiy) funksiyalariga ustuvorlik berishadi: rejalashtirish;
tashkil qilish;
tartibga solish va muvofiqlashtirish; nazorat;
rag‘batlantirish (motivlashtirish).
Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib, chiqadi. Masalan, ishlab chiqarishni olaylik. Uning dastlabki bosqichida:
loyihalash;
konstruktorlik;
rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bog‘liq funksiyalar paydo bo‘ladi. Keyingi funksiyalar ishlab chiqarishni tayyorlash, ya’ni,
maxsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish;
mexnat normalari, materillari sarfini belgilash;
asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bog‘liq funksiyalar paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |