Oiladagi zo'ravonlikning xususiyatlari:
Bu bir martalik harakat emas. Bu jabrlanuvchi va zo'ravon o'rtasidagi munosabatlarning davom etishi bilan davom etadigan zo'ravonlik davrlaridan iborat jarayon.
Agar oilada zo'ravonlik bir marta o'zini namoyon qilgan bo'lsa, u yana takrorlanadi.
Bu zo'ravonlik har doim uzoq vaqt davomida sodir bo'ladi va ko'payish tendentsiyasiga ega.
Bu, qoida tariqasida, bir-biriga bog'liq bo'lgan shaxslar o'rtasidagi zo'ravonlik. Ko'pincha, oiladagi zo'ravonlik har ikki tomon tomonidan boshqalardan yashiriladi va yashiriladi.
Aybdor nuqtai nazaridan, bu muayyan maqsadga erishishning samarali, tez, tejamkor usulidir. Boshqa zo'ravonliksiz usullar ko'proq harakat talab qiladi. Agar unga muqobil taklif qilinmasa, odam ta'sir qiladigan narsadan voz kechmaydi. Agar zo'rlovchi boshqacha o'rganmasa samarali usul yaqinlari bilan muloqot qilish, keyin u ularga nisbatan zo'ravonlik qilishni davom ettiradi.
2. Hozirgi kunda dunyo miqyosida har uch ayoldan biri jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lmoqda. 750 millionga yaqin qiz 18 yoshga yetmay, turmushga chiqmoqda. 200 million nafar xotin-qiz sog‘lig‘iga ziyon yetkazadigan operatsiyalarni boshidan o‘tkazmoqda. Odam savdosi qurbonlarining 71 foizi – ayollar. Reproduktiv yoshdagi ayollar orasida o‘lim holati va nogironlikni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablardan biri – ularga nisbatan zo‘ravonlikning qo‘llanishidir.
Lekin O‘zbekistonda joriy yilning 9 oyida 29 541 ta ayol zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan va ularga himoya orderi berilgan. Oiladagi mojarolarni tashqariga chiqarmay deb, tazyiqqa uchrayotganini yashirib yurganlar ham oz bo‘lmasa kerak. Zo‘ravonlik nafaqat jabrlanuvchiga, balki ota, farzand, aka-uka yoki opa-singil, butun jamiyatga va bizning uzoq muddatli kelajagimizga ham ta’sir qiladi. Bu to‘lqin kuchayib borar ekan, taraqqiyot va ijtimoiy xavfsizlik yo‘lidagi eng katta to‘siqlardan biriga aylanib qolishi mumkin. Zo‘ravonlik qurboni bugun biz uchun begona, ertaga esa qarindoshimiz, onamiz yoki opamiz bir kun kelib esa o‘zimiz ham bo‘lishimiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar rivojlangani sari oilada jamiyatdagi ayollarga nisbatan bo‘layotgan nohaqlik, zo‘ravonliklarni yashirish murakkablashdi, muammolar suv ustiga qalqib chiqdi.
Ayollarga nisbatan qilinayotgan jinsiy va jismoniy zo‘ravonliklar bugun asosiy muammolar sirasiga kirib ulgurdi. Ularning psixologik, jinsiy va reproduktiv salomatligini asrash hukumatlar oldidagi muhim vazifalardan biri. Ayolni himoya qilish, uning huquqi, unga ham barcha qatori erkinlik va imkoniyatlar berilayotgani haqida ko‘p aytiladi. Lekin har qancha imkoniyat berilmasin, gender tenglik, ayollar va ularning har qaysi huquqlari haqida bong urmaylik, bugun ularga bo‘layotgan zo‘ravonliklar kamaymayapti. “Ijtimoiy tarmoqlarda har kuni u yoki bu hududda zo‘ravonlikka uchragan ayollar haqida axborotlar kelib turibdi. Umuman olganda, birinchi yarim yillikning uch oyida oilalarda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rganlar soni oldingi yilning uch oyiga qaraganda, ikki yarim baravarga ortgan. 2021 yil 1 aprel holatiga ko‘ra 6 ming 688 nafar xotin-qizlarimiz tazyiqqa uchragan bo‘lsa, 1 iyul holatiga ko‘ra, ularning soni 17 ming 919 nafarga yetgan. Ya’ni uch oy ichida 11 ming nafarga ortgan”, deya ta’kidladi Tanzila Norboyeva.
Shuningdek, yig‘ilishda Komissiya raisi avvallari ayollar kaltak yesa ham, jabrlansa ham qayerga va kimga murojaat qilishni bilmaganini alohida urg‘uladi. Bugun zo‘rovonlikka uchrayotgan ayollar borasidagi ro‘yxatning kengayib, raqamlar soni ortib borishi boshqa tomondan yaxshi hodisa ekanini ta’kidladi. Norboyevaga ko‘ra, bu ayollar bunday holatlarga duch kelganda kimga va qayerga murojaat qilishni bilayotganini anglatadi.
“Bu yomon albatta, lekin yaxshi tarafi ham bor. Ular hozir huquqiy savodxonligi oshib, murojaat qilishni o‘rgangandir, balki. Oldin [ayollar] kaltak yesa ham, zo‘ravonlik qurboni bo‘lsa ham kimga, qayerga, qanday murojaat qilishni bilmas edi”, deydi Senat raisi.
Yig‘ilishda, Tanzila Norboyeva ayollar ruhiy zo‘ravonlikka uchrayotgani, ammo oilalar bu holatga e’tiborsiz qarayotgani, hatto, ichki ishlar xodimlarining zo‘ravonlik va tazyiq haqida yetarli bilimga ega emasligini tanqid ostiga oldi.
“Birgina ruhiy zo‘ravonlikka to‘xtaladigan bo‘lsak, 2020 yilda 4 mingga yaqin ruhiy zo‘ravonlik sodir etilgan bo‘lsa, joriy yilning birinchi yarmida bu raqamlar ikki barobarga ortib, 9 mingga yetgan”, deydi Norboyeva.
Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, ish joylarida ayollarga nisbatan bo‘layotgan zo‘ravonlik holatlari joriy yilda 337 tani tashkil etgan. Bu esa o‘tgan yilga nisbatan 283 taga ko‘p degani. Shuningdek, jamoat joylarida ham yollarga nisbatan joriy yilning o‘zida 610 ta jinoyat sodir etilgan. Bu esa jamoat joylaridagi zo‘ravonliklar o‘tgan yilgiga nisbatan 459 taga ko‘payganini ko‘rsatadi.
llanilishi.
3. Bugun,18 noyabr kuni Oliy Majlis Senatining 21-yalpi majlis davomida Senat raisi hozir joylarda ayollarni reabilitatsiya qilish markazlari nodavlat notijorat tashkliotlar sifatida ish olib borayotgani haqida fikr bildirdi, deb xabar bermoqda yuqori palata matbuot xizmati.
Senat raisi ta’kidlashiga ko‘ra, NNT tomonidan ayollarni reabilitatsiya qilish markazlari xalqaro standartlar asosida ish olib bormoqda.
«Biz xotin-qizlarga ijtimoiy yordam berishda ularning tajribasidan ham foydalanishimiz kerak. Shuningdek mazkur yo‘nalishda kadrlar salohiyati masalasi ham muhim. Kimlar ayollarni reabilitatsiya qilyapti? Kimlar ayollarga psixoligik, ijtimoiy-huquqiy yordam beryapti? Bu borada ham yetarlicha muammolar bor», — dedi Tanzila Narbayeva.
Senat raisi bugungi kunda yordamga muhtoj ayollarga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan himoya orderi berilayotganiga to‘xtalib o‘tdi.
«Lekin o‘sha ayoli bir oydan so‘ng yana zo‘ravon eri bilan hayotini davom ettiradi. Yana boshqatdan avvalgi salbiy holatlar boshlanadi. Shuning uchun biz birinchi navbatda bu toifadagi ayollarni to‘liq normal hayotga qaytarish choralarini ko‘rishimiz kerak», — ta’kidladi u.
Tanzila Narbayevaning so‘zlariga ko‘ra, ularni «Ayollar daftari»ga kiritib, uy-joy masalasi, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash chorasini ko‘rish lozim.
Iyul oyida Tanzila Narbayeva tazyiq va zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollar haqida gapirar ekan, himoya orderini hech kim olmasada kerak, degan fikrda bo‘lganini aytgan edi. «Ayniqsa O‘zbekistonda, uzoq qishloqlarda yashayotgan ayollar uyimdagi gap-so‘zlar ko‘chaga chiqmasin deydi. Bu tizim qanday ishlar ekan deb o‘ylasam, 1 yil ichida 15 ming ayol himoya orderini olibdi», — degandi u.
O‘zbekiston Ayollar, tinchlik va xavfsizlik global indeksida 170 ta mamlakat ichidan 74-o‘rinni egallagan. Reyting ayollarning xavfsizligi, ularning parlamentdagi ulushi, diskriminatsion normalar singari kategoriyalar asosida tuzilgan
O‘zbekistonda ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun “Najot” mobil ilovasi ishga tushirildi
O‘zbekistonda zo‘ravonlik qurbonlari bo‘lgan ayollarning huquqlarini himoya qilish va ularga o‘z vaqtida yordam berish uchun “Najot” mobil ilovasi ishlab chiqildi. Bu haqda Senat matbuoti xabar bermoqda
Qayd etilishicha,
Do'stlaringiz bilan baham: |