2-o’quvchi:
Siz, muallim inson uchun,
Har bir ilmu urfon uchun,
Rahnamosiz bizlar uchun,
Qalbi daryo muallimlar.
3-o’quvchi:
Ko‘klar sari parvozimiz,
Dong taratgan ovozimiz.
Siz tufayli qalblar osmon,
Dil guliston muallimlar.
4-o’quvchi:
Navnihol bog’larning bog‘boni,
Niholga fidodir ming joni.
Ilm talab karvonning sarboni,
O‘zingiz mehribon ustozlar!
Hamma:
Tasannolar aytamiz ustoz,muallimlarga,
Tashakkur sizga bo‘lsin, ham zafar yor sizlarga.
Qizlar "Ustozlarim, bor bo‘ling" qo‘shig ‘ini kuylashadi.
(Kichik sahna ko‘rinishi)
Nuroniy bog`bon siymosidagi bola daraxt ko‘chatini ekish bilan mashg‘ul. Yo‘l-yo‘lakay uning ishini kuzatib kelayotgan bir kishi bog‘bonga qarata debdi: Ota, yoshingiz anchaga borib qolibdi, bu nihollar qachon meva beradiyu, siz ularning mevalaridan bahramand bo‘lasiz? Shunda bog‘bon debdi: Bu ko‘chatlarni faqat o‘zim uchun ekkanim yo‘q. Ularning mevasini barcha birdek baham ko‘rsin deyman. Eng muhimi, men ekkan daraxtlar keyingi avlodlarga naf keltirsin, foyda bersin. Haligi kishi o‘rinsiz so‘zi uchun uyalib bog‘bondan kechirim so‘rabdi.
5-o’quvchi: Ha,ustozlarimiz ham xuddi bog‘u chamanzorlar bunyod etuvchi beminnat va caxiy bo‘gbonga o‘xshaydilar.
Hamma:
Ustozimiz yaratgan bog‘idir bizlar,
Vatan suyanchig’i, tog’idir bizlar!
1-boshlovchi: Bizlarni kamol topishimizda ustozlarimiz kabi ota-onalarimizning ham o‘rni beqiyosdir. Ustoz va ota-ona, ular biz uchun doim parvona.
2-boshlovchi: Hazrat Navoiydek ulug‘ zot ham munis onalarimizga bo‘lgan behad hurmatini quyidagicha tarannum etganlar:
Onalarning oyog‘i ostidadir,
Ravzai jannatu jinon bog‘i.
Ravza bog! visolin istar esang,
Bo‘l onaning oyog’in tufrog’i.
1-boshlovchi: Bobomiz ustozlarni ham ko‘klarga ko‘tarib, ulug‘laganlar:
Haq yolida kim senga bir harf o‘rgatmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqqing yuz ganj ila.
1-o’quvchi:
Umr chamanini bilimlar bezar,
Olamda zahmatla topmoqdasiz nom.
Ko‘ngilning tubida tilaklar kezar,
Mo‘tabar ustozim, sizga ehtirom!
2-o’quvchi:
Olimu fozillar, oqillar bo‘lmas,
Agarchi dunyoda ustoz bo‘lmasa.
Aziz avliyolar, shayx, mashoyixlar
Bo‘lmasdi dunyoda ustoz bolmasa
3-o’quvchi:Ilk maktabga qadam qo‘ygan kunimizdan ustozlarimiz ko‘magida buyuk bobolarimizni tanidik. Ularning ezgu ishlarini, xizmatlarini o‘qib, o‘rgandik.
4-o’quvchi:Biz Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek kabi ulug’ ajdodlarimizning munosib avlodlarimiz. Biz Vatanning ertasi, yorqin kelajagi hamda uning himoyachilarimiz."Maktab ulug‘ dargoh, ustoz buyuk zot. Inson qalbiga yo‘l avvalo ta’lim va tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bolsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir!"
1-o’quvchi :
Ota-ona vujud me’mori bo‘lsa,
Muallim qalb me’moridir.
Ustoz qayda bolsa ulug‘lik bo‘lar,
Bilim qayda bolsa, buyuklik bo’lar.
Do'stlaringiz bilan baham: |