1-boshlovchi: Kimdir savol berdi aytgil Muhammad yolg’iz sen rahimsan butgul olamda, kimga ko’p yaxshilik qilay o’zing ayt, ota-onamgani yoxud bolamga? 2-boshlovchi



Download 26,48 Kb.
Sana05.06.2022
Hajmi26,48 Kb.
#639489
Bog'liq
8-mart senariysi


Sahna bayramona bezatiladi. «Onajon, sizga ta'zim!» shiori osiladi. Tadbirga ota-onalar, ustozlar taklif etiladi.

Davraga boshlovchilar chiqib keladi





  • 1-boshlovchi: Kimdir savol berdi aytgil Muhammad

      • yolg’iz sen rahimsan butgul olamda,

      • kimga ko’p yaxshilik qilay o’zing ayt,

      • ota-onamgani yoxud bolamga?

2-boshlovchi: Rasul javob qildi tingla birodar,
gapimni uch bora quloqqa olgin,
imkon topa olsang dunyoda agar
eng avval onanga yaxshilik qilgin.


Ikkalasi:
Bu hikoyat sharhini o’yladim uzoq
rostan ona erur qiblai olam
garchan padarimiz azizdir biroq
Onadan tug’ilgan payg’ambarlar ham.
1-Boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz ustozlar, mo`tabar, munis onajonlar!
2-boshlovchi: Lobar opa singillaru, maktabimizning qadrli o`quvchilari!
1-boshlovchi: Barchangizga bugungi bayram muborak bo`lsin.
2-boshlovchi: 6-B sinf o`quvchilarining onajonlarga bag`ishlab tayyorlagan tadbiriga xush kelibsiz.
1-boshlovchi: Olamni munavvar aylagan zot bu Ona. Ona so’zi uch harfdan iborat bo’lib,”O”-oriyat,”N”-Nafosat,”A”-andisha degan ma’nolarni bildiradi. Ona go’zallik, donolik timsolidir.
2-boshlovchi: Ona-chashma farzandlar ana shu chashmadan oliyjanoblik, ezgulik, umuman insoniylik sharobini shimirib chanqog’ini qondiradilar. Ona aziz va motabar siymo. Onalarimiz haqidagi rivoyatlar, hikoyalar necha asirlar osha ana shu ulug’ siymolarning yaxlit ramzi sifatida saqlanib kelmoqda. Ona buyuk zot. Ona o’zida nafosat latofat, sadoqatni aks ettiruvchi zot.Dunyoga keltirib, to mukammal bo’lgunimizcha rohat farog’atdan kechadi.
1-boshlovchi: Onalar haqqini tirikligida ado etish kerak zero o’lganida qabrtosh qo’ydirishdan ne hojat.
Ba’zi farzandlar onalariga tik qarab hattoki qo’l ko’tarishgacha boradilar. Onaning qarzidan hech vaqt qutila olmaymiz.
2-boshlovchi: Keling shu o`rinda onajonlarga bag`ishlangan qo`shiq tinglasak;
Qo`shiq: «Onajonim» O`g`il bolalar ijrosida
1-boshlovch:
Onam mening bahtim
Mening hayotim,u mening borlig’im, ko’kdagi oyim.
Yuragimda o’chmas mangu bayotim
Xudoyim onamni asragin doim.
2-boshlovchi:
Tongda turib menga taxtlar tilagan
O’tirsa tursa ham baxtlar tilagan
Yig’lasam yupatib boshim silagan
Xudoyim onamni asragin doim.
1-boshlovchi: Onajonlarimiz haqida har qancha kuylasak, ta'rifiga she'rlar bitsak oz. Hech bir shoir yo`qki, ona haqida she'r bitmasa.

2-boshlovchi: Keling endi navbatni ana shunday she'rlarga bersak-da o`quvchilarimiz tomonidan yod olingan she'rlardan tinglasak


She'r: _____________________________________________________________




1-boshlovchi:
Elas-elas esimda, bolaligim pallasi
Ruhimga kuch beradi, onajonim allasi.
Alla, qizim bolajon,tunda uhlab tong uyg’on.
Sarviqomat bir qiz bo’l,ulg’ayib quvvatga to’l.


2-boshlovchi:
Ovoz beraman mayin, yoqar edi quloqqa,
Ohangiga mast bo’lib, ketar edim pinakka.
Noming azizligin,boisi shunda
Ona barmoqlarin, tafti bor unda.
1-boshlovchi: Dunyodagi eng yoqimli qo`shiq ona allasi. Onalarimizning butun mehrini va sadoqatini o`zida aks etgan alla ohangi hech birimizni befarq qoldirmaydi.


2-boshlovchi: keling, endi ana shunday go`zal allani tinglasak


Alla ijro etiladi: Endi yana navbatni she'rlarga beramiz:


_____________________________________________________________
Raqs: Qizlar ijrosida


1-boshlovchi:
Dunyo ko`rinsa gar menga zim-ziyo,
Omad ham qilmasa bir karra qiyo,
Ko`rinsa har nima shunchaki ro`yo
Onam der-jon boam o`zingni asra.

2-boshlovchi:


Do`stlarim dushmanni ishini qilsa,
Dushmanim bildirib ortimdan kulsa,
Ikkisi bir bo`lib pichoqlar ursa,
Onam der-jon bolam o`zingni asra.

Sahna ko`rinishi___________________________________________


Raqs: O`g`il bolalar ijrosida

1-boshlovchi:  Odatda onani Mehribon volida deymiz.Chunki har bir inson uchun onadan mehribon va yaqin kishi yoq, ona siz bilan bizni dunyoga keltirib, ko’z qorachig’idek asrab-avaylab voyaga yetkazibgina qolmay, hamma vaqt quyosh yanlig’ hayotimizga nur ato etadilar,tunimizni yorug’,yolimizni oydin qiladilar.


2-boshlovchi: Ona muqaddas ona aziz va mo’tabar siymo. Ona ulug’lik go’zallik donolik timsoli. Ona hayot chashmasi . Ana shu chashma bor ekan biz hayotmiz. Shunday ekan, hayot chashmalarimizni asraylik. Ularni qadrlaylik. Farzandlik burchimizni chin dildan bajaraylik.


Qo`shiq: « Bu mening onam»


Toshkent viloyati Parkent tumani
12-umumiy o`rta ta'lim maktabining
6-«B» sinfida «Onam mening hayotim»
mavzusida o`tkazilgan tadbir
senariysi
Download 26,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish