4-boshlovchi: Navro’zning kelib chiqishi haqida ko’plab fikrlar, afsonalar mavjud. Masalan, zardushtiylar davridagi ba’zi bir tushunchalarga qaraganda, yaxshilik xudosi Ahuramazda bahor va yozda, yomonlik xudosi Ahriman kuzda va qishda hukmdorlik qilar emish. Bahorning birinchi kunida yaxshilik xudosi yomonlik xudosi ustidan g’olib chiqqan. Muqaddas sana deb uni bayram qilishgan. Bu sana Navro’z bayrami deb tan olingan emish.
1-boshlovchi: Qadimiy afsonalarga ko’ra, Odam Ato va Momo Havo uchrashgan kun Navro’z bayrami deb tan olingan emish. Firdavsiyning “Shohnoma “sida esa yangi yil, ya’ni Navrozning vujudga kelishi shoh Jamshid nomi bilan bog’lanadi. Vaqt o’tib ,bu bayram rivojlangan. U “Yil boshi “ vazifasini o’tay boshlagan. Ana shundan boshlab Navzo’z bayrami nishonlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |