3-boshlovchi: Assalomu alaykum aziz ustozlar, qadrli ishchi- xodimlar va bilimga chanqoq o’quvchilar. Bahor bayramingiz muborak bo’lsin!
4-boshlovchi: Assalomu alaykum, shodiyonamiz ishtirokchilari. Sizlarni Navro’z – bahor, ezgulik, mehr-oqibat va saxovat bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Bugungi she’r-u g’azallar, kuy-qo’shiqlar - barcha- barchasi sizlar uchun.
1-boshlovchi: Darhaqiqat, Navro’z – yashnash va yasharish bayrami, tabiatning uyg’onishiga guvoh bo’lmish yangi kunning boshlanishidir.
2-boshlovchi: “Navro’z” forscha so’z bo’lib, “yangi kun” degan ma’noni anglatadi. Sharq xalqlari tomonidan yilning 21-mart kuni kecha va kunduz tenglashgan kun – yangi yil, Navro’z bayrami sifatida keng nishonlanadi. U dehqonlar uchun ekin-tikin ishlarining boshlanish pallasiga to’g’ri keladi. Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy bu kunni shunday ta’riflaydi:
Vasli aro ko’rdim, teng emish bo’yi-yu sochi,
Tun-kun ekan zohir o’lur bo’ldi chu Navro’z.
3-boshlovchi: Mustaqillik yillarida bu ko’hna bayramning ikkinchi umri boshlandi. Navro’z bayrami ilgari hech qachon ko’rilmagan ko’lam va shukuh-la madaniy hayotimizdan munosib o’rin oldi.
4-boshlovchi: Ha, Navro’z bayrami xalqimizning qadimiy va o’lmas an’analarini o’zida jo qilgan milliy bayramimizdir. Bugungi shodiyona kun bilan barchangizni yana bir bor tabriklab, tadbirni ochib berish uchun so’z navbatini maktab-internat direktori, hurmatli ustozimiz Ilyos Ortiqovich Qo-dirovga beramiz.
1-boshlovchi: Bugun Navro’z bayrami,
Zo’r tantana, hamma shod.
Ona yurtda quvnaymiz,
Baxtiyormiz umrbod.
2-boshlovchi: Navro’z keldi yurtimga,
Dalalarga shoshaylik.
Keling, do’stlar, barchamiz,
Kuy, qo’shiqlar kuylaylik.
3-boshlovchi: - Har bir xalqning o’ziga xos qadriyat, an’analari bor. Ular millat bilan birga yashaydi, birga ulg’ayadi, taraqqiy topadi. Xalqimizning tarixi va madaniyatining bir bo’lagi bo’lgan Navro’z ham har yili yangilanib borayotgan ulug’ va navqiron bayramdir.
4-boshlovchi: - Tarixiy manbalarda, jumladan, Mahmud Koshg’ariy, Beruniy, Umar Hayyom, Alisher Navoiy kabi allomalamiz asarlarida Navro’z bayrami, u bilan bog’liq urf-odatlar haqida ko’plab ma’lumotlar mavjud. Abu Rayhon Beruniy o’zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida Navro’z haqida fikr yuritadi. Alisher Navoiy Navro’z haqida gapirar ekan, “Har tuning qadr o’lubon, har kuning o’lsun Navro’z” deydi.
1-boshlovchi: Bugungi bayramni ko’tarinki ruhda o’tkazish uchun maktab-internatimizning 9-sinf bitiruvchi o’quvchilari kamtarona bayram dasturi tayyorlaganlar. Bahorni sog’ingan qalblar uchun ko’klam haqidagi qo’shiqni e’tiboringizga havola etamiz.
(9-“A” sinf o’quvchisi O.G’aniyev tomonidan “Fasli navbahor o’ldi” qo’shig’i ijro etiladi).
2-boshlovchi: Yurtim! Ilhomimga sarchashma o’zing,
Birdek aziz menga yozing, ham kuzing.
Bu kun bahoringga she’r aytmoqchiman,
Vatanim, muborak bo’lsin Naro’zing.
3-boshlovchi: Boshingda hurriyat quyoshing bordir,
O’z tug’ro, bayrog’ing, yurtdoshing bordir.
Maqsading, g’ayrating, bardoshing bordir,
Vatanim, muborak bo’lsin Navro’zing.
4-boshlovchi:-Navro’z –yangi kun, yangi fasl,yangi yil demakdir.Xalqimiz uni yilboshi deb ham ataydi. Navro’z biz uchun millatning ulug’ kuni , yosharish, yangilanish, yuksalish bayrami bo’lib qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |