2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirish imkoniyatlari.
O’rta maktabni bitirib, mustaqil hayotga qadam qo’ygan har bir yosh qanday ixtisos egasi bo’lishidan qat’iy nazar, unda avvalo ekologik madaniyat shaklllangan bo’lishi va bu sohada nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lishi kerak. Ekologik madaniyat ekologik ta‟lim- tarbiyaning tarkibiy qismi bo’lib, maktabda barcha fanlarni o’qitish jarayonida amalga oshiriladi. Ekologik ta‟lim-tarbiya deganda o’quvchilarga muayyan maqsadda pedagogik ta’sir ko’rsatish tushuniladi. Olamdagi narsalarning hammasi, butun borliq, mavjudod, tevarak-atrof, dala, tog’, adir, o’rmon, er, suv, havo,daryo, tabiat pokligi va ifloslanishi, yer tarkibining buzilishi, yerning sho’rlanishi – hamma-hammasini muhofaza etish ekologik ta‟lim mazmunini tashkil etadi. Ekologik tarbiya vazifalariga jonli va jonsiz tabiatni asrash, yerning zahlanishi, so’lim maskanlar, qushlar va hayvonlarning yo’q bo’lib ketishining oldini olish, ariqqa mag’zavalar va har xil iflos narsalarni to’kishning oldini olish, xonadon, ko’cha va maydonlarning tozaligi uchun kurash kabilar kiradi. O’quvchilarning avvalo uyda ota-onalaridan, bog’chada tarbiyachilaridan, maktabda o’qituvchilaridan ekologik ta‟lim-tarbiya olishi reja asosida tashkil etiladi. Ota-ona farzandiga ekologik tarbiyani uyda berib bormasa maktabda berilgan 5-6 soatgina dars bunday tarbiya uchun yetarli emas. Ba’zi ota-onalar farzandlariga qo’lidan kelganicha uyni ozoda tuting chang to’zon qilmang, o’simliklarni behuda yulmang, qushlarni o’ldirmang, hayvonlarga ozor bermang, ekinlar ustidan yo’l solmang, oftobda ko’p yurmang, suvni iflos qilmang, ko’zingizga qarab yuring kabi nasihatlarni beradi. Shuning o’zi ekologik tarbiyaning boshlang’ich kurtaklaridir. Ayrim ota-onalar bu 37 masalaga e’tiborsizlik bilan qaraydilar yoki erinchoqlik bilan shularni eslatib turishni og’ir yuk deb biladilar. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda ekolgik madaniyat haqidagi tushunchalarni shakllantirish, ularga ruhiy – hissiy ta‟sir etish bilan birga tabiatga bo’lgan muhabbat, uning go’zalliklaridan zavq olish kabilarni kamol toptirish muhim ahamiyatga ega. Ekologik madaniyat o’quvchilarda tabiatni asrash, unga oqilona munosabanda bo’lish singari ko’nikma va malakalarni shakllantiradi. Har bir o’quvchida jamiyat va insoniyat oldida, shuningdek, tabiatga bo’lgan munosabatda o’z burchini anglash kabi maz‟uliyatni rivojlantiradi. Ekologik madaniyatni shakllantirish uchun esa muntazam tarbiyaviy ta‟sir zarur. Maktabda ekologik tarbiyani har bir darsga tiqishtiraverish ham o’rinli emas. Ro’znoma va oynomadagi maqolalardan, badiiy asarlardan misollar keltirib, turmushga, hayotga bog’lab uning foydasi tushuntirilsa o’quvchi ongiga yaxshi yetib boradi. Hamma gap o’qituvchining ekologik bilimiga ega bo’lishida va uni o’quvchiga yetkazish mahoratiga bog’liq. Bilim bo’lgani bilan mahorat yetishmasa, asosiy maqsadga erishib bo’lmaydi. Hozirgi kunda g’oyat katta ehtiyoj bo’lishiga qaramasdan, o’rta maktab o’quvchilariga umumlashgan ekolgik bilim beradigan yangi maxsus o’quv predmeti yo’q. Hozircha bunday bilimlar majmuasi barcha tabiatshunoslik, ijtimoiy va gumanitar fanlarni o’qitishda ekologiya manfaatlariga yondoshish asosida hal etilmoqda. Ekologiya ta‟lim-tarbiya umumiy pedagogik muammo bo’lib, o’z ichiga umuminsoniy ijobiy normalarni “Tabiat – jamiyat – inson” majmuasidagi masalalarni oladi. Umumlashgan tarzda olganda o’rta maktabdagi ekologik ta‟lim – tarbiya g’oyaviy, axloqiy, siyosiy, estetik, iqtisodiy, huquqiy va boshqa tarbiya sohalarini bog’lovchi muhim mexanizm hisoblanadi. Ekologik madaniyatni tarbiyalashning mazmuni quyidagilarni o’z ichiga oladi: Atrof – muhit va uning shaxs ma’naviy dunyosiga ta’siri; 38 Tabiat va uning ahamiyatini anglash; Tabiatga muhabbatni rivojlantirishda maktab va oila hamkorligi; Atrof – muhit muhofazasi, bunda bolalarning vazifalari; Tabiatga ongli munosabat jarayonida o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish; Yoshlarni ekologik tarbiyalashda milliy an’ana va udumlarni qayta tiklash, ularga e’tiborni kuchaytirish. Ekologik madaniyatni shakllantirishdan bosh maqsad ham yosh avlodga atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Ekologik tarbiyalash jarayonida yoshlar tabiat boyliklarini tejab – tergashga o’rgata boriladi. Hozirgi maktab oldida turgan dolzarb muammolardan biri, ta‟lim va tarbiya mazmunini milliylashtirishdir. Xo’sh, ekologik madaniyat tarbiyasini amalga oshirishda milliy poydevor mavjudmi? – degan savolga hech ikkilanmasdan, mavjud deb javob berishga haqli manba bor. Xalq tajribasi – yosh avlodga ekologik bilim - tarbiya berishning asosidir. Dono o’zbek xalqining ko’p ming yillik tarixi, barqaror shakllangan urf-odati, xalq maqollari boy milliy-madaniy merosi yuqoridagi fikr isbotidir. Boshlang ich sinf o’quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirishda quyidagilarga e‟tibor qaratish zarur: - Ekologik muammolar va tabiatni muhofaza qilish masalalarini kichik maktab o’quvchilarining yoshiga mos tushunishlari: - Boshlahg’ich sinfda ekologtk ta’lim-tarbiyaning umumiy metodologik va nazariy asoslarini ishlab chiqish: - Boshlang’ich sinf o’quvchilarini e’tiborga olgan holda, ekologik materiallar mazmunini boyitish va kengaytirish hamda ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida fanlararo aloqalarni hisobga olgan holda, egallanadigan 39 bilimlar va ularning amalda tadbiq etilishining tarkibiy qismi sifatida qarab chiqish; - ta’limning barcha darajasida o’quvchilar ekologik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish bosqichlarini tavsiflash; - atrof muhitni yaxshilash sohasida o’quvchilarning amaliy faoliyati turlari tuzilmasi va axborot vositalaridan foydalanishni ishlab chiqish; - barcha o’qituvchilarni ekologik ta’lim-tarbiya masalalari bo’yicha tayyorlash hamda malakasini oshirishni ilmiy-metodik jihatdan asoslash kabi muammolar muhim ijtimoiy ahamiyatga ega. Boshlang’ich sinflarda bolalar tabiatshunoslik darslari materialini o’rganish orqali tabiatga, vatanga, ona zaminga qanday munosabatda bo’lishni o’rganadilar. Bunda bolalarni tabiatni sinchkovlik bilan kuzatishga o’rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki boshlang’ich sinfda tabiatni muhofaza qilishga o’rgatish, ularga tabiatga mehr-muhabbat uyg’otish uchun quyidagilarga ahamiyat berish lozim: 1. Bolalarni oilada suvni tejash, e‟zozlash, hovuz, ariqlarni chiqindilardan muhofaza qilishga o’rgatish. 2. “Ma‟naviyat” darslarida “Ona tabiatni asraylik” kabi mavzularda suhbatlar o’tkazish. 3. Tabiat qo’yniga sayohat uyushtirish. 4. Har bir sinfda jonli burchaklar tashkil etish. Davlat ta‟lim standartlariga muvofiq o’quvchilarni tevarak-anrof, tabiat va uning boyliklarini asrab-avaylashga o’rgatish, o’quvchilar xona o’simliklari, uy hayvonlarini parvarish qilish, maktab atrofidagi mevali va manzarali daraxtlarni parvarishlash orqali atrofdagi hayot, tabiat hodisalari haqidagi tushunchalarini rivojlantiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |