1. Bolalar jismoniy



Download 31,3 Kb.
bet4/5
Sana21.01.2022
Hajmi31,3 Kb.
#395600
1   2   3   4   5
4.Jismoniy tarbiya dasturlarining tasnifi.

Jismoniy tarbiya metodikasining asosiy tushunchalari
1. Jismoniy rivojlanish.
2. Jismoniy tayyorligi.
3. Jismoniy kamolot.
4. Jismoniy tarbiya.
5. Jismoniy tayyorgarlik.
6. Jismoniy ta’lim.

7. Jismoniy mashqlar.




8. Harakat faoliyati.
9. Sport.
10.Jismoniy madaniyat.
11.Jismoniy harakatlar.

Jismoniy rivojlanish bu kishi organizmi shakl va funktsiyalarining o’zgarish jarayonidir. «Jismoniy rivojlanish» iborasi tor ma’noda qo’llanilganda, u antropometrik va biometrik ko’rsatkichlarni anglatadi (buy, gavda og’irligi, ko’krak qafasi aylanasi, o’pkalarning tiriklik sig’imi, qaddiqomatining holati) va boshqalar. «Jismoniy rivojlanish» iborasi keng ma’noda qo’llanganda unga jismoniy sifatlar (tezkorlik, epchillik, egiluvchanlik, muvozanat saqlay olish, ko’z bilan chamalash, kuch, chidamlilik) ham kiritiladi. Jismoniy tayyorligi bu harakat ko’nikmalari, malakalari, jismoniy sifatlarning me’yoriy ko’rsatkichidir.




Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun barcha asosiy jismoniy mashq turlari bo’yicha me’yoriy ko’rsatkichlar va ularni bajarish sifatiga qo’yiladigan Ular «Bolajon» tayanch dasturida ko’rsatib berilgan.
Jismoniy kamolot bu jismoniy rivojlanishning tarixan shakllangan darajasi va sog’liqning, hayotga, mehnatga va Vatan himoyasiga har tamonlama jismoniy tayyorlanganlikning eng yuqori bosqichidir. «Jismoniy kamolot» o’sib boradigan ijtimoiy ehtiyojlar ishlab chiqarish, shuningdek kishilar ehtiyojining o’sishiga qarab o’zgarib turadi.
Jismoniy tarbiya bu jismoniy kamolotga erishishga yo’naltirilgan pedagogik jarayondir. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, ahlokiy, estetik va mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi.

jismoniy tarbiya — madaniyatning insonni jismoniy tarbiyalash, jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik orqali jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish, uning qobiliyatini va harakat faolligini takomillashtirish, sog’lom turmush tarzi ko’nikmalarini shakllantirish, ijtimoiy moslashtirish maqsadida jamiyat tomonidan yaratiladigan hamda foydalaniladigan qadriyatlar, normalar va bilimlar yig’indisidan iborat bo’lgan qismi;

jismoniy tarbiyalash — yuksak madaniyatga ega bo’lgan har tomonlama etuk hamda jismonan sog’lom insonni shakllantirish maqsadida shaxsni tarbiyalashga, insonning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishga, uning jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan jarayon;

Jismoniy tayyorgarlik bu jismoniy tarbiyaning kasbiy yo’nalganligidir (aktyor, uchuvchi, kosmonavt…va boshqalarning jismoniy tayyorgarligidir). U konkret kasb xususiyatiga ko’ra o’tkaziladigan jismoniy mashqlarning vazifalari, vositalari, o’tkazish metodikasining o’ziga xosligi bilan xarakterlanadi. Jismoniy ta’lim jismoniy tarbiyaning maxsus bilimlar, harakat
ko’nikma va malakalarini egallashdan iborat bir turi. Jismoniy mashqlar harakatlar, harakat faoliyatlari, harakat faoliyatining murakkab turlari (harakatli o’yinlar) bo’lib, ular jismoniy tarbiya vazifalarini hal etish uchun vosita sifatida tanlab olingan. «Mashq» iborasi harakat faoliyatini bir necha bor takrorlash jarayonini ifodalaydi. Sport bu musobaqa jarayonida namoyon bo’ladigan, u yoki bu jismoniy mashq turida eng yuqori natijaga erishishga yo’naltirilgan maxsus faoliyatdir.

Jismoniy madaniyat umumiy madaniyatning bir qismi, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida to’plangan inson jismoniy kamoloti sohasidagi moddiy va ma’naviy boyliklari majmuasidir. Moddiy boyliklarga sport inshootlari (stadionlar, sport zallari, basseynlar, tennes kortlari…), jismoniy tarbiya jihozlari, maxsus kiyim, poyabzal… kiradi, shuningdek kishilarning jismoniy kamolot darajasi ham kiradi. Ma’naviy boyliklarga esa jismoniy tarbiya haqidagi fan va san’at asarlari (adabiyot, haykaltaroshlik, rang-tasvir, grafika, muzika …) mansub. Jismoniy harakat ijtimoiy harakatning o’z oldiga aholi jismoniy tarbiyasi darajasini oshirish va sportni rivojlantirishga yordam berishni maqsad qilib qo’ygan maxsus turi. U davlat, jamoat tashkilotlari va xalq ommasining jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish sohasidagi maqsadga yo’naltirilgan faoliyatini ko’zda tutadi.

Jismoniy rivojlanish- inson organizmining asta-sekinlik bilan tabiiy sharoitda shakillanishi- tashqi ko’rinishi va harakat faoliyatining o’zgarishi jarayonidir.

Rivojlanishning o’sib borishida uchta fazani ajratish mumkin: rivojlanish darajasining ko’tarilishi, nisbatan barqarorligi va inson jismoniy imkoniyatlarining asta-sekin pasayishi. eng jo’shqin rivojlanish maktabgacha va kichik maktab yoshiga to’g’ri keladi hamda maktabda ta’lim olishning barcha davrlari mobaynida davom etadi.

Jismoniy rivojlanish ob’ektiv biologik qonunlarga bo’ysunadi. Bu qonunlardan eng muhimi muhit va organizm rivojlanishining birligi qonunidir. O’qituvchi bolalarning dam olishini tashkillashtirishi, mustaqil ishlar va mehnatni, o’qish sharoitini hisobga olishi kerak. Bularning hammasi bolalarning jismoniy rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadigan omillardir.

Jismoniy rivojlanish uchun shart-sharoit yaratish iste’dodli bolalarni tanlab olishga imkoniyat yaratadi. Chunki iste’dod nasldan-naslga o’tadi. Shuning uchun yuqori sport natijalariga har qanday o’quvchi ham erisha olmaydi. Har bir shug’ullanuvchi maqsadga yo’naltirilgan mashg’ulotlarga muntazam, vijdonan ishtirok etish sharoitida o’zining jismonan yaxshi rivojlanishini ta’minlashi mumkin, biroq organizm himoyasi va mehnatda munosib muvaffaqiyatlarga erishish uchun sharoitlar yaratish zarur. Bunday rivojlanishga erishish uchun Jismoniy tarbiya nomini olgan maxsus yo’naltirilgan va tashkillashtirilgan faoliyatdan foydalaniladi.



Jismoniy ta’lim

Jismoniy ta’lim o’quvchilarning muayyan bilimlarni egallashi, jismoniy mashqlarni bajarishi va ularni hayotga tatbiq eta olishini ko’zda tutadi.

Jismoniy sifatlarni tarbiyalashga quyidagilar kiradi: kuch va tezkorlikda namoyon bo’lish natijalarini oshirish, chidamlilik, chaqqonlik ko’nikmalarini yaxshilash. Yagona jarayonning bu tomonlari o’zaro mustahkam bog’langan, masalan, agar o’quvchilar yugurish mashqlarini, ularning texnikasini o’zlashtirish maqsadi bilan ko’p marta takrorlasalar, u holda bir vaqtning o’zida kuch, tezkorlik, chidamlilik ham tarbiyalanadi. Ikkinchi tomondan yugurish mashqlari katta tezlik bilan (tezlikni tarbiyalash uchun) ko’p marta bajarilsa, bu texnikaning takomillashishiga va mustahkamlanishiga ko’maklashadi.

«Jismoniy kamolot» - bu har tomonlama rivojlanishning va odamda harakat qilishga tayyor bo’lib turishini tarixiy vujudga kelgan darajasi bo’lib, ishlab chiqarish harbiy turmush sharoitiga eng yaxshi moslanish imkoniyatini, yuksak ish qobiliyatini va hayotiy muhim funktsiyalarning normal o’sishini ta’minlaydi.

«Jismoniy kamolot» - to’liq salomatlik bilan xarakterlanib kishining uzoq vaqt faol hayotiy va boshqa bir qancha ko’rsatkichlar - har qanday tashqi muxit sharoitida jismoniy va aqliy ish qobiliyatini har tomonlama va yuqori darajada jismoniy va irodaviy sifatlarni, katta masshtabdagi harakat ko’nikmalarini va tana shaklini garmonik rivojlantirishdan iboratdir.

Jismoniy tayyorgarlik - sog’liq, jismoniy rivojlanish hamda hayotga, maktabga va Vatan mudofaasiga jismoniy tayyorgarlikning yuqori darajasini o’z ichiga oldi. Misol: Jismoniy mashqlar va sport bilan shug’ullangan va shug’ullanmaydiganlar bilan taqqoslash; albatta sport bilan shugullangan o’kuvchilarning jismoniy tayyorgarligi nisbatan yuqori bo’ladi.



Sport - jismoniy madaniyatning komponenti sifatida.

Oldin aytib o’tilganga ko’ra zamonaviy sport turlarining ko’pchiligi jismoniy madaniyat maxsus elementlari sifatida shakllana borgan. Boshqa komponentlarga qaraganda sport jismoniy sifatlarni va u bilan bevosita bogliq bo’lgan inson qobiliyatlarini asta rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratib berilgan.

Sportning maxsus funktsiyalari "yuqori sport yutuqlarida va ommaviy sportda" bir xil ifodalanmagan. Katta sport yuqori natijalarni ko’rsatishga, rekord natijalarni ko’rsatishga, butun imkoniyatlarini shu natijani ko’rsatish uchun sarflaydi, muntazam mashq qilib tayyorgarlik ko’radi. Ommaviy sport - ommaviylikni oshirishiga imkoniyat yaratadi. Jismoniy madaniyat negizining asosiy qismlaridan biri bu umumiy jismoniy tayyorgarlikni saqlashga va oshirishga qaratilgandir.


Download 31,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish