1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk]
16-BOB
XUSUSIY MULK
207-modda. Xususiy mulk huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy mulk huquqi shaxsning qonunchilikka muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir.
(207-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi 11-moddasining uchinchi, to‘rtinchi qismlari, “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonun 7-moddasining 1-bandi, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun 2-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari.
208-modda. Xususiy mulk huquqining subyektlari
Fuqarolar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar va davlatga qarashli bo‘lmagan boshqa yuridik shaxslar xususiy mulk huquqining subyektlari hisoblanadilar.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 16, 58, 69, 74, 75-moddalari.
209-modda. Xususiy mulk huquqining obyektlari
Qonun bilan man etilgan ayrim ashyolardan tashqari har qanday mol-mulk xususiy mulk bo‘lishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 16, 169-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuni 4-moddasi.
210-modda. Uy-joy (kvartira)ga mulk huquqining vujudga kelish tartibi
Belgilangan tartibda ajratib berilgan yer uchastkasida qurilayotgan yangi uy-joyga mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(210-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlatga qarashli uy-joy (kvartira)ga mulk huquqi qonunchilikda nazarda tutilgan xususiylashtirish tartibida vujudga keladi.
(210-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Kooperativ uy-joyga, kvartiraga, garajga, chorboqqa va boshqa binolarga mulk huquqi kooperativ a’zosi pay badallarini batamom to‘lab bo‘lganidan keyin vujudga keladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 84-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 13-moddasi, 14-moddasining birinchi, yettinchi, sakkizinchi qismlari, 22-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasining 5-bandi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni, “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 02.05.1997-yildagi “Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida” 3-son qarori.
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |