1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-bob. Monopoliyaga qarshi organ



Download 148,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana25.11.2019
Hajmi148,75 Kb.
#27032
1   2   3
Bog'liq
O‘RQ-319-сон 06.01.2012


4-bob. Monopoliyaga qarshi organ

21-modda. Monopoliyaga qarshi organning vakolatlari

Monopoliyaga qarshi organ:

tovar  va  moliya  bozorlaridagi  raqobat  sohasidagi  normativ-huquqiy  hujjatlarni  ishlab

chiqadi hamda tasdiqlaydi;

xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  yoki  shaxslar  guruhining  tovar  yoki  moliya  bozorida

ustun mavqei mavjudligini aniqlaydi;

Tovar  yoki  moliya  bozorida  ustun  mavqeni  egallab  turgan  xo‘jalik  yurituvchi

subyektlarning davlat reyestrini yuritadi;

raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlariga  rioya  etilishi  ustidan,  shu  jumladan  tanlov

(tender)  va  birja  savdolarini  o‘tkazishda  qonun  hujjatlariga  rioya  etilishi  ustidan  nazoratni

amalga oshiradi;

qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarining

buzilishlarini aniqlaydi, ular bo‘yicha ishlar qo‘zg‘atadi va ularni ko‘rib chiqadi;

raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ish yuzasidan, shu jumladan

xo‘jalik  yurituvchi  subyektlardan  raqobatga  qarshi  harakatlar  natijasida  asossiz  ravishda

olingan  daromadni  (foydani)  olib  qo‘yish  va  jarima  solish  haqida  qonun  hujjatlarida

belgilangan tartibda qaror qabul qiladi;

qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarga,  davlat

boshqaruvi  organlariga,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlariga,  shuningdek  ularning

mansabdor  shaxslariga  raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzish  hollarini  bartaraf  etish

to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;

raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzganligi  uchun  xo‘jalik  yurituvchi

subyektlarni,  davlat  boshqaruvi  organlarini,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlarini,  ularning

mansabdor shaxslarini va boshqa jismoniy shaxslarni tegishli javobgarlikka tortadi;

litsenziyalashni  joriy  etish  yoki  bekor  qilish  to‘g‘risida,  bojxona  tariflarini  o‘zgartirish

to‘g‘risida,  kvotalarni  joriy  etish  yoki  bekor  qilish  haqida,  shuningdek  soliq  hamda  boshqa

majburiy  to‘lovlarni  to‘lash  bo‘yicha  imtiyozlar  berish,  imtiyozli  kreditlar  berish  va  davlat

tomonidan  qo‘llab-quvvatlashning  boshqa  turlarini  tatbiq  etish  yoxud  ularni  bekor  qilish

to‘g‘risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi;

raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlari  buzilganligi  bilan  bog‘liq  jinoyat  alomatlari

bo‘yicha  jinoyat  ishi  qo‘zg‘atish  haqidagi  masalani  hal  qilish  uchun  materiallarni  tegishli

organlarga yuboradi;

raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarining  qo‘llanilishi  va  buzilishi  bilan  bog‘liq

ishlarning sudda ko‘rib chiqilishida ishtirok etadi;

xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar,  davlat  boshqaruvi  organlari  va  mahalliy  davlat

hokimiyati organlari tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlar o‘tkazadi;

raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzgan  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar,  davlat

boshqaruvi  organlari  va  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlarining  reyestrini  yuritadi  va  e’lon

qiladi;


raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarining  qo‘llanilishi  masalalari  yuzasidan  o‘z

vakolatlari doirasida tushuntirishlar beradi.

Monopoliyaga qarshi organ raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi haqidagi,

shu jumladan:



davlat  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  va  yuridik  shaxslar

birlashmalarining  raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlariga  butunlay  yoki  qisman  muvofiq

bo‘lmagan hujjatlarini va harakatlarini haqiqiy emas deb topish haqidagi;

raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan bitimlarni (shartnomalarni)

o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi;

raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan bitimlarni (shartnomalarni)

butunlay yoki qisman haqiqiy emas deb topish haqidagi;

raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlari  buzilganligi  natijasida  olingan  daromadni

(foydani) belgilangan tartibda undirish haqidagi;

ushbu Qonunning 14 va 15-moddalarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra savdolarni va

mazkur  savdolar  natijasida  tuzilgan  bitimlarni  (shartnomalarni)  haqiqiy  emas  deb  topish

to‘g‘risidagi;

xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarni  majburiy  tarzda  bo‘lish  yoki  ajratib  chiqarish

to‘g‘risidagi;

raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlari  buzilishiga  yo‘l  qo‘ygan  shaxslarga  nisbatan

huquqiy ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llash haqidagi arizalar bilan sudga murojaat qiladi.

Monopoliyaga  qarshi  organ  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa  vakolatlarni  ham

amalga oshirishi mumkin.



22-modda. Axborot olish huquqi

Monopoliyaga  qarshi  organning  mansabdor  shaxslari  raqobat  to‘g‘risidagi  qonun

hujjatlariga  rioya  etilishi  ustidan  nazoratni  amalga  oshirish,  raqobat  to‘g‘risidagi  qonun

hujjatlari  buzilganligi  haqidagi  arizalar  va  ishlarni  ko‘rib  chiqish,  shuningdek  raqobatning

holatini  aniqlash  uchun  belgilangan  tartibda  xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  hujjatlarini,

axborotini olish va uning hududiga kirish huquqiga ega.



23-modda. Monopoliyaga qarshi organga axborot taqdim etish

Davlat  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari,  xo‘jalik  yurituvchi

subyektlar  va  ularning  mansabdor  shaxslari  monopoliyaga  qarshi  organning  talabiga  ko‘ra

unga zarur hujjatlarni va axborotni belgilangan tartibda tekin taqdim etishi shart.



24-modda.  Tijorat  sirini  yoki  qonun  bilan  qo‘riqlanadigan  boshqa  sirni  tashkil

etuvchi  ma’lumotlarning  monopoliyaga  qarshi  organ  tomonidan  oshkor  etilishini

taqiqlash

Monopoliyaga  qarshi  organ  ushbu  Qonunga  muvofiq  o‘ziga  berilgan  vakolatlarni

amalga  oshirishi  munosabati  bilan  ma’lum  bo‘lib  qolgan  tijorat  sirini  yoki  qonun  bilan

qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas.

Monopoliyaga  qarshi  organning  xodimlari  tijorat  sirini  yoki  qonun  bilan

qo‘riqlanadigan  boshqa  sirni  tashkil  etuvchi  ma’lumotlarning  oshkor  etilishi  natijasida

yetkazilgan  zarar  uchun  javobgar  bo‘ladi.  Xo‘jalik  yurituvchi  subyektga  yetkazilgan  zararning

o‘rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi kerak.



5-bob. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish

25-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatlari

Davlat  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  hamda  xo‘jalik

yurituvchi subyektlar raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan taqdirda:

monopoliyaga  qarshi  organning  raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlari  buzilishlarini

bartaraf etish haqidagi ko‘rsatmasini belgilangan muddatda bajarishi;

yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi;



Oldingi tahrirga qarang.

(25-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli

Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)

26-modda. Etkazilgan zararning o‘rnini qoplash

Davlat  boshqaruvi  organi,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organi  tomonidan  raqobat

to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchi hujjat qabul qilinganligi natijasida xo‘jalik yurituvchi

subyektga  yoxud  boshqa  shaxsga  yetkazilgan  zararning  o‘rni  qonun  hujjatlarida  belgilangan

tartibda qoplanishi kerak.

Agar  davlat  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  va  ular

mansabdor  shaxslarining  raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzuvchi  harakati

(harakatsizligi)  tufayli  xo‘jalik  yurituvchi  subyektga  yoxud  boshqa  shaxsga  zarar  yetkazilgan

bo‘lsa,  u  holda  mazkur  zararning  o‘rni  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  qoplanishi

lozim.

Oldingi tahrirga qarang.

27-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Oldingi tahrirga qarang.

Yuridik  shaxslarning  mansabdor  shaxslari,  yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  xo‘jalik

yurituvchi  subyektlarning  raqobatni  cheklashga  olib  keladigan  yoki  olib  kelishi  mumkin

bo‘lgan  kelishib  olingan  harakatlari  va  kelishuvlari  uchun,  shuningdek  tovar  yoki  moliya

bozoridagi  ustun  mavqeini  suiiste’mol  qilganlik,  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarni  qo‘shib

yuborishda, qo‘shib olishda va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish

bo‘yicha  bitimlar  tuzishda  raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzganlik,  raqobat

to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzish  hollarini  tugatish  haqidagi,  dastlabki  holatni  tiklash

to‘g‘risidagi  ko‘rsatmalarni  bajarishdan  bo‘yin  tovlaganlik  yoki  o‘z  vaqtida  bajarmaganlik,

monopoliyaga qarshi organga axborotni taqdim etmaganlik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaganlik,

noto‘g‘ri  yoki  yolg‘on  ma’lumotlar  taqdim  etganlik,  tanlov  (tender)  yoki  birja  savdolariga  doir

monopoliyaga qarshi talablarni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.



(27-moddaning  birinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2018-yil  9-yanvardagi  O‘RQ-459-sonli

Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)

Ma’muriy  jazo  chorasi  qo‘llanilganligi  xo‘jalik  yurituvchi  subyektni  monopoliyaga

qarshi organning qarorini (ko‘rsatmasini) bajarish yoki raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida

nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish majburiyatidan ozod etmaydi.

Raqobatni  cheklovchi  va  raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  yo‘l  qo‘yib

bo‘lmaydigan  bitimlar  tuzganligi  hamda  kelishib  olingan  harakatlar  sodir  etganligi  haqida

monopoliyaga qarshi organga birinchi bo‘lib ixtiyoriy ravishda ma’lum qilgan shaxs ma’muriy

javobgarlikdan ozod qilinadi.



(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda —

O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(28-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2013-yil  7-oktabrdagi  O‘RQ-355-sonli  Qonuniga  asosan

o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)

6-bob. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishlarni qo‘zg‘atish va

ko‘rib chiqish. Monopoliyaga qarshi organning qarori va ko‘rsatmasini ijro etish hamda

bunday qaror va ko‘rsatma ustidan shikoyat berish

29-modda.  Raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzganlik  haqidagi  ishlarni

qo‘zg‘atish va ko‘rib chiqish

Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishlarni qo‘zg‘atish va ko‘rib

chiqish monopoliyaga qarshi organ tomonidan amalga oshiriladi.

Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishlarni qo‘zg‘atish va ko‘rib

chiqish  uchun  monopoliyaga  qarshi  organning  o‘z  tekshiruvlari,  o‘rganishlari,  yuridik  va

jismoniy  shaxslarning,  davlat  boshqaruvi  organlarining,  mahalliy  davlat  hokimiyati

organlarining arizalari hamda tegishli organlarning taqdimnomalari asos bo‘ladi.

Davlat  boshqaruvi  organlarining,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlarining  va  xo‘jalik

yurituvchi  subyektlarning  mansabdor  shaxslari  tomonidan  raqobat  to‘g‘risidagi  qonun


hujjatlari  buzilganligi  haqidagi  ishlarni  monopoliyaga  qarshi  organ  O‘zbekiston

Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq ko‘rib chiqadi.



30-modda.  Raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzganlik  haqidagi  ishda

ishtirok etuvchi shaxslar

Raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzganlik  haqidagi  ishda  ishtirok  etuvchi

shaxslar quyidagilardir:

o‘ziga  nisbatan  raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzganlik  haqida  ish

yuritilayotgan shaxs;

yuridik va (yoki) jismoniy shaxslarning vakili;

guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va boshqa manfaatdor shaxslar.

Raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzganlik  haqidagi  ishda  ishtirok  etuvchi

shaxslar  ish  qo‘zg‘atish  to‘g‘risida  ajrim  chiqarilgan  kundan  e’tiboran  ish  materiallari  bilan

tanishib  chiqishga,  bundan  davlat  sirlari  va  qonun  bilan  qo‘riqlanadigan  boshqa  sirni  tashkil

etuvchi ma’lumotlar mustasno, ulardan ko‘chirmalar olishga, og‘zaki va yozma tushuntirishlar

berishga,  dalillar  taqdim  etishga  va  ularning  tekshirilishida  ishtirok  etishga,  ishda  ishtirok

etayotgan boshqa shaxslarga savollar berishga, iltimosnomalar kiritishga hamda ishda ishtirok

etayotgan boshqa shaxslarning iltimosnomalari va vajlariga qarshi e’tirozlar bildirishga haqli.



31-modda.  Raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzganlik  haqidagi  ishlarni

qo‘zg‘atish va ko‘rib chiqish tartibi

Raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzganlik  haqidagi  ish  qo‘zg‘atilgan  kundan

e’tiboran  bir  oylik  muddat  ichida  ko‘rib  chiqiladi.  Alohida  hollarda,  ishning  murakkabligiga

qarab, mazkur muddat ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.

Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishni ko‘rib chiqish keyinga

qoldirilishi  yoki  to‘xtatib  turilishi  mumkin.  Ishni  ko‘rib  chiqishni  keyinga  qoldirish,  to‘xtatib

turish  va  tiklash  to‘g‘risida  monopoliyaga  qarshi  organ  tegishli  ajrim  chiqaradi,  mazkur

ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.

Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishlarni qo‘zg‘atish va ko‘rib

chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-sonli qarori

bilan  tasdiqlangan  “Raqobat,  tabiiy  monopoliyalar,  iste’molchilarning  huquqlarini  himoya  qilish  va

reklama  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzganlik  uchun  ish  qo‘zg‘atish  va  ularni  ko‘rib  chiqish  tartibi

to‘g‘risida”gi nizom.

32-modda.  Raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzganlik  haqidagi  ish

yuzasidan monopoliyaga qarshi organning qarori

Monopoliyaga qarshi organ raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi

ishni mohiyatan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:

raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarining  buzilganligi  fakti  aniqlanishi  va  tegishli

huquqiy ta’sir choralarini ko‘rilishi haqida;

ish yuritishni tugatish haqida qaror qabul qiladi.

Monopoliyaga qarshi organ:

raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi faktlari tasdiqlanmagan taqdirda;

o‘ziga  nisbatan  ish  yuritilayotgan  yuridik  shaxs  tugatilgan  yoki  jismoniy  shaxs  vafot

etgan taqdirda;

monopoliyaga  qarshi  organ  ko‘rib  chiqayotgan  raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini

buzganlik  haqidagi  ish  yuzasidan  sud  tomonidan  qaror  qabul  qilingan  taqdirda,  raqobat

to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishni yuritishni tugatadi.

Monopoliyaga  qarshi  organning  raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzganlik

haqidagi ish yuzasidan qarori darhol e’lon qilinishi lozim.

Monopoliyaga  qarshi  organning  raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzganlik

haqidagi ish yuzasidan qaroriga asosan, o‘ziga nisbatan qaror qabul qilingan shaxsga ko‘rsatma


beriladi.

33-modda. Monopoliyaga qarshi organning ko‘rsatmasini ijro etish

Monopoliyaga  qarshi  organning  ko‘rsatmasi  unda  belgilangan  muddatda  ijro  etilishi

lozim.  Ko‘rsatmani  muddatida  ijro  etmaganlik  ushbu  Qonun  va  boshqa  qonun  hujjatlarida

nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Monopoliyaga  qarshi  organning  ko‘rsatmasini  unda  belgilangan  muddatda  ijro

etmaganlik deganda ko‘rsatmani ijro etishni rad qilish yoki qisman ijro etish yoxud o‘z vaqtida

ijro etmaslik tushuniladi.

Monopoliyaga  qarshi  organ  tomonidan  ko‘rsatma  berilgan  shaxslar  ko‘rsatmani  ijro

etish muddatini uzaytirish to‘g‘risida iltimosnoma berishi mumkin. Iltimosnomada ko‘rsatilgan

holat uzrli deb topilgan taqdirda, monopoliyaga qarshi organ ko‘rsatmani ijro etish muddatini

uzaytirishga haqli.

Monopoliyaga  qarshi  organ  o‘z  ko‘rsatmalari  ijro  etilishi  ustidan  nazoratni  amalga

oshiradi.

Oldingi tahrirga qarang.

34-modda.  Monopoliyaga  qarshi  organning  qarori  (ko‘rsatmasi)  ustidan  shikoyat

qilish

Raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzganlik  haqidagi  ishda  ishtirok  etuvchi

shaxslar  monopoliyaga  qarshi  organning  qarori  (ko‘rsatmasi)  ustidan  bevosita  sudga  yoki

bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilishga haqli.

Monopoliyaga  qarshi  organning  qarorlari  (ko‘rsatmalari)  ustidan  bo‘ysunuv  tartibida

yuqori  turuvchi  organga  yoxud  mansabdor  shaxsga  shikoyat  qilinishi  sudga  shikoyat  qilish

huquqini istisno etmaydi.

Monopoliyaga  qarshi  organning  qarorlari  (ko‘rsatmalari)  ustidan  sudga  shikoyat

qilinishi  ularning  ijro  etilishini  sudning  hal  qiluv  qarori  qonuniy  kuchga  kirguniga  qadar

to‘xtatib  turadi,  bundan  favqulodda  vaziyatlar,  epidemiyalar  hamda  aholining  hayoti  va

sog‘lig‘iga  boshqa  haqiqiy  xavf  yuzaga  kelishining  oldini  olish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  qarorlar

(ko‘rsatmalar) mustasno.



(34-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda —

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)

35-modda.  Raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlariga  rioya  etilishi  ustidan

jamoatchilik nazorati

O‘z ustavlariga muvofiq raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish va iste’molchilarning

manfaatlarini  raqobatga  qarshi  harakatlardan  himoya  qilish  maqsadiga  ega  bo‘lgan  jamoat

birlashmalari  raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlariga  rioya  etilishi  ustidan  jamoatchilik

nazoratini amalga oshirishga haqli.

36-modda. Nizolarni hal etish

Tovar  va  moliya  bozorlaridagi  raqobat  sohasidagi  nizolar  qonun  hujjatlarida

belgilangan tartibda hal etiladi.

37-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzganlikda  aybdor  shaxslar  belgilangan

tartibda javobgar bo‘ladi.

7-bob. Yakunlovchi qoidalar

38-modda. Ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish

Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:

1) O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Tovar bozorlarida

monopolistik  faoliyatni  cheklash  va  raqobat  to‘g‘risida”gi  355-I-sonli  Qonuni  (O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 54-modda);


2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Tovar

bozorlarida  monopolistik  faoliyatni  cheklash  va  raqobat  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston

Respublikasining  Qonunini  amalga  kiritish  tartibi  haqidagi  356-I-sonli  Qarori  (O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 55-modda);

3)  O‘zbekiston  Respublikasining  1999-yil  20-avgustda  qabul  qilingan  “O‘zbekiston

Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi

832-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9,

229-modda) XIX bo‘limi;

4)  O‘zbekiston  Respublikasining  2000-yil  15-dekabrda  qabul  qilingan  O‘zbekiston

Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek

ayrimlarini  o‘z  kuchini  yo‘qotgan  deb  topish  to‘g‘risida”gi  175-II-sonli  Qonuni  (O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 23-modda) I bo‘limining 18-bandi;

5)  O‘zbekiston  Respublikasining  2006-yil  10-oktabrda  qabul  qilingan  “Tadbirkorlik

subyektlarini  huquqiy  himoya  qilish  tizimi  takomillashtirilganligi  hamda  ularning  moliyaviy

javobgarligi  erkinlashtirilganligi  munosabati  bilan  O‘zbekiston  Respublikasining  ayrim  qonun

hujjatlariga  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar  kiritish  to‘g‘risida”gi  O‘RQ-59-sonli  Qonunining

(O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  palatalarining  Axborotnomasi,  2006-yil,  №   10,  536-

modda) 15-moddasi.



39-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

Hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat  boshqaruvi  organlari  ushbu  Qonunga  zid  bo‘lgan  o‘z  normativ-huquqiy

hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

40-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



 LexUZ sharhi

Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2012-yil 7-yanvardagi 5 (5425)-sonida e’lon qilingan.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov

Toshkent sh.,

2012-yil 6-yanvar,

O‘RQ-319-son



(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 1-son, 5-modda; 2013-y., 41-son, 543-modda;

2014-y., 4-son, 45-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2017-y., 16-son, 265-modda, Qonun hujjatlari

ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 03/18/459/0536-son, 24.07.2018-y.,

03/18/486/1559-son)

Download 148,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish