1.1 Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomnidan boshqarilishi.
O`zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab jahon tajribasini hamda milliy iqtisodiyot rivojlanishning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o`z tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishini bildiradi. Mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichida uning o`z oldiga qo`ygan vazifalari mavjud bo`lib, davlatning iqtisodiy siyosati bu vazifalarni bajarilishiga qaratilmog`i kerak. 90-yillar O`zbekiston iqtisodiy mustaqilligining dastlabki bosqichi hisoblanadi va davlat tashqi iqtisodiy siyosatining maqsadlari shu davrning o`ziga xos xususiyatlariga mos kelishi kerak. Ular orasida eng muhimlari quyidagilar:
eksportni rivojlantirish va uning tuzilishini yaxshilash. CHunki eksportga yo`naltirilgan iqtisodiyotini shakllantirish milliy ishlab chiqarishni texnik iqtisodiy jihatdan jahon darajasiga ko`taradi., uning tuzilishini takomillashtiradiYU, respublika valyuta zahiralarini ko`paytiradi;
import tuzulishini takomillashtirish, ya`ni uni milliy ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va kengaytirishga qaratish, sobiq ittifoq import siyosatida bo`lgan kamchilik, xatolarni bartaraf etish;
O`zbekistonning iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash, ya`ni ma`lum darajada tashqi iqtisodiy faoliyatda eksport-import operatsiyalari, valyutani olib chiqish, boshqa xalqaro bitimlar ustidan davlat nazoratini o`rnatish.
O`zbekistonning tashqi iqtisodiy siyosati aniq belgilangan maqsadlar va ularni amalga oshirishga qaratilgan asosiy tadbirlarni o`z ichiga oladi. Birinchidan, respublika milliy iqtisodiyotining kuchli eksport bo`g`inini tashkil etuvchi va uni jahon bozorida munosib o`ringa ega bo`lishini ta`minlovchi sohalarini aniqlash. Ikkinchidan, iqtisodiyotning eksport bo`g`inida davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash usullaridan keng foydalanish. Bu usullar quyidagilardan iborat:
eksportga yo`naltirilgan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun imtiyozli foizlar bo`yicha ko`p muddatli kreditlar ajratish, mo`ljallangan investitsiyalarni sug`urtalash;
eksport qiluvchilarga milliy ishlab chiqarish va uning xorijiy raqobatchilar ishlab chiqarishi xarajatlari o`rtasidagi farqni qoplash;
davlat tomonidan respublikaga ilg`or texnalogiyalar, tajribalar, bilimlarni kirib kelishiga subsidiyalar ajratish;
eksport va importni litsenziyalash yoki chetga mol chiqarishga va chetdan uni olib kelishga ruxsatnomalar berish;
ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi, xorijdan keltiriladigan xom ashyo va materiallar, asbob uskunalar va jihozlar ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish va boshqalar.
SHu bilan birga, tashqi iqtisodiy siyosat milliy valyutani mutahkamlash va uni boshqa valyutalarga erkin almashuvini ta`minlashni, ichki narxlarni jahon bozori narxlariga yaqinlashtirish maqsadida baholar islohatini tugallashni, tashqi iqtisodiy faoliyatning me`yoriy va huquqiy asoslarini xalqaro talablar darajasiga etkazishni nazarda tutadi. O`zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat ikki yo`nalishda olib borilmoqda: birinchidan, sobiq ittifoqdosh respublikalar bilan; ikkinchidan, respublika ilgari bevosita o`zaro munosabatlarda bo`lmagan xorijiy davlatlar bilan.
Hozirgi paytda respublikada yuqoridagi holatlarni hisobga olgan holda tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tuzimi shakllanmoqda va uni tarkibiga kirgan tashkilotlar faoliyati takomillashtirilmoqda, asosiy vazifalari aniqlanmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga o`tishning hozirgi bosqichida tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tizimining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
respublika milliy manfaatlariga javob beruvchi va uning jahon hamjamiyatidagi o`rnini ta`minlovchi tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish;
tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning qonuniy asoslarini o`rnatish;
mulkchilik ko`rinishining turli shakllaridan qat`i nazar, TIFning barcha ishtirokchilari uchun eng yuqori samaradorlikni ta`minlash, ularning faoliyati va manfaatlarini himoya qilish;
milliy iqtisodiyotni muvoffaqiyatli isloh etish uchun tashqi iqtisodiy omildan to`liq foydalanish.
Prezident, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi O`zbekiston TIFning rivojlanish strategiyasini aniqlaydi, uning normativ bazasini ishlab chiqadi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari harakatiga umumiy rahbarlikni va ular ustidan nazoratni amalga oshiradi;
tashqi iqtisodiy aloqa vazirligi – yagona TIFni amalga oshirishni, xalqaro aloqalarning barcha ishtirokchilari, ya`ni davlat, shirkat, paychilik, jamoat, xususiy tashkilotlar faoliyatini nazorat qilishni ta`minlaydi;
TIF ni tartibga solishning davlat usullarini ishlab chiqadi va qo`llaydi (bojxona tariflari, eksport kvotalari, TIF bilan shug`illanishga ruxsat va boshqalar);
vazirlikka taqdim etilgan ruxsatga mos keluvchi mahsulotlar bo`yicha eksport-import operatsiyalarini o`tkazadi;
tashqi iqtisodiy faoliyat sub`ektlari tomonidan tuziladigan tashqi iqtisodiy shartnoma va kelishuvlarni tekshirishni amalga oshiradi.
"Innovatsiya", "O`zagroimpeks", "Interservis", "O`ztashqitrans", "O`zekspomarkaz" - Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar vazirligi tizimidagi yirik xo`jalik hisobidagi tashqi savdo va iqtisodiy tashkilotlar hisoblanadi. Ular shu tashkilotlar uchun belgilangan mahsulot va xizmat turlari bo`yicha tijorat-xo`jalik faoliyatini amalga oshiradilar.
TIF banki yoki respublika Milliy banki:
tashqi iqtisodiy operatsiyalarga xizmat ko`rsatadi, shuningdek eksport-import, sarmoyaviy va boshqa bitimlar tuzadi;
korxonalar, tashkilotlar, xususiy shaxslarning valyutadagi hisob-kitoblarini olib boradi;
xorijiy valyuta sarmoyalarini jalb etadi, ularga xizmat ko`rsatadi, valyutadagi kredit zahiralarini yig`adi va valyutada kreditlarni amalga oshiradi;
valyuta zahiralarini yaratadi, saqlaydi va respublikaning valyuta manfaatlarini himoya qiladi.
"O`zbekinvest" Davlat sug`urta kompaniyasi mamlakat va xorijiy investitsiyalarni sug`urtalash bo`yicha tashkilot hisoblanadi. Davlat Soliq qo`mitasi, Davlat bojxona qo`mitasi bojxona masalalari bo`yicha me`yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
TIFni boshqarishning tarmoq tashkilotlari TIF ni amalga oshiruvchi vazirliklar, idoralar, yirik korxonalar va tashkilotlarning maxsus bo`linmalaridan tashkil topgan. Ular tarmoq, idora, korxona va tashkilotlar tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi, xorijiy sheriklar bilan shartnoma va bitimlar tuzadi, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning aniq yo`nalishlari bo`yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlaydi. TIFni boshqarishda funktsional tashkilotlar ham muhim rol o`ynaydi. Bu tashkilotlarga Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qumitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va boshqalar kiradi. Bu idoralarning har biri o`z mas`uliyat doirasiga kiruvchi masalalarni hal etadi va ularning natijasi uchun javobgardir. Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya vazirligi, respublika TIFni tahlil qilishni va istiqbolini belgilashni amalga oshiradi, tashqi iqtisodiy aloqalar samaradorligini oshirishga, iqtisodiyotni ichki omillar vositasida ko`tarishga asoslangan, TIFni yaxshilashga qaratilgan taklif va tavsiyalarni tayyorlaydi.
Respublika Moliya vazirligi respublika valyuta zahiralarini jamlash, taqsimlash va foydalanishga javobgar bo`lib, bu jarayonlarni boshqarish usullarini ishlab chiqadi va qo`llaydi. Respublika hukumati topshirig`iga ko`ra va tuzilgan bitimlar, shartnomalar asosida valyuta fondi hisobidan qanday mablag`larni olish, o`tqazish yoki qo`yishni hal etadi. Vazirlikning valyuta boshqarmasi shuningdek respublikaning to`lov balansini ishlab chiqadi. Unda uning tashqi iqtisodiy faoliyatidan tushadigan barcha daromadlar va xarajatlar aks ettiriladi. Respublika Davlat soliq qo`mitasi tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdagi soliq solish masalalarini tartibga soladi, bu masalalar bo`yicha me`yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi va ularning saqlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy ishtirokchilari mulkchilikning turli ko`rinishlaridagi korxona va tashkilotlar bo`lib oladi. SHu jumladan, qo`shma korxonalar ham tashqi iqtisodiy aloqa qatnashchisi bo`lib, ular O`zbekiston Respublikasining "Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risida"gi Qonuniga muvofiq xorijiy sheriklar bilan eksport-import, sarmoyaviy va boshqa bitimlarni tuzishga ma`lum haquqlarga egadirlar. Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug`ullanishga ruxsati bo`lgan korxona va tashkilotlarga ma`lum banklarda o`z valyuta hisoblari bo`lishga va bu mablag`lardan foydalanishga ruxsat berilagn.
Bojxona boji – bu mamlakatga olib kelinayotgan yoki mamlakatdan olib chiqilayotgan mahsulotlarga solinadigan majburiy soliqdir. Xalqaro amaliyotda bojxona bojlarining turli xillari qo`llanadi va ularni hisoblash yo`llari ifodalanishi hamda harakat sohasiga ko`ra quyida keltirilgan chizma bo`yicha guruhlash mumkin. Boj olinadigan mahsulotlar, boj olinmaydigan mahsulotlar, olib kelish va olib ketish taqiqlangan mahsulotlar, shuningdek bojxona bojlari stavkasi, ya`ni ularning tartibga solingan ro`yxati bojxona tariflari deb ataladi. Bojxona tariflari qandaydir belgilashga ko`ra taqsimlangan mahsulotlar ro`yxatini o`z ichiga olgan mahsulot sarxillovchilari (klassifikatorlari) asosida qurilgan. Bunday belgilarga ishlab chiqarish, tabiiy farqlar (hayvonot va o`simlik dunyosi) qayta ishlash darajasi (xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor buyumlar) ni misol qilib keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |