1-Bob. O‘lchash asboblari haqida umumiy ma’lumotlar O‘lchash asboblarini konstruksiyalash



Download 45,46 Kb.
bet1/4
Sana24.06.2022
Hajmi45,46 Kb.
#698458
  1   2   3   4
Bog'liq
G


Reja

KIRISH
1-Bob. O‘lchash asboblari haqida umumiy ma’lumotlar



    1. O‘lchash asboblarini konstruksiyalash

    2. O‘lchash vositalarining turlari va rivojlanish tendensiyasi

2-Bob. Konstruksiyalash asoslari
2.1. Asosiy atamalar va tushunchalar
2.2 O‘lchash vositalarining turlari va rivojlanish tendensiyasi
XULOSA
FOYDANALILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Zamonaviy o‘lchash texnikasi xalq xo‘jaligining hamma sohasi bilan yagona bog‘lamda rivojlanib bormoqda. Ilmiy-texnik taraqqiyotni ta’minlashda uning roli juda kattadir. Shu sababdan olimlar va muxandis-asbobsozlar oldida turgan muhim vazifalardan biri ilmiy texnik taraqqiyot yo‘lida ortda qolmaslik, bu taraqqiyot yo‘lidagi to‘siq bo‘lmasdan, aksincha, uni olg‘a siljituvchi qudratli omil bo‘lishdir. Bizning oldimizda juda ko‘p, o‘ta murakkab, hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar turibdi. Bulardan quyidagilarni aytib o‘tishimiz mumkin: - yangi, progressiv yutuqlarni tez va keng ko‘lamda ishlab chiqishga tadbiq etish va xalq xo‘jaligida qo‘llash. Bu muammoni yechish uchun asbobsozlikdagi rejalash va boshqarish tamoyillarini tubdan qayta qurish kerak; - o‘lchash asboblarining sifatini keskin oshirish. Bu masalani yechish uchun faqat asbobsozlarning harakatlarini o‘zi kamlik qiladi. Statik asbob uskunalarning aniqligi va ishonchliligini oshirish, yuqori sifatli materiallar ishlab chiqarishni kengaytirish, elektron texnikasi mahsulotlarining tavsiflarini yaxshilash va ishonchliligini oshirish lozim. Ko‘rinib turibdiki, bu masalalarni yechish uchun o‘z navbatida o‘lchashnazorat texnikasini mukammallashtirish zarurdir. Bu jarayonning dialektik birligi ilmiy-texnik taraqqiyot muammolariga hamma talablarni chuqur tahlil qilish asosida atroflicha yondashish lozimligini ta’kidlaydi. Shubha yo‘qki, bu muammolar yechilib, ular ortidan yangilari, yanada murakkabliroqlari paydo bo‘ladi. Ilmiy-texnik tafakkurning oldingi qatorlarida doimo olg‘a qarab harakat qilish - o‘lchashlar texnikasi va fanining asosiy shioridir. Ilmiy-texnik taraqqiyotning bosh yo‘nalishlaridan biri keng ko‘lamli axborot tarmoqlarni rivojlantirish bo‘lib, bunda yetakchi rollardan biri o‘lchash texnikasiga tegishlidir. Bunday tarmoqlarning ilg‘or yutuqlari tadbiqini tezlashtirish, rejalash va boshqarishni koordinatsiyalash hamda mukammallashtirishda ulkan ahamiyatga




Zamonaviy sanoat va qishloq xo‘jalik maxsulotlarini ishlab chiqishda shu vaqtgacha ishlab chiqilgan mashina, apparat, texnologik qurilma, o‘lchash asboblaridan yuqori texnik tavsiflari va ekspluatatsiya vaqtidagi samaradorligi bilan farqlanadigan yangi konstruksiyalarni ishlab chiqishni talab qiladi. Mashina va asboblarning konstruksiyasi murakkablashgani va ularning texnik, energetik, ergonomik, ekologik va boshqa tavsiflariga talab kuchaygani uchun, ularni konstruksiyalash va loyihalashga ketadigan vaqt va moddiy xarajat oshadi. Loyihalashni yuqori sifatini va shu bilan birga uni tezlanishini faqat konstruksiyalash va loyixalashni zamonaviy usullarini tadbiq etish yo‘li bilan avtomatlashtirilgan loyixalashtirish tizimini tashkil qiladigan zamonaviy xisoblash mashinalari yordamida ta’minlash mumkin. Zamonaviy o‘lchash texnikasini rivojlanish tendensiyasi aniqlikka, sezgirlikka, o‘lchash diapazoniga, narxi va tayyorlash texnologiyasiga qo‘yilgan talabni oshirish bilan xarakterlanadi. Zamonaviy o‘lchash texnikasi zamonaviy element bazasining asosiy tavsiflarini tahlili uchun murakkabroq matematik modellarni, struktura va parametr bo‘yicha optimal konstruksiyalarni tanlashni yanada takomillashgan usullarini talab qiladi. Xozirgi vaqtga sanoat ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish jarayonining asosini ALT (avtomatlashtirilgan loyixalashtirish tizimi) tashkil qiladi. ALT keng ko‘lamda 50-60 yil oldin EHM ni seriali ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganda taraqqiy eta boshlagan. O‘lchash texnikasida ALT ni tadbiq etish ba’zi konstruktorlik ishlaridan boshlangan: konstruksiyadagi element va o‘zgargichlarni moslashtirish, bosma plata va integral mikrosxemalar qo‘llash orqali o‘lchash o‘zgartgichlarini tayyorlash. Bunday ALT lar o‘lchash o‘zgartkichlari, o‘lchash 7 qurilmalari va asboblaridagi elektr, magnit, issiqlik va boshqa jarayonlarni xisobga olgan sxemalarda mashina usulini qo‘llash imkon beradi. Fanning maqsadi: qurilma va asboblarni konstruksiyalash jarayonini, qurilma va asboblarga qo‘yilgan talabni tizimlashtirishni, yangi texnik echimlarni qidirish usullarini, qurilma va asboblar tuzilishining fizik prinsiplarini qidirishni, fizik-texnik effektlar pasportini tuzishni, o‘lchash qurilmalarining matematik modelini ishlab chiqishni, o‘lchash qurilmasining parametri va strukturasini tanlashni: ALT ni matematik, texnik, dastur va axborot ta’minotlari xaqida tasavvurga ega bo‘lishni o‘rganishdir. “O‘lchash asboblarini konstruksiyalash” kursini o‘rganish jarayonida talabalar ishlab chiqiladigan asbob konstruksiyasiga qo‘yiladigan talablarini tuzish va tizimlashtirishni mashq qiladilar; berilgan topshiriq bilan talabalar konstruksiyalanadigan qurilma uchun fizik-texnik effektni tuzadilar; o‘lchash qurilmalarining optimal strukturasi va parametrlarini tanlashni, matematik modellarni qurish usullarini, o‘zgartkich, datchiklarni loyixalashni o‘rganadilar. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, asboblarni muvaffaqiyatli ishlab chiqish uchun oldin o‘tilgan fanlardan quyidagi savollarni bilish zarur: fizik kattaliklar birligini, birlamchi o‘zgartgich va asboblarning metrologik tavsiflarini, asboblar xatoligi va xatolik manbalari, ularni kamaytirish usullarini, elektr va noelektr vositalarini o‘lchash usullarini, analog va raqamli signallarni qayta ishlash usullarini va yana boshqa savollarni. Bundan tashqari yana boshqa bir qator fanlarni xam bilish zarur. Bular: materialshunoslik, mexanika, issiqlik texnikasi, gidravlika, muxandislik grafikasi, axborot texnologiyalari va yana boshqa soxalar. Shunday qilib, muxandis-metrolog bo‘lish uchun turli bilimlarga ega bo‘lish, mehnatsevar, keng dunyoqarashli, tirishqoq va qiyinchiliklarni yenga oladigan bo‘lish kerak. 1.2. O‘lchash vositalarining turlari va rivojlanish tendensiyasi Ma’lumki, o‘lchashni biror bir vositasiz bajarib bo‘lmaydi. 8 O‘lchash vositasi deb o‘lchashlar uchun qo‘llaniladigan va me’yorlangan metrologik tavsiflarga ega bo‘lgan texnikaviy vositaga aytiladi. O‘lchash vositalarining turlari xilma-xil. Ular sodda yoki murakkab, aniqligi katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. O‘lchash vositalari me’yorlangan metrologik tavsiflarga ega bo‘lishlari lozim va bu metrologik xossalar davriy ravishda tekshirilib turiladi. O‘lchash amalida o‘lchanayotgan kattalikning qiymati to‘g‘ri aniqlanishi aynan mana shu o‘lchash vositasining to‘g‘ri tanlanishiga va ishlashiga bog‘liq. O‘lchash vositalarining namoyondalari 1.1-rasmda keltirilgan. O‘lchovlar - keng tarqalgan o‘lchash vositalaridan hisoblanadi. 1.1-rasm. O‘lchash vositalarining turlari O‘lchov deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan o‘lchash vositasiga aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr qarshiligi, kondensatori va shu kabilarni o‘lchovlarga misol qilib olishimiz mumkin. O‘lchovlarning ham turlari va xillari ko‘p. Standart namunalar va namunaviy moddalar ham o‘lchovlar turkumiga kiritilgan. Standart namuna - modda va materiallarning xossalarini va xususiyatlarini tavsiflovchi kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladigan o‘lchov sanaladi. Masalan, g‘adir-budurlikning namunalari, namlikning standart namunalari. 9 Namunaviy modda esa, muayyan tayyorlash sharoitida hosil bo‘ladigan va aniq xossalarga ega bo‘lgan modda sanaladi. Masalan, "toza suv", "toza metall" va hokazolar. "Toza rux" 4200S haroratni hosil qilishda ishlatiladi. O‘lchovlar ko‘p qiymatli (o‘zgaruvchan qarshiliklar, millimetrlarga bo‘lingan chizg‘ich) va bir qiymatli (tarozi toshi, o‘lchash kolbasi, normal element) turlarga bo‘linadi. Ba’zan o‘lchovlar to‘plamidan ham foydalaniladi. Kattalikning o‘lchamini hosil qilish va foydalanishda quyidagi qatorni yodda tutishimiz lozim bo‘ladi: ishchi o‘lchash vositalari, namunaviy o‘lchash vositalari, ishchi etalon, solishtirish etaloni, nusxa etalon, ikkilamchi etalon, maxsus etalon, birlamchi etalon va davlat etaloni. Fan va texnikaning eng yuqori saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy o‘lchovlar etalonlar deb ataladi. Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga bo‘linadi. Davlat etalonlari namunaviy o‘lchov va asboblarni tekshirishda qo‘llaniladi va Davlat standartlashtirish idoralarida saqlanadi. Aksariyat o‘lchashlarda biror signalni boshqa turga o‘zgartirish lozim bo‘ladi. Ushbu vazifani odatda o‘lchash o‘zgartkichlari bajaradi. O‘lchash o‘zgartkichi deb o‘lchash ma’lumoti signalini ishlab chiqish, uzatish, keyinchalik o‘zgartirish, ishlov berish va yoki saqlashga mo‘ljallangan, lekin kuzatuvchining ko‘rishi uchun moslanmagan o‘lchash vositasiga aytiladi. O‘lchash o‘zgartkichlarining turlari juda ko‘p. Odatda o‘lchash zanjirida birinchi bo‘lgan, ya’ni o‘lchanayotgan kattalik signalini qabul qiladigan o‘lchash o‘zgartkichiga birlamchi o‘lchash o‘zgartkichi deyiladi. Undan keyingi joylashgan o‘lchash o‘zgartkichlariga esa oraliq o‘zgartkichlar nomi berilgan. O‘lchash o‘zgartkichlarining keng tarqalgan turlariga masshtabli va parametrik o‘lchash o‘zgartkichlari kiradi. Masshtabli o‘lchash o‘zgartkichlari o‘lchash signalini shu turdagi, faqat boshqa qiymatdagi signalga masshtabli (aniq) tarzda aylantirib beradi. Masalan, elektr tokining masshtabli o‘lchash o‘zgartkichlariga shuntlar, kuchlanishnikiga esa bo‘luvchilar nomi berilgan. 10 Parametrik o‘lchash o‘zgartkichlarida kirishdagi signal turlicha (mexanik siljish yoki ko‘chish, bosim, og‘irlik kabilar) bo‘lib, chiqishdagisi esa faqat elektr signali (elektr qarshiligi, elektr sig‘imi kabi) bo‘ladi. O‘lchash asbobi deb kuzatish (kuzatuvchi) uchun qulay ko‘rinishli shaklda o‘lchash ma’lumoti signalini ishlab chiqishga mo‘ljallangan o‘lchash vositasiga aytiladi. Ma’lumotni tavsif etishiga qarab o‘lchash vositalari quyidagilarga bo‘linadi: shkalali o‘lchash vositalari; raqamli o‘lchash vositalari; o‘ziyozar o‘lchash vositalari. Bevosita ko‘rsatuvchi elektr o‘lchash asboblari, (xususan elektromexanik asboblari) ikki asosiy qismdan, ya’ni o‘lchash zanjiri va o‘lchash mexanizmidan iborat deb qarash mumkin. O‘lchash zanjiri o‘lchanadigan elektr kattalikni (kuchlanish, quvvat, chastota va xokazoni) unga proporsional bo‘lgan va o‘lchash mexanizmiga ta’sir qiluvchi kattalikka o‘zgartirib beradi. O‘lchash mexanizmi unga beriladigan elektr energiyasini qo‘zg‘aluvchan qicm va u bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkich harakatining mexanik energiyasiga aylantirib beradi. Elektromexanik o‘lchash mexanizmlari magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik, induksion va elektrostatik mexanizmlardan iborat bo‘ladi. O‘lchash texnikasining rivoji uchun yangi o‘lchash usullari asos bo‘lib xizmat qiladi. Keyingi paytlarda yangi o‘lchash usullarining paydo bo‘lishi nafaqat atrof muhitni tekshirish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan yangi fizikaviy hodisalarning ochilishi, balki yangi hususiyatlarga ega bo‘lgan birlamchi o‘lchash o‘zgartkichlari ishlab chiqarish texnologiyasining tez rivojlanishiga ham bog‘liqdir. Bunday yangi o‘lchash usullari ichida yarim o‘tkazgichli o‘zgartkichlardan, yorug‘lik o‘zgartkichlaridan, yupka plyonkali o‘zgartkichlardan, O‘YuCh-o‘zgartkichlardan foydalanishga mo‘ljallangan usullarni aytib o‘tish mumkin. 11 Mikroprotsessorli axborotlarni qayta ishlash vositalarining yangi, zamonaviy turlarini yaratilishi o‘lchashlar nazariyasi va amaliyotining rivojiga salmoqli turtki bo‘ldi. Mikroprotsessor - sonlarning ikkili kodidan iborat muayyan arifmetik va mantiqiy amallarni bajarishga mo‘ljallangan qurilmadan iborat. Mikroprotsessorlarning aniq turiga bog‘liq ravishda bu operatsiya (buyruq) lar yig‘indisi sifat hamda mazmun jihatdan ham keskin farq qilishligi mumkin. Lekin har qanday holda ham buyruqlar yig‘indisi uchun ular kombinatsiyasi orqali har qanday talab qilingan sonlar o‘zgartirishini ta’minlaydigan buyruqlar yig‘indisining to‘lalik sharti bajarilishi kerak. Odatda, mikroprotsessor bir yoki bir nechta integral mikrosxemalar ko‘rinishida yasaladi. Mikroprotsessorlarning kichik o‘lchamlari va nisbatan arzonligi ularni o‘lchash asboblari va tizimlari tarkibida muhim o‘zgartkichlardan biri sifatida ishlatish imkonini beradi. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT) nazariyasining muvaffaqiyati o‘lchash vositalarini ishlab chiqarish amaliyotining ehtiyoji tufayli yuzaga keldi. ALT loyihalash muddatlarini bir necha marta qisqartirish bilan birgalikda loyihalash sifatining oshishini ta’minlaydi. ALT ning maqsadi loyihalashdagi o‘ta qiyin va mayda ishlarni EHM yordamida bajarishdan iboratdir. Bunday operatsiyalarga quyidagilar mansubdir: • mavjud texnikaviy echimlar haqidagi axborotlarni qidirish; • mumkin bo‘lgan echim variantlarini ajratib olish; • tavsiflarni hisoblash va parametrlarni maqbullashtirish (optimallashtirish); • loyiha hujjatlarini tayyorlash. O‘lchash vositalarini ishlab chiqishni tezlashtirish va sifatini sezilarli darajada oshirish bir xil metrologik asosdagi kompleks loyihalash tizimlarini yaratish va keng ko‘lamda tadbiq etish evaziga erishilishi mumkin. Bunday usul elementlari o‘lchash tizimlarining keng avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarida (O‘TKALT) ishlatilgan. O‘TKALT tizimlarini uslubiy ta’minlash asosida quyidagilar yotadi: • o‘lchash vositalarining axborot tavsiflarini baholash; 12 • axborot operatorlari yordamida axborot jarayonlarni modellash; • axborotli signallarni o‘zgartirishning operatorli tenglamalaridan foydalanib strukturali sxemalarni sintez qilish; • alohida loyihali yechimlarining dastlabki ko‘rsatkichlar majmui asosida muqobillashtirish usullaridan foydalanish. Sun’iy yaratish yo‘lida to‘rtta asosiy masalani echish lozim bo‘ladi: 1. Fikrlash qonunlarini tekshirish va ularga mos keladigan algoritmlarni yaratish; 2. EHM ga kelib tushayotgan axborotlarni, hamda fikrlashning "sotsial" aspektlarini to‘g‘ri tushunishni ta’minlovchi juda ko‘p miqdordagi boshlang‘ich bilimlar bazasini EHM da yig‘ish; 3. Bilim va rivojlanish jarayonining asosi sifatida sun’iy ong tizimlarning amaliy faoliyatini ta’minlovchi vositalar yaratish, ya’ni birinchi navbatda inson qo‘lini modellashtirish; 4. Sun’iy sezgi organlari va obrazlarni aniqlash (tanish, ilg‘ash) tizimlarini yaratish. Yuqoridagi sanab o‘tilgan masalalardan oxirgisi o‘lchash texnikasining yutuqlariga tayanadi. Uni yechishda olimlar o‘z oldilariga inson sezgi organlariga yaqin tavsiflarga erishish masalasini qo‘yishmaydi. Buning uchun tabiat tomonidan yaratilgan narsalarni ko‘r-ko‘rona takrorlash shart ekanmi? Ko‘rinishidan sunьiy ong tizimlari ixtisoslashtirilib, har bir ixtisoslashtirish doirasida ularning sezgi organlari xilma-xil va insonnikidan mukammalroq bo‘ladi. Masalan, yaqin kelajakda tibbiyot bo‘yicha ixtisoslashgan sunьiy ong yaratilishini juda katta ehtimollik bilan aytish mumkin. Bunday tizim ko‘rinishidan, nafaqat ko‘rish va eshitish qobiliyatiga, balki harorat va elektr potensiallari aniq o‘lchash vositalariga, tashhisning ulьtratovush vositalariga va boshqa o‘lchash qurilmalariga ega bo‘ladi. Albatta, mukammal o‘lchash vositalari bilan ta’minlangan boshqa ixtisoslashgan ongli tizimlar ham yaratiladi. 13 Mikrokontrollerlar va mikroprotsessorlar asosida ishlaydigan o‘lchash asboblari yana ham ko‘paymoqda. Bu esa, turli ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarning samaradorligini yanada oshirishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Darhaqiqat, mikrokontrollerlar va mikroprotsessorlarning o‘lchash asboblari va qurilmalarida keng qo‘llanilishi o‘lchash amalini birmuncha soddalashtiradi, sarf-harajatlarni kamaytiradi, o‘lchash aniqligini esa oshiradi. Bu esa ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatlari jahon andozalariga mos bo‘lishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etuvchi omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. O‘lchash texnikasi fundamental ilmiy izlanishlarga bevosita bog‘langan bo‘lib, tabiiy fanlarning eng yaxshi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Bu esa unga ulkan imkoniyatlar va rivojlanish istiqbollarini yaratish bilan bir qator muammolarni keltirib chiqardi. Birinchi navbatda quyidagilarni aytib o‘tish lozim: • o‘lchashlar birliligini ta’minlash muammosi; • umumiy o‘lchashlar nazariyasining rivojlanishi; • yangi fizikaviy usullar va har xil hisoblash qurilmalariga asoslangan o‘lchash amallarini soddalashtirib, bir vaqtning o‘zida ularning samaradorligini oshirish; • yangi analiz va sintez usullariga asoslangan, tavsiflari oldindan aytiladigan o‘lchash vositalarini ishlab chiqarishni tezlashtirish; • loyihalashni avtomatlashtirish; • ishlab

Download 45,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish