1-bob nima uchun aynan tadbirkorlik



Download 0,92 Mb.
bet72/85
Sana29.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#76149
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   85
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari fanidan ma`ruza matni

Muddatlarni belgilash. Agar aniq vazifalarni bajarishning aniq muddatlari belgilansa, ko'proq ish bajarish imkoniyati tug'iladi.

Amrnobu muddatlar real ekanligiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Muddatlar belgilangach, ularga amal qilinishini ta'minlashga harakat qilishingiz zarur.



Telefondan foydalanish. Telefon — siz va qolgan ishbilarmon dunyo o'rtasida aloqa qilishning asosiy vositasidir. Ba'zida xat jo'natishga ham zarurat tug'ilishi mumkin, ammo iloji boricha bu vositadan kamroq foydalanishga harakat qilish kerak. Muammolar telefon orqali tezroq o'z yechimini topishi mumkin. Xat bir tomonlama aloqa vositasi, telefon esa ikki tomonlama jonli aloqa vositasidir.

Doimo eslatmalar qilish. Yoningizda hamma vaqt yondaftar bo'Iishi zarur. Asosiy vaziyatlarni yozib olish sizga hamma vaqt ishbilarmon uchrashuvlar, telefondagi so'zlashuvlar, jamoa bilan suhbat vaqtlari va umuman, o'z fikrlaringiz haqida eslatib turadi. O'z fikrlaringiz, g'oyalaringizni yozib boring, qilinishi lozim bo'lgan ishlar to'g'risida eslatmalarni yozib qo'ying.

Hamma ishni o'zi bajannaslik. «Bir nimani bajarish kerak bo'lsa, bu ishni band kishiga yuklang», deyilgan bir maqolda. Tadbirkorlar band odamlar, ammo ularning amallari yo'naltirilgan bo'Iishi kerak. Faqatgina muhim sohalarga diqqat qarating. Aniq maqsadlarga erishish yo'lida tadbirkorlar sezilarli natijalarga olib keladigan amallarni bajaradilar. Ishingizni rejalashtirish chog'ida tanlab yondashing, barcha ishni o'zingiz mustaqil bajarishga urinmang. Sizningcha muhim bo'lmagan ko'p vaqt talab etadigan vazifalarga «yo'q» deyishga o'rganing.

Vaqtni bekorga sarflamaslik. Asosiy vazifalarni eng qulay, ya'ni sizning mehnat unumdorligingiz eng yuqori bo'lgan vaqtda bajarishga harakat qiling. Qolgan ishlarni ana shu qulay vaqtdan oldin yoki keyin bajarishga harakat qiling. Qulay vaqt tushlikka to'g'ri kelib qolsa, ertalab yaxshigina nonushta qilib, tushlikka chiqmaslikka harakat qiling. Muhim muammolarni hal etishda ikki-uch soatli unumdor ish juda katta foyda keltirishi mumkin. Qulay vaqtni bitta muammoga bag'ishlash qiyin masala bo'lsa-da, ko'pincha bu shu muammoni hal etishning birdan bir yo'li bo'lib qoladi.

Ishni boshlashdan oldin o'z-o'zingizga savollar berish. Ixtiyoriy ishni yanada unumdor etib bajarish mumkin. Ixtiyoriy ishni bosh­lashdan oldin: «Nima?», «Qayerda?», «Qachon?», «Kim?», «Nima uchun?» savollariga javob toping yoki bu savollarni birovga bering. Olingan javoblar ishni bajarishda eng samarali yo'llarni tanlashga

yordam beradi. Har bir bosqichda o'zingizga«savol bering: «Bu ishni nima uchun bajarishim kerak?». Olingan savol ishning eng muhim taraflarini aniqlashga imkon beradi.



Aniq amallarga asoslanish. Ma'lum bir masalani hal qilishdan oldin, bajarilishi lozim bo'lgan ishlar rejasini tuzib chiqing va shundan so'ng, ushbu masala yechimini izlashga o'ting. Reja bo'yicha ishni boshlaganda esa ana shu rejani maksimal darajada bajarishga harakat qiling.

Barcha narsani puxta o'ylashga harakat qilish. Chuqur o'ylash — bu o'tmishdagi, hozirgi va kelajakdagi faoliyatni bajarish tajribasiga o'rganishdir. Ko'pchilik kishilar o'z xatti-harakatlarini puxta o'ylab ko'rishmaydi; harakatlari rejasini batafsi! o'ylab ko'rish uchun vaqt topish juda qiyin. Ammo o'z fikr va o'ylaring bilan tanho qolish uchun baribir shunday vaqt lahzalari yo'q emas, masalan, uyqudan oldingi dam olishda, sayyohat paytida, transportning kelishini kutishda, tanho piyoda sayr qilganda. Shunday lahza-lardan o'z ishlaringizni o'ylab olish uchun foydalaning.

Ertagi kunni batafsil rejalashrirish. Har bir ish kunining oxirida keying! kunning ish jadvalini tayyorlang. Ehtimol, siz kunning oxirida ertaga yaxshi boshlash uchun, hatto biron ishga qo'l ham urarsiz. Kunning oxiri — vaqtni bekor o'tkazganlikni yoki undan samarasiz foydalanganlikni o'rganish uchun yaxshi vaqtdir. Vaqtni bekor o'tkazganlik sabablarini batafsil yozing va shu tufayli kelajakda bu xatolarni yana takrorlash imkoni ancha kam bo'ladi.


Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish