1-bob nima uchun aynan tadbirkorlik


-Mavzu: Kichik korxonani muvaffaqiyatli tashkil etishning asosiy omillari



Download 0,92 Mb.
bet44/85
Sana29.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#76149
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   85
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari fanidan ma`ruza matni

14-Mavzu: Kichik korxonani muvaffaqiyatli tashkil etishning asosiy omillari

Muvaffaqiyatni belgilaydigan omillarni bilish, ishtirokchilarga nafaqar biznes bilan shug'ulianishga tayyorligi va ayni vaqidagi nuqtayi nazardan o'zlarini baholashga imkon beradi, balki, shuningdek, o’zini ish bilan band etish masalasini mustaqil yechish uchun tayyorlanishga va kerakli narsalami yig'ib qo'yishga ham imkon beradi.

Erkin bozor iqtisodiyotida tadbirkor biznesini shakllantirishi ushbu jarayonning eng muhim tarkihiy qismi ekanligi ta'kidlab o'tiladi. U o'zining korxonasini barpo etish va faoliyarini tashkil qilish borasida tashabbus va tavakkalni o'z zimmasiga oladi. Bu tuzilmaning quyida ko'rsatilgan to'rt omili yoki komponertining barchasi tadbirkorning nazorati ostida bo'lishi lozimligi, ya'ni ikki yoki hatto uch komponentning mavjudligi — muvaffaqiyatga erishish uchun eng yaxshi retsepi emasligini ham qayd etib o'tish lozim. To'rt komponentga ham ega bo'lish yoki ularni rivojlantirish mumkinligiga e'tibor berilmog'i kerak.

Kichik korxonani tashkil qilish ishida tadbirkor eng muhim figuradir. U potensial xaridorlar uchun u yoki bu qiymatlarni yaratadigan korxonani tashkil qilish va (yoki) boshqarishda tashabbus va tavakkalni o'z zimmasiga oladi.

Samarali faoliyar yuriladigan kichik korxona tashkil qilishda muvaffaqiyatga erishishning oddiy formula yoki relseptlari mavjud emas. Muvaftaqiyat, bozorda ochilayotgan imkoniyatlarni yorilish va ularni amalga oshirish yo'nalishida iste'molchilar uchun qiziqarli bo'ladigan biron narsa yaratish maqsadida zarur resurslarni safarbar qilish hamda bunga yo'ldosh bo'ladigan tavakkalni o'ziga ola bilish orqali, izchil harakat qilishga imkon beruvchi maxsus qobiliyatlar mavjudligiga bog’liq.

Ammo yuqorida nima deyilganidan qat'i nazar, MQG'R modelining quvida sanab o'tilgan komponemlari muvaffaqiyatga erishishning hal qiluvchi omillaridir:

• manfaatdorlik va qat'iyailik;

• qobiliyatlar mavjudligi;

• g'oya va tegishli bozorning mavjudligi;



• resurslarning borligi.

Yuqorida sanab o'tilgan komponentlarni amalga oshirish uchun reja bo'lishi kerak. Undan tashqari korxona tashkil qilingan paytdan boshlab, uni boshqarish zarur.

Qanday qilib, tadbirkor bo'lish mumkin? Qanday qilib, men muvaffaqiyatli korxonani barpo etishim mumkin? Odamlar ko'pincha shunday savollarni berishadi. Agarda siz shu savollarga javoblarni bilsangiz, demak, siz bir zumda multimillioner bo'lib qolishingizga va ayni paytda, butun dunyoga tanilgan odam bo'lishingizga imkon bor.

Afsuski, hanuzgacha bu borada oddiy javoblar yoki relseptlar paydo bo'lmadi. Shunga qaramasdan, kitobiy manbalar, kuzatuvlar va tajribadan ma'lum bo'lishicha, muvaffaqiyat, bozorda ochilayolgan imkoniyatlarni yoritish va ularni amalga oshirish yo'nalishida iste'molchilar uchun qiziqarli bo'ladigan biron, narsa yaratish maqsadida zarur resurslarni safarbar qilish hamda bunga yo'ldosh bo'ladigan tavakkalni o'ziga ola bilish orqali, izchil harakat qilishga imkon beruvchi maxsus qobiliyatlar mavjudligiga bog'liq. Bu — biznes kontekstidagi tadbirkorlikning asl mazmunidir.

MQG'R — manfaatdorlik, qobiliyatlar, g'oya, resurslar so'zlarining qisqartniasi.

Tadbirkor — bulun jarayonning eng muhim tarkibiy qismidir. U potential xaridorlar uchun u yoki bu qiymatlarni yaratadigan korxonani tashkil qilish va (yoki) boshqarishda tashabbus va tavakkalni o'z zimmasiga oladi. Tadbirkorning bu ishni muvaffaqiyatli amalga oshirib borish qobiliyati to'rt omilga. aniqrog'i manfaatdorlikka, qobiliyatga, g'oyalarga va resurslarga bog'liq. Bu omillarning qisqanirilgan ifodasi — MQG'R, shu omillarni esda saqlab qolishingizda sizga yordam berishi mumkin.

Quyida ularning asl mazmuni navbat bilan hayon etiladi:



G'oya va bozor. Bu yerda aniqlanishi lozirn bo’lgan. Muhim omil — takiif etilishi mo'ljallangan g'oya, loyiha, tovar yoki xizmarning hayotiyligi. Boshqa so'z bilan aylganda, g'oya, tovar yoki xizmat bularni olishga qodir bo'lgan hamda ulardan butun loyihani mantiqqa ega qilish (ya'ni iqtisodiy ma'noda foyda keltiradigan) uchun yetarli miqdorda foydalanishga yoki sotib olishga tayyor bo'lgan iste'molchilarning ehtiyojlari va istaklarini qondira oladimi? Haqiqatan ham, taqdim etilishi mo'ljallangan narsa hozirgi paytda bozorda borlaridan yaxshiroq va diqqatga sazovor bo'ladimi, raqobatchilar bunga qanday munosabat bildiradi?

Manfaatdorlik va qal 'iyatlik. Farovonlikni ta'minlash uchun inson yoki bir guruh odamlar korxonani tashkil qilish va uni muvaffaqiyatli qilishga qattiq manfaatdor va to'liq qafiyatga ega bo'lishlari lozimligi keng e'tirof etiigan. Bu, masalan, ular duch kelishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklarni yengishda qanchalik tirishqoq bo'lishlari, qanchalik astoydil axborot yig'ishlari va ochilayotgan imkoniyatlami amalga oshirish borasida qanday harakat qilishlarida aks eradi. G'oyaga sodiq qolish va (sifatli, samarali, uzoq vaqt davomida) ishlashga tayyor bo'lish, o'z korxonasini tashkil qilish bo'yicha burungi urinishlar hamda oilasi va hamkorlari tomonidan qo'llab-quvvatlanish — mantaatdorlik va qat'iyatlik mavjudligining qo'shimcha belgilari bo'ladi.

Qobiliyatlar. Yana bir muhim masala, bu bo'lajak tadbirkor va u bilan bog'liq bo'lgan boshqa shaxslar korxonani boshqarish yoki loyihani amalga oshirish nuqtayi nazaridan zarur bo'lgan bilim to'piash, texnik yoki boshqaruv ko'nikmalarga ega bo'lish kabi aniq qobiliyatlarga egami, yo'qmi, degan savoldan iborat. Bu sohada qobilyatlar yo'qligi o'rnini qoplashning bir usuli — zarur qobiliyatlarga ega bo'lgan odamlardan jamoa tuzish yoki shunday odamlarning xizmatini sotib olish.

Resurslar. Nihoyat bo'lajak kidbirkor loyihadagi resurslarni sotib olish yoki safarbar qilish imkonining darajasi tashkil qilingan korxonaning nafaqat faoliyat yuritishiga, balki ayrim hollarda, umuman uni barpo etish imkoniyatiga ham ta'sir qiladi. Sarmoya, naqd pul mablag'i, maydonlar, materiallar, jihozlar va mehnat resurslari — resurslar misollaridir. Infratuzilma (masalan, elektr toki, telefon aloqasi, yo'llar va h.k.) va ta'minlovchi xizmatlarning mavjudligi ham ancha muhim bo'lishi mumkin.

Biznes-reja. Yuqorida bayon etilgan to'rt komponent tadbirkorlik g'oyasining hayotga tatbiq etilishini ta'minlashi uchun reja talab etilishi mumkin. Biznesda bunday reja hamma yerda biznes-reja, deb nomlanadi. Umuman, biznes-reja asosiy to'rt komponentni aks ettirishi lozim, ya'ni:

• hozirgi aniq bir paytda tadbirkorlik g'oyasi, loyihasi yoki korxona hayotga tatbiq etilishning qaysi bosqichida turibdi;



• siz nima qilmoqchisiz;

  • qanday yo'l bilan bularning barchasini amalga oshirmoqchisiz:

• loyihaning amalga oshirishga sazovorligi.

Tashkil qilish va menejment. Korxona faoliyat yuritishi lozim va shu sodir bo'lishi bilan unga samarali boshqaruv kerak bo'ladi. Korxonani tashkil qilish bosqichida yoki uning faoliyat boshlashidan oldin bajarilishi zarur bo’lgan huquqiy yoki boshqa, qonunchilik tomonidan belgilangan talablar bo'lishi mumkin.

Bunday hollarda yuristlar, buxgalterlar va (yoki) kichik biznesni qo'llab-quvvatlash agentliklari xodimlari kabi mutaxassislardan maslahat so'rashga zarurat tug'ilishi mumkin. Korxonaning o'zini va unda kechayotgan jarayonlarni boshqarish zarur, korxona faoliyat yuritishining samaradorligi, shu boshqaruvni, jumladan, iste'molchilarni jalb etish va ular bilan muomala qilish, naqd pul mablag'lari va moliyani boshqarish, marketing, xodimlar bilan ishlash, ta'minotchilar bilan ishlash, sifatni boshqarish va nazorat qilish tizimi qanchalik yaxshi tashkil etilganligiga bog'liqdir.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish