1-боб: маркетинг ва унинг ривожланишининг


-MAVZU. Tilshunoslik va semiotika



Download 111,5 Kb.
bet11/12
Sana09.03.2022
Hajmi111,5 Kb.
#486655
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
13 Укув адабиёти

8-MAVZU. Tilshunoslik va semiotika


Reja
1. Til - aloqa vositasi.
2. Til - belgilar sistemasi.
3. Xulosa


Tayanch so1z va iboralar: aloqa vositasi, obyektiv borliq, axborot tashuvchi, ma'lumot beruvchi, belgilar, til - belgilar sistemasi, belgi nazariyasi, semiologiya,


Til - aloqa vositasi. Til kishilar o`rtasidagi eng muhim aloqa vositasidir. U obyektiv borliqdagi ma'lum voqea-hodisa haqida axborot tashuvchi asosiy vositadir. Bunday axborot tashishning boshqa yo`llari ham borligi ma'lum bo`ladi. Masalan, yo`l harakatidan ma'lumot beruvchi vositalar, yo`ldan o`tish-o`tmaslik xabarini beruvchi vositalar va boshqalar. Bu jihatdan til ham axborot berish uchun xizmat qiladigan yuqoridagi vositalar sirasida turadi. Ularning hammasi uchun umumiy narsa, avvalo o`zi haqida va shu bilan birga borliqdagi ma'lum narsa-hodisalar haqida ma'lumot berishdir. Bunday vositalar belgilar deb nomlanadi. Inson o`zini qurshab turgan olamni bilish jarayonida olam unsurlarini obrazlar orqali ongida aks ettiradi va bu ongda avs etgan olam unsurlari belgi orqali ifodalanadi. Sotsiol axborotning har qanday moddiy ifodalovchilari belgi hisoblanadi.
Til - belgilar sistemasi. Tilning belgilar sistemasi ekanligi uning asosiy xususiyati va universal tomonidir. XIX asr oxiriga qadar belgi nazariyasi bilan asosan faylasuflar shug`ulandilar. Faqat XIX asr oxiridan boshlab bu masala ruhshunoslarning ham diqqatini jalb qildi. Belgi haqidagi falsafiy nazariya o`zining uzoq tarixiga ega. Qadimgi ellinlar narsaning mohiyati va ularning nomlanishi yuzasidan ilmiy bahslaridayoq yashirin holda belgi tushunchasiga asoslangan edilar. Faylasuflar ta'sirida XIX asrdan boshlab tilning umumiy nazariyasiga bahishlangan deyarli barcha lingvistik asarlarda so`z ikki tomonlama harakterga ega bo`lgan belgi sifatida talqin qilina boshlandi. V. Humboldt, Shleyxer, Shteyntal, L.Breal, A.Meye, F.Fortunatov, I.A.Boduen de Kurtene, asarlarida so`zga belgi nuqtai nazaridan yondashiladi. Lekin F. de Sossyur tilning belgili tabiatini aniq-ravshan yoritib berdi. Hatto belgi nazariyasi bilan shugullanuvchi alohida fan - semiologiya fani mavjud bo`lishini va lingvistika ham semiologiya tarkibiga kirishi lozimligini ta'kidladi.
Hozirgi kunda belgilar sistemasini o`rganluvchi alohida fan - semiotika fani maydonga keldi. Til ham belgilar sistemasi sifatida e'tirof etilar ekan, demak, u ham semiotikaning tarkibii qismi sifatida qaralishi va semiotikaning boshqa qismlari bilan uzviy aloqada o`rganlilishi lozim bo`ladi.
Lingvistik belgilar bilan boshqa belgilar sistemasi (masalan, Morze alifbo sistemasi, musiqa ijrolari, mimika va imo-ishoralar, yorug`lik va tovush signallari va boshqalar) muayyan umumiylikka ega. Ular quyidagilardan iborat:
a) ularning hammasi ma'lum axborot tashiydi;
b) ularningg hammasi sotsial hodisa, chunki ular jamiyatga xizmat qilish uchun jamiyat tomonidan yaratilgan;
v) Ularning hammasi moddiylikka ega (lekin bu moddiylik turlicha ko`rinishga ega; yorug`lik to`lqini, tovush to`lqini, grafik tasvir va boshqa.);
g) ularning hammasi obyektiv borliqni ifodalaydi.
Lingvistik belgilar bilan boshqa belgilar sistemasi o`rtasida yuqoridagi kabi umumiy jihatlar bo`lishi bilan birga, ular o`zaro bir qator farqli tomonlarga ham ega. Ular quyidagilardan iborat:
1. Til kishilar o`rtasida eng muhim aloqa vositasi sanalib, u umuminsoniy xususiyatga ega. Barcha kishilar o`zining turli xil faoliyat doirasida lingvistik belgilar vositasida o`z fikrini bayon
qiladi. Boshqa turdagi belgilar esa bu jihatdan ma'lum guruh doirasida chegaralanganligi bilan farqlanadi.
2. Lingvistik belgi har qanday axborotni, insonning ichki kechinmalarini chegaralanmagan holda ifodalash imkoniyatiga ega. Boshqa belgilar esa chegaralangan axborotni ifodalash imkoniyatiga ega. Masalan, mo`zika insonning ichki kechinmalarini hissiyotlarini ifodalashi mumkin. Lekin u tushuncha va hukmlarni ifodalay olmaydi.
3. Lingvistik belgi kishilarning oby'ektiv olam haqidagi bilimlarini boshqalarga uzatish vazifasini bajarish bilan birga, so`zlovchining bu axborotga munosabatini va, ayni paytda, tinglovchiga ta'sir qilish vazifasini ham bajaradi. Bu jihatdan, boshqa belgilar sistemasi faqat axborot berish (imo-ishoralar, Morze alifbosi, yorug`lik to`lqini va boshqa) yoki tinglovchiga ta'sir qilish (mo`zika) vazifasini bajaradi.
4. Lingvistik belgilardan boshqa barcha belgilar sistemasi insonning sun'iy ijod mahsulidir. Ular ma'lum guruhning kelishuvi yo`li bilan sun'iy ravishda yaratiladi. Lingvistik belgilar esa jamiyatning u yoki bu a'zosi ixtiyoriga bog`liq bo`lmagan holda rivoj-lanadi. har bir yangi avlod shu jamiyatning tarixiy tarkib topgan va uzluksiz rivojlanishda bo`lgan tilini o`zlashtiradi va keyingi avlodga yetkazadi.
5. Lingvistik belgining yana eng muhim belgisi uning diskretligi, ketma-ket joylashuvi va erkinligidir. Lingvistik belgilar inson kommunikativ faoliyatining asosini tashkil etadi. Boshqa barcha belgilar sistemasi kommunikasiya jarayonida tovushlar yordami-da ifodalanayotgan axborotga ?ushimcha axborotni bildirish yoki "tovush nutqi"ga yordamchilik qilish vazifasini bajaradi. Kishilar o`z nutqiy faoliyatida tez-tez qo`llab turadigan mimika va turli xil imo-ishoralar ham nutqni kuzatib boruvchi ?ushimcha vositalar sanaladi. Ba'zi o`rinlarda qisman uning o`rnini bosishi mumkin.



Download 111,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish