Malakaviy bitiruv ishining dolzarbligi: Yigirma birinchi asr fan rivoji va texnologiya asri bo'lganligi uchun ilmiy tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Fan rivoji albatta insoniyatga xizmat qilishi kerak. Fizika fanining rivojlanishi texnika fanlarining rivojiga,meditsina,biologiya,astronomiya fanlarining rivojiga sabab bo'ldi. Mazkur BMI fizikaviy nuqtai nazaridan muhim ilmiy hamda amaliy ahamiyatga ega bo'lgan kompton effektining turli sohalarida tadbiqini tahlil qilishga bag'ishlangan bo'lib, hozirgi zamonaviy ilmiy hamda amaliy fanlarning muhim yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu BMI mavzusi haqiqatdan ham dolzarb ekanligini ko'rsatadi.
Tadqiqot ob'yekti va predmeti:Norelyativistik Kompton effekti, relyativistik Kompton effekti.
Do'stlaringiz bilan baham: |