II-BOB. MAKROIQTISODIY PROGNOZLASHNING MOHIYATI, PREDMETI VA OB’EKTI
2.1. Iqtisodiy prognozlash tushunchasi, uning mohiyati va funksiyasi
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni, kelajakni baholamasdan uning rivojlanish istiqbolini prognozlashsiz tasavvur qilish qiyin. Rejali ijtimoiy xo‘jalik yuritish sharoitida iqtisodiy prognozlar jamiyat rivojlanishining mumkin bo‘lgan maqsadlarni ularga erishishni ta’minlovchi iqtisodiy resurslarni, uzoq muddatli, o‘rta muddatli va joriy rejalarning ehtimol bo‘lishi mumkin bo‘lgan va iqtisodiy jihatdan samarali variantlarni aniqlash uchun, iqtisodiy va texnik siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash, qabul qilinayotgan qarorlarning natijalarini prognozlash va har bir muayyan vaqtda aniq tadbirlarni, faoliyatni amalga oshirish uchun zarur hisoblanadi. Bozor islohotlari va ilmiy-texnik taraqqiyotni takomillashtirish sharoitida prognozlash ijtimoiy rivojlanishining strategiya va taktikani shakllantirishning hal qiluvchi ilmiy omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Insonning aqliy faoliyati mobaynidagi eng asosiy va muhim jihatlardan biri – bu kelajakni oldindan bashorat qilishdir.
Bugungi kunda oldindan bashorat qilishning ikki xildagi ko‘rinishi mavjud – ilmiy bashoratlash hamda ilmiy asoslanmagan bashoratlash. Ilmiy asoslanmagan bashoratlash – insonning topqirligi, sezgirligi bilan bog‘liq bo‘lgan bashoratlashlarni o‘z ichiga oladi.
Ilmiy bashoratlashning oddiy bashoratlashdan prinsipial farqi shundaki, ilmiy bashoratlash orqali kelajakda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqea-hodisa to‘g‘risida ishonchliroq va aniqroq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Bu orqali esa amaliyotda eng muhim va maqsadga muvofiq qarorlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Ilmiy bashoratlashning xilma-xil shakllari orasida eng ko‘p tarqalgan turlaridan bittasi prognozlashtirish hisoblanadi.
Prognoz shu paytgacha hech bir til tizimida hali kuzatilmagan ehtimolli voqeani atamalar orqali qayd etishga, biror bir ob’ekt, jarayon, hodisaning holatini uzoq yoki yaqin kelajak uchun qayd etishga yordam beradi.
Prognozni ishlab chiqishda tekshirilgan, aniq va ziddiyatga uchramaydigan prognozlashtirish metodidan foydalanish lozim. Ana shundagina, prognozni shaxsiy intuitiv tarzda emas, balki ilmiy asoslangan tarzda ishlab chiqilganligini etirof etish mumkin. Qolaversa, prognozlashtirilgan voqea-hodisaning realizatsiyasini kelajakda tekshirish usullari ham aniq bo‘lishi shart.
SHunday qilib, prognoz – bu kelajakda, ma’lum bir muddat oralig‘ida ob’ekt, hodisa yoki jarayonlarning rivoji samarasi hamda ularning ehtimolli yo‘nalishlari to‘g‘risidagi ilmiy-uslubiy asoslangan mulohaza hisoblanadi.
Prognozlashtirish sohasi keng qamrovli va xilma-xildir. Bugungi kunda geografik, geologik, ekologik, tibbiy prognozlashtirish, ilm-fan va texnika prognozi, iqtisodiy, sotsiologik, harbiy prognozlashtirish, tashqi-siyosiy, yuridik, madaniy-estetik va boshqa turdagi prognozlashtirish sohalarini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin.
.
Гипотезалар
Прогнозлар
Дастурлар
Do'stlaringiz bilan baham: |